1-mavzu: dinshunоslik faniga kirish. Reja: Dinshunоslik fanining maqsad va vazifalari


-MAVZU: O’ZBЕKISTОNDA DAVLATNING DIN VA DINIY



Yüklə 309,85 Kb.
səhifə10/32
tarix12.04.2023
ölçüsü309,85 Kb.
#96736
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32
1-mavzuDinshunoslik faniga kirish 2

2-MAVZU: O’ZBЕKISTОNDA DAVLATNING DIN VA DINIY
TASHKILОTLAR BILAN MUNОSABATI.
REJA:
1. O’zbеkistоnda davlat va din munоsabatlari.
2. An’anaviy musulmоn jamiyatida diniylik va dunyoviylik muammоsi.
3. O’zbеkistоnda din sоhasidagi davlat siyosati va vijdоn erkinligining huquqiy asоslari.
4. O’zbеkistоnda faоliyat ko’rsatayotgan diniy kоnfеssiya va tashkilоtlar.


Tayanch tushunchalar: E’tiqоd tushunchasi. O’rta Оsiyo hududida din va diniy munоsabatlar shakllanishi. O’zbеkistоnda davlat va din munоsabatlari. An’anaviy musulmоn jamiyatida diniylik va dunyoviylik muammоsi. Dunyoviylik va diniylik uyg’unligini ta’minlash. O’zbеkistоnning dunyoviy rivоjlanish yo’li. Din sоhasidagi davlat siyosati. Vijdоn erkinligining huquqiy asоslari. O’zbеkistоnda faоliyat ko’rsatayotgan diniy kоnfеssiya va tashkilоtlar.


2.1 O’zbеkistоnda davlat va din munоsabatlari. Dinni davlatdan ajratish haqidagi g’oya azaldan hurfikrlilik va dunyoviy-ratsionalistik tafakkur rivojiga asoslanganini ta’kidlash joiz. Ushbu hayotiy masala hozirgi O’zbekiston hududida mavjud bo’lgan davlatlarda ham doimo muhim o’rinni egallab kelgan. Bunda dunyoviylikka moyil siyosiy kuchlarning davlat va jamiyatni boshqarishdagi mavqei muntazam ravishda mustahkamlanib borgani diqqatga sazovordir. Movarounnahrning o’rta asrlar va undan keyingi davrlardagi tarixida boshqaruvning diniy-teokratik usullariga moyil davlatlarning yo’qligi ham ushbu xulosaning o’rinli ekanini tasdiqlaydi.
Demokratik taraqqiyot va fuqarolik jamiyati qurish yo’lidan borayotgan O’zbekistondagi ma’naviy hayotni tashkil etuvchi, uni birlashtirib turuvchi o’zak o’q – diniylik va dunyoviylik o’rtasidagi muvozanatga asoslanadi.
Xalq tomonidan asrlar osha e’zozlanib kelingan qadriyatlar tizimida diniy qadriyatlar alohida o’rin egallaydi. O’zbekiston xalqi tomonidan azaldan ardoqlanib kelinayotgan qadriyatlarning aksariyatiga islomiy ruhiyat va sharqona odob-axloq chuqur singib ketgan. O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan “...agar mendan, nega milliy qadriyatlarimiz shuncha zamonlar osha bezavol yashab kelayapti, deb so’rashsa, bu – avvalo muqaddas dinimiz hisobidan, deb javob bergan bo’lur edim,”– deb ta’kidlangani ham ayni shu bilan izohlanadi.
Ijtimoiy sohaga oid darslarda yoshlarga din bilan dunyoviy hayot masalalarini, bu ikki tushunchaning bir-biriga ta’sirini, ular o’rtasidagi mo’’tadil munosabat bo’lishi zarurligini ochib berish kerak”. Demak, dinlar haqidagi mantiqiy asoslangan bilimlarni shakllantirish va dunyoviylik tushunchasini chuqurlashtirib borish yoshlarda dinga nisbatan sog’lom munosabatni shakllantirishning ikki qutbi hisoblanadi.
Mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy tamoyillaridan biri dunyoviylik ekan, uni qanday tushunish lozim, degan savol tug’iladi. Ingliz tilidagi «secularity» hamda rus tilidagi «sekulyarizatsiya» va «svetskost’» tushunchalari bilan tutash ushbu istilohning qanday talqin etilishining o’ziyoq har qanday mamlakatdagi davlat va din o’rtasidagi munosabatlarning mazmun-mohiyatini belgilab beradi.
Sho’ro zamonida chiqarilgan aksariyat lug’atlarda «svetskost’» va «sekulyarizatsiya» tushunchalari diniylikning aksi bo’lgan ijtimoiy xatti-harakatlar sifatida talqin etiladi. Bu esa, tabiiy ravishda, dahriylik targ’iboti va dinning hayotiy o’rnini inkor etishga olib kelar edi. Aslida esa, “... dunyoviylik – bu dahriylik degani emas. Din va diniy e’tiqod butunlay rad etiladigan hayot qanday g’ayriinsoniy ko’rinishga ega ekanini biz kechagi tariximiz misolida yaxshi bilamiz. Bunday mafkuraning xatarli tomoni shundaki, u necha asrlar davomida din negizida shakllangan, xalq hayotining ajralmas qismiga aylanib ketgan qadriyatlar – bu yozma yoki og’zaki, moddiy yoki ma’naviy meros bo’ladimi, axloq yoki an’analar bo’ladimi, milliy dunyoqarash yoki turmush tarzi bo’ladimi – bularning barchasini rad etadi. Natijada odamzod o’zining ichki dunyosi, his-tuyg’u va qarashlari, tayanib-suyanib turadigan poydevoridan mahrum bo’lib, «sho’ro dohiylari» aytganidek, ulkan davlat mashinasining «vintchasi»ga aylanadi. Oxir-oqibatda bunday odam ota-onasini ham, o’z millati, xalqi va Vatanini ham tanimaydigan ayanchli holatga tushib qoladi”.
Demak, tom ma’nodagi sog’lom dunyoviylik dinning ijtimoiy mavqeini inkor etmaydi, balki jamiyat hayotini tashkil etishning dunyoviy ma’rifatga asoslangan tarzini anglatadi. Boshqacha aytganda, dunyoviylik ijtimoiy hayot sohalari diniy aqidaning yakkahokimligidan va uning hal qiluvchi ta’siridan xoli bo’lishni taqozo etadi.
Mustaqillik ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, jumladan, ma’naviy hayotdagi yangilanish jarayonini, tub o’zgarishlar davrini boshlab berdi. Dinga bo’lgan munosabat tubdan o’zgardi: sobiq sovet tizimining ateistik hujumkorlik siyosatiga barham berildi, vijdon erkinligi qonun orqali kafolatlandi.
Din va dunyoviy davlat orasidagi munosabat haqida gap ketar ekan, eng avvalo, dinning davlatdan ajratilishi tamoyili uning asosini tashkil etishini ta’kidlash zarur. Bu haqda Konstitutsiyamizning 61-moddasida shunday deyiladi: «Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi».
Mazkur moddada muhim qoidalar mustahkam qo’yilgan. Avvalo diniy tashkilotlar qaysi konfessiyaga taalluqliligidan qat’i nazar, bir xil huquqiy maydonda faoliyat olib boradi. qolaversa, diniy birlashmalar faoliyatini tashkil etish ularning ichki ishi hisoblanadi va davlat nazoratidan xolidir.
Shu bilan birga, diniy tashkilotlarning davlatdan ajratilgani dinning jamiyatdan ajratilganini anglatmasligini ham ta’kidlash zarur. Bu fuqarolik jamiyatida din o’z mavqeiga ega bo’lishini anglatadi. Bu ham Konstitutsiyamizning amaldagi ijrosidan kelib chiqadigan mantiqiy xulosalardan biridir. Aytish joizki, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, bunyodkor milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va xalqimizning haqiqiy ma’naviy surati va siyratini belgilovchi fazilatlarni o’zida mujassamlashtirgan mehr-oqibat, hamjihatlik, o’zaro yordam, keksalarga hurmat, sharqona odob-axloq, sharmu hayo kabi eng oliy insoniy tuyg’ularning tub mohiyatini anglash va ko’z qorachig’idek e’zozlashda aynan diniy tashkilotlar va din arboblarining roli va o’rni beqiyosligini bugun hech kim inkor etmaydi. Aksincha, bunday bunyodkor faoliyat qizg’in qo’llab-quvvatlanmoqda. Buning sababi esa, Konstitutsiyamizda ana shunday faoliyat uchun mustahkam huquqiy zamin yaratib berilganidadir.
Dunyoviy davlat va din munosabatini belgilab beruvchi boshqa bir tamoyilning mazmuni din sohasida kechayotgan o’zgarishlarni xolis va ilmiy o’rganish, shundan kelib chiqib, ijobiy jarayonlar rivojiga yanada kengroq imkoniyat yaratish, salbiy holatlarning oldini olishda namoyon bo’ladi.
Davlatning dinga bo’lgan munosabatini ifodalovchi boshqa bir tamoyil shundan iboratki, davlat dinni xalq ma’naviyatining uzviy qismi sifatida tan oladi. Shundan kelib chiqib, uning rivoji uchun tegishli shart-sharoit yaratishga harakat qiladi.
Davlat va din munosabatlarining yana bir asosiy xususiyati bu dinning siyosatga aralashmasligidir. Zero, har qanday din, birinchi o’rinda ma’naviy-axloqiy jihatni o’z ichiga oladi.
Hech qaysi din o’zida xalqning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotining barcha jihatlarini qamrab olishga da’vogarlik qilmaydi. Aks holda u din bo’lmay qoladi.
E’tirof etish lozimki, har qanday diniy e’tiqod kabi islom ham barcha davrlarda, shu jumladan, dahriylik keng targ’ib etilgan sho’ro tuzumi zamonida ham, ijtimoiy munosabatlar va ma’naviy-ruhiy hayotga o’z ta’sirini o’tkazib turgan muhim omillardan biri bo’lib qolavergan. Ijtimoiy munosabatlar va ma’naviy-ruhiy hayotning uyg’unligi esa, har qanday jamiyatning ichki siyosiy barqarorligini belgilovchi asosiy omillardan ekani sir emas. Shu nuqtai nazardan qaraganda, din va siyosat o’rtasidagi muayyan bog’liqlikni inkor etib bo’lmaydi. Buning sababi esa islomning xalqimiz ongu shuuri va mentalitetiga shu qadar singib ketganidadir. Uni hech qanday kuch, hech qanday tashviqot bilan chiqarib bo’lmaydi.
Bundan kelib chiqadigan mantiqiy xulosa shuki, islom dini va musulmonchilik degan tushuncha bizning mintaqamiz uchun faqat o’tmish va bugun tajribasigina bo’lib qolmasdan, u kelajak voqeligi hamdir. Islomning jamiyat hayotidagi roli tom ma’nodagi hurfikrlilik qaror topayotgan mustaqillik davrida o’zini yanada yaqqolroq namoyon etayotgani ham shunday xulosa chiqarishga asos bo’ladi.
Biroq masalaning ikkinchi jihati ham bor: diniy omilning siyosiylashuvi jamiyat xavfsizligi va barqarorligi uchun tahdidga aylanib ketishi mumkin. Ushbu holat har qanday dinning sof e’tiqodiy masalalar chegarasidan chiqib, davlat va jamiyat qurilishi masalalariga aralashishga urinishidan boshlanadi. Mazkur hol musulmon Sharqi mamlakatlari tarixida o’zini takror va takror namoyon etib kelayotgani yaxshi ma’lum. Ayniqsa, bunday holatning vujudga kelish xavfi u yoki bu jamiyat tarixida keskin o’zgarishlar ro’y bergan davrlarda kuchayadi.
Mustaqillikning ilk bosqichida misli ko’rilmagan darajada faollashgan diniy guruhlarning siyosiy va hatto, harbiylashgan tashkilotlarni tuzishga qaratilgan amaliy harakatlarini eslash lozim. O’shanda bunday guruhlar O’zbekistonni islomiy davlat deb e’lon qilishni talab qilish darajasigacha borib etgan edilar. Mafkuraviy markazi Farg’ona vodiysi bo’lgan ushbu harakat o’z davrida mamlakatimizning boshqa mintaqalarida ham muayyan aks-sado berib, umummilliy xavfsizlikka jiddiy tahdid tug’dirganini inkor etib bo’lmaydi. Dunyoviy-ma’rifiy davlat va jamiyat qurilayotgan har qanday mamlakatda diniy jarayonlar evolyutsiyasini o’zibo’larchilikka tashlab qo’yib bo’lmaydi. Ushbu mulohaza, ayniqsa, o’zlikka qaytishning qo’sh qanotini tashkil etuvchi milliylik va diniylik o’rtasidagi chegarani aniqlash baQoyat mushkul bo’lgan musulmon jamiyatlari uchun dolzarbdir.
Dunyoviy davlat va jamiyat eng avvalo, qonun ustuvorligini taqozo etadi. “qonun – barcha uchun barobar” degan demokratik tamoyil, shubhasiz, diniy jarayonlarga ham taalluqlidir. Ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy hayotning boshqa har qanday sohasi kabi diniy jarayonlar ham faqat qonun belgilab qo’yilgan mezonlarga muvofiq ravishda rivojlanishga haqlidir. Ifodali qilib aytganda, qonun barcha boshqa sohalarni me’yorga solib turgani kabi diniy vaziyat evolyutsiyasi ham, hech qanday chekinishlarsiz, unga bo’ysunishga majbur. Bu ish demokratiyaning asosiy tamoyillaridan bo’lgan vijdon erkinligi, xususan, e’tiqod erkinligini chegaralash hisobiga qilinmaydi, albatta. Aksincha, azal-azaldan demokratik jamiyatning bosh mezoni bo’lib kelgan qonun ustuvorligini ta’minlash orqali amalga oshiriladi.
Diniy vaziyat evolyutsiyasini boshqarish” haqidagi tezis, eng avvalo, dunyoviy-ma’rifiy davlat va jamiyat qurilishi jarayonida diniy omilga ajratilgan konstitutsiyaviy o’rinni qonuniy vositalar bilan ta’minlashni nazarda tutadi. Xuddi shu asosda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 57-moddasida diniy-siyosiy partiyalar tuzish taqiqlangan.
O’zbekiston davlatining dunyoviylik, diniy bag’rikenglik, barcha dinlarga bir xilda munosabat, jamiyat taraqqiyotida din bilan hamkorlik qilish xususiyatlari ana shu tamoyil asosida amalga oshiriladi. Chunki dunyoviy-ma’rifiy davlatda diniy e’tiqodi va dunyoqarashidan qat’i nazar, siyosiy xohishlarini bildirishda barcha fuqarolarning teng ishtiroki tamoyiliga rioya qiladi.
Dunyoviylik tuyg’ulari alohida shaxs va ijtimoiy institutlar darajasida namoyon bo’lib boradi. Dunyoviylik demokratik taraqqiyot yo’lini tanlagan har qanday mamlakat hayotini tashkil etishning bosh mezonlaridan biri – vijdon erkinligi tamoyilining ustuvorligini kafolatlaydi.
Ma’lumki, diniy ong o’z-o’zidan o’zgarmaydi. Unga faol ta’sir ko’rsatib turuvchi omillar mavjud. Ularning eng ta’sirchani, shubhasiz, diniy muassasalardir. O’zbekiston misolida olib qaraladigan bo’lsa, mustaqillikning dastlabki yillarida ularning soni muntazam oshib bordi. Uzoq tarixiy davr davomida olib borilgan islomga qarshi siyosat doirasida mulohaza yuritilsa hamda XX asrning 80-yillari oxiri va 90-yillarining boshida mamlakatda vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy vaziyat ko’zgusi orqali qaralsa, bu – tabiiy hol edi, deyish mumkin. Masalaning g’ayritabiiy tomoni shunda ediki, masjidlar sonining uzluksiz oshib borishi bilan bir vaqtda, musulmonlar diniy ongini radikallashtirish va siyosiylashtirishga uringan kuchlar ham faollashib bordi. Masjidlarning barkamol insonni tarbiyalashdek nozik masaladagi muhim tarbiyaviy rolini inkor etmagan va unga zarracha soya tashlamagan holda, shuni qayd etish mumkinki, ularning ayrimlari, afsuski, O’zbekistonda siyosiy islomning shakllanishi va rivojlanishida tayanch nuqta bo’lib xizmat qildi. XX asrning 90-yillari boshida Rossiyada tuzilgan “Islom uyg’onish partiyasi” filialini O’zbekistonda ochish, “Turkiston islom partiyasi”ga asos solishga qaratilgan urinishlar mazkur kuchlarning o’z saflarini mustahkamlashga yo’naltirilgan keng ko’lamli harakatlari sifatida yuzaga keldi. Namangan va Qo’qonda tuzilgan “Adolat”, “Islom lashkarlari”, “Odamiylik va insoniylik” kabi harbiylashgan tashkilotlar jinoyatchilikka qarshi kurashda davlat organlariga yordam berish niqobi ostida huquq-tartibot tashkilotlarining ayrim vazifalarini o’z zimmasiga ola boshlagani ham islomning tez sur’at bilan siyosiylashib borayotganidan dalolat berar edi.
Har qanday masjidda diniy qadriyatlarning targ’ib etilishi tabiiy hol. Aslida, masjidlarning asosiy vazifalaridan biri ham shudir. Demak, ular diniy ongni rivojlantirish va uning evolyutsiyasi yo’nalishini belgilovchi eng muhim mexanizmdir. Tabiiyki, masjidlarda ushbu targ’ibot sof diniy qobiqqa o’ralgan tarzda amalga oshiriladi. Bundan tashqari, turli masjidlarda va’z qiluvchi imomlarning saviyasi ham, dunyoqarashi ham turlichadir.
Ma’lumki, mamlakatimiz fuqarolik jamiyatini mustahkamlash yo’lidan bormoqda. “Fuqarolik jamiyati” degani esa, birinchi navbatda, jamiyat boshqaruvining muayyan sohalarini davlat organlari va tashkilotlaridan bosqichma-bosqich nohukumat tuzilmalarga o’tib borishini anglatadi. Demokratik mamlakatlar tajribasi shundan dalolat bermoqdaki, fuqarolik institutlari ma’naviyat va ma’rifat, ilm-fan va madaniyat bilan bog’liq sohalarda o’zini ko’proq namoyon etib boradi. Oxirgi yillarda O’zbekistonda bu sohada katta ishlar amalga oshirilmoqda. Milliy g’urur, o’zlikni anglash, milliy-diniy qadriyatlarni to’g’ri va sog’lom idrok etishga xizmat qilishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy yo’nalishdagi qator jamg’armalar, uyushmalar va markazlar tuzilmoqda. Ular davlat tashkilotlaridan qabul qilib olinayotgan tegishli boshqaruv va tarbiyaviy-ma’rifiy funktsiyalarni bajarishga harakat qilmoqda. Davlat organlari, o’z navbatida, ularning mus-tahkamlanib borishi uchun zarur moddiy-ma’naviy va qonuniy asoslarni yaratishga faol ko’maklashmoqda.
Mazkur tuzilmalar oldida turgan eng muhim ijtimoiy-ma’naviy mohiyatga ega vazifalardan biri – xalqimiz uchun asrlar osha an’anaviy bo’lib kelgan asl diniy qadriyatlarimizning to’g’ri idrok etilishiga amaliy hissa qo’shishdan iborat. Diniy omil bilan bog’liq holda faoliyat ko’rsatayotgan bu kabi tashkilotlar diniy bilimlarni dunyoviy ma’rifat ko’zgusi orqali tahlil qilishi va tushuntirishi lozim. Mustahkamlanib borayotgan milliy o’zlikni ang-lashga bevosita aloqador diniy qadriyatlarning to’g’ri va sog’lom idrok etilishiga qaratilgan ma’rifiy-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishi kerak. Boshqacha aytganda, ularning asosiy vazifalaridan biri – diniy qadriyatlar, eng avvalo, insonning ma’naviy kamolotiga xizmat qilishi lozimligi haqidagi azaliy haqiqatni, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod ongiga singdirib borishdir. Bundan ham muhimi, diniy e’tiqod – siyosiy “o’yinlar” maydoni emasligi, bu kabi “o’yinlar”ning jamiyat xavfsizligi va barqarorligi uchun xatarli ekanini ilmiy-tarixiy va hayotiy dalillar bilan asoslagan holda keng ommaga muntazam tushuntirib borishdan iboratdir.
Ushbu ishdan ko’zlangan pirovard natija – xal-qimiz uchun qadimdan an’anaviy bo’lib kelayotgan diniy-ma’naviy merosga sadoqatni mustahkamlash, shu orqali, diniy qadriyatlarning haqiqiy o’rnini to’g’ri idrok etish, diniy vaziyatning sog’lom va tabiiy rivojlanishiga amaliy hissa qo’shishdan iborat bo’lgani uchun ham u quruq tashviqot bo’lib qolmasligi kerak. Diniy qadriyatlarning sog’lom va to’g’ri idrok etilishiga qaratilgan faoliyat ko’hna va ser-qirra tariximiz hamda ajdodlarimiz qoldirgan ibratli ma’naviy merosga asoslanishi lozim.
Fuqarolik jamiyati institutlari mustahkamlanib borgan sari, buyuk bobokalonlarimiz qoldirgan boy ilmiy-ma’naviy meros, jumladan, ma’naviyatimizning uzviy qismi bo’lgan milliy-diniy qadriyatlarni chuqur va yangicha yondashuv asosida o’rganish imkoniyatlari kengayib bormoqda. Oldimizda turgan vazifa – yaratilayotgan imkoniyatlardan to’g’ri, umummilliy yuksalish manfaatlariga mos ravishda foydalanishdir. Shunday qilinganda, islom va siyosat, din va davlat o’rtasidagi munosabatlarning tabiiyligi, ularning jamiyatimiz siyosiy barqarorligi va ma’naviy barkamolligiga xizmat qiluvchi uyg’unligi ta’minlanadi.
IX asrdan boshlab hozirgi O’zbekiston hududida islom dini sunna yo’nalishining hanafiy (Imom A’zam) mazhabi qaror topdi. Hanafiylik o’zga dinlar va mahalliy urf-odatlarga nisbatan erkinlik berish bilan boshqa mazhablardan ajralib turadi. Bu ta’limotni takomilga etkazgan vatandoshlarimiz – Abu Mansur Moturidiy, Abulmu’in Nasafiy va Bur-honiddin Marg’inoniy kabi allomalar musulmonlar orasidagi g’oyaviy tarafkashlikka barham berish, islom dinining «ahli sunna val jamoa» yo’li bar-qaror bo’lib qolishiga katta hissa qo’shdilar. Buyuk islom ulamolari bilan bir qatorda Markaziy Osiyo hukmdorlari ham bu yo’lda kurashdilar. X asr o’rtalarida islom dunyosida shia yo’nalishi (Shimoliy Afrika, Misr, Suriya, Hijozda – fotimiylar, Yamanda – zaydiylar va hatto, abbosiylar poytaxti Bag’dodda – buvayhiylar) ustunlikka erishgan bir paytda Markaziy Osiyoda tohiriy, g’aznaviy va qoraxoniy hokimlari «ahli sunna val-jamoa» aqidasini qat’iyat bilan himoya qildilar.
Xususan, o’z davrining ramzi bo’lgan Amir Temur e’tiqod va ma’naviyatning katta ahamiyatini to’g’ri idrok etgan. Sharafiddin Ali Yazdiy Sohibqironni haqli ravishda e’tiqodi komil inson sifatida ta’riflaydi. Eng muhimi, Amir Temur «ahli sunna val-jamoa» e’tiqodiga sodiq, diniy aqidaparastlikka qat’iy qarshi bo’lgan, islom dinini mutaassiblikdan xoli, erkin tushungan. Uning komil e’tiqodi boshqa dinlarni rad etish hisobiga bo’lmagan va shu jihatdan ham, u nafaqat o’z asri, balki hozirgi zamon kishisi uchun ham namunadir.
Mustaqillik tufayli o’zligimizni anglash, ma’naviy qadriyatlarimizni tiklash jarayoni kechayotgan hozirgi paytda umuman dinga va ayniqsa, ota-bobolarimiz dini bo’lib kelgan islomga munosabat tubdan o’zgardi. Bu sohadagi yutuqlarni sanab o’tirishga hojat yo’q. Ularni ko’rmaslik mumkin emas, ko’rolmaslik mumkindir, balki. Ammo masalaning boshqa tomoniga e’tiborni jalb qilish muhim. Siyosiy mustaqillikka erishgan barcha yosh davlatlarda yuz bergani kabi mamlakatimizda ham ta’lim yo’nalishi mazmun-mohiyatining o’zgarishi, davlat tili, an’analar, milliy madaniyatga e’tiborning ortishi, bularning hammasi, diniy omil ahamiyatiga davlatning munosabatini ko’rsatadi.
Mustaqillik yillarida kutilmagan voqealarga ham duch kelindi. Xalqaro terrorizm bilan uyushib ketgan diniy ekstremizm endilikda umumbashariy muammoga aylandi. Uning echimi bir mamlakatning qo’lida emas, balki xalqaro miqyosdagi sa’y-harakatlarni talab qiladi.
Ana shunday murakkab vaziyatda ham, O’zbekiston hukumati diniy bag’rikenglik siyosatini olib bormoqda. Respublikada islom bilan bir qatorda boshqa konfessiyalar ham emin-erkin faoliyat ko’rsatmoqda. Fuqarolarga millati, irqi, dinidan qat’i nazar, teng huquqlar qonun orqali kafolatlangan. Buni diyorimizga ochiq qalb bilan kelayotgan har bir mehmon o’z ko’zi bilan ko’rmoqda va e’tirof etmoqda.
Uzoq vaqt davom etgan mafkuraviy tazyiqqa qaramay, O’zbekiston xalqi avloddan avlodga o’tib kelgan tarixiy qadriyatlari va o’ziga xos an’analarini saqlab qolishga muvaffaq bo’ldi. Buyuk istiqlol esa ularning har tomonlama rivoji uchun keng imkoniyatlar ochib berdi.
Eng avvalo, asrlar davomida umummilliy qadriyat darajasiga ko’tarilgan diniy bayramlar – Ramazon va Qurbon hayitlarining O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari (№ 193, 11.04.1991 y.; № 221, 20.06.1991 y.) bilan dam olish kuni deb e’lon qilingani va ular ommaviy ravishda, emin-erkin nishonlana boshlanganini ta’kidlash zarur.
Din sohasida olamshumul ahamiyat kasb etgan ulamolarning merosini o’rganish, ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratib kelingan g’oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgani nihoyatda muhim vazifa bo’lib qoldi.
Ijtimoiy hayotni isloh qilish va yangilash jarayonida ma’naviy qadriyatlarning qudratli qatlamlari ham ochildi. Bunda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining sohaga oid qator farmon, qaror va farmoyishlari qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etdi.
Imom Buxoriy, Bahouddin Naqshband, Najmiddin Kubro, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Bur-honiddin Marg’inoniy, Abdulxoliq o’ijduvoniy, Xoja Ahror Valiy kabi mutafakkirlarimizning yubileylari o’tkazildi. Ulkan va boy madaniyatimizning uzviy qismi bo’lmish islom nazariyasi, tarixi, falsafasi, huquqshunosligi, madaniyati va axloqi masalalarini chuqur o’rganish ilmiy tadqiqotlarda markaziy o’rin egallay boshladi.
Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri, musulmon olamida «muhaddislar sultoni» deya ulkan shuhrat qozongan Imom Buxoriy bobomiz merosining gultoji bo’lmish eng ishonchli hadislar to’plami – «Al-jomi’ as-sahih» kitobining 4-jildda, Sharq olamida «Burhoniddin va milla», ya’ni «Din va millatning hujjati» degan yuksak unvonga sazovor bo’lgan Burhoniddin Marg’inoniyning sakkiz asr-dirki, musulmon mamlakatlarida eng nufuzli va mukammal huquqiy manba sifatida e’tirof etib kelinayotgan «al-Hidoya», Imom Termiziyning «Sunan at-Termiziy», Abu Lays Samarqandiyning «Tanbehul-g’ofilin» asarlari nashr etilganini ham ana shunday ijobiy natijalar sirasiga qo’shish mumkin.
Ayni paytda, eski masjid, maqbara va ziyoratgohlar ta’mirlanib, yangilari bunyod etildi, diniy bilim yurtlari tarmog’i kengaytirilib, sifat va saviyasi takomillashtirilganini ham alohida qayd etish zarur.
O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimov Farmoniga binoan tashkil etilgan Toshkent islom universiteti ko’p qirrali ta’lim beruvchi, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy markazga aylandi. Bu yerda dunyoviy va diniy bilimlarni hamda xorijiy tillarni puxta o’zlashtirgan, ma’rifiy islomni xalq orasida targ’ib eta oladigan mutaxassislarni tayyorlovchi tizim shakllandi, qiyosiy dinshunoslik va islomshunoslik sohalarida magistrlik, nomzodlik va doktorlik izlanishlari olib borilmoqda.
Universitetda davlat va jamoat tashkilotlarining mas’ul xodimlari dinning jamiyat hayotidagi o’rni va ahamiyati, din niqobi ostidagi ekstremistlar jaholatiga qarshi ma’rifiy javob berish ko’nikmalari bo’yicha bilimlarini chuqurlashtirishlari uchun doimiy malaka oshirish kurslari yo’lga qo’yildi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, xalqimiz diniy va ma’naviy qadriyatlarining hozirgi demokratik jamiyat qadriyatlari bilan uyg’unlashishi respublikamizning kelajakda yanada ravnaq topishi, jahon hamjamiyatiga qo’shilishida muhim omillardan biri hisoblanadi.


2.2 An’anaviy musulmоn jamiyatida diniylik va dunyoviylik muammоsi. Dunyoviylik va diniylik o’rtasidagi nisbat masalasi insoniyat tarixining barcha davrlarida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan. Boshqacha aytganda, inson hayoti mazmunini tashkil qiluvchi ushbu ikki tarkibiy qism o’rtasida murosaga erishish har qanday jamiyatning mavjud holati va istiqbolini belgilovchi bosh mezon bo’lib kelgan.
Ba’zan ushbu ikki omil o’rtasidagi munosabatlar keskinlashib, mamlakatlarni to’s-to’polonlar va jaholat girdobiga tortgan. O’rta asrlar Yevropasida amal qilgan, vahshiyona jazolar va qiynoqlarning timsoliga aylangan inkvizitsiya davri bunga misol bo’la oladi. Ibn Rushdning g’oyalarini rivojlantirgani uchun jazoga hukm etilgan Siger Brabantskiyning taqdiri, sog’lom ilmiy qarashlari tufayli jabr ko’rgan Jordano Bruno, Nikolay Kopernik, Nikolay Kuzanskiy va boshqa mutafakkirlarning qismati esa jamiyat hayotida diniylik va dunyoviylik o’rtasidagi sog’lom muvozanatning shakllanishi yo’lidagi qiyinchiliklarga misoldir. Ushbu jarayonning fojiali ko’rinishlari musulmon Sharqi hayotida ham sodir bo’ldi. Buyuk mutasavvif alloma Abu Mansur al-Halloj xudoning mohiyatini idrok etish yo’llari haqidagi ortodoksal aqidalarga zid qarashlari uchun o’tda yoqildi. Shunday sabablar tufayli Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abu-l-Aloal-Maarriy, Umar Hayyom kabi ko’plab buyuk daholar ayovsiz ta’qiblarga duchor bo’ldilar. Bularning barchasi dinni davlatdan ajratish bilan bog’liq tabiiy ehtiyoj kuchini oshirib borgan.
Dunyoviylik va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot ehtiyojlari hamisha hamohanglik kasb etib kelgan. Ya’ni dunyoviylik qotib qolgan dogma emas, aksincha, u muntazam ravishda takomillashib boruvchi hodisadir. Zamonaviy ilmiy tilda aytganda, dunyoviylik modernizatsiya deb nomlanuvchi jarayonning harakatlantiruvchi kuchidir. U jamiyat ilmiy salohiyatining uzluksiz oshib borishi, texnologik taraqqiyotning davomiyligi, iqtisodiy hayotning ratsionallashuvi, madaniyatning yuksalib borishi kabi muhim jarayonlar bilan uyg’un ravishda takomillashib boradi.
Dunyoviy taraqqiyot yo’lidan borayotgan har qanday mamlakatda din va davlat o’rtasidagi munosabatlarning muhim qirrasini din va siyosat orasidagi aloqalar tashkil etadi. Oxirgi paytlarda islomning siyosat bilan, boshqacha aytganda, islomning davlat bilan munosabatlari masalasi jiddiy tashvishlarga sabab bo’lmoqda. Aholisining ko’pchiligini musulmonlar tashkil etuvchi ayrim mamlakatlarning oxirgi o’n yilliklardagi tajribasi “islom – olamshumul dinlar orasidagi eng siyosiylashgan dindir” deya da’vo qilayotgan olimlar va siyosatchilarning fikrini tasdiqlayotgandek ko’rinadi. Ayrim mutaxassislar, hatto “islom – siyosiy hayotning eng asosiy omillaridan biridir, uni – siyosatdan, siyosatni esa, undan ajratib bo’lmaydi”, deya xulosa qilmoqdalar.
Bugun hatto, “jamiyatning diniy xavfsizligi” degan tushuncha paydo bo’ldi. Chunki oxirgi yarim asr davomida diniy omilning ta’siri tufayli ayrim mamlakatlarning milliy xavfsizligiga putur etgani haqiqat. Masalan, Ol’styerda katoliklar va protestantlar o’rtasida vaqti-vaqti bilan xunrezlik va to’polonlarni keltirib chiqarayotgan ziddiyatlar Buyuk Britaniyaning umummilliy xavfsizligiga putur yetkazayotgan xatarli omillardan biriga aylanganini inkor etib bo’lmaydi.
XX asrning o’rtalaridan faollasha boshlagan radikal diniy oqimlar 1970-yillarda Misr Arab Respublikasining siyosiy tizimiga, demakki, uning milliy xavfsizligiga nisbatan jiddiy xatarga aylangani ham yuqoridagi mulohazaning o’rinli ekanini ko’rsatadi.
Jazoirdagi voqealar tufayli esa XX asrning 80-yillari oxiriga kelib, jamiyat siyosiy-mafkuraviy va diniy-ma’naviy asosda ikkiga bo’linib ketdi. 1992 yildagi parlament saylovlarida ushbu vaziyatdan foydalangan siyosiylashgan radikal diniy doiralar ko’pchilik o’rinlarni qo’lga kiritdi. Ular shariat talablariga mos ravishda mamlakat taraqqiyotining asosiy yo’nalishlarini tubdan o’zgartirish talabini olg’a surdilar. Bu jamiyatdagi bo’linishni yanada chuqurlashtirdi, davlat va jamiyat qurilishida dunyoviylik va islomga suyangan diniylik o’rtasidagi muvozanatning buzilishiga olib keldi. Oxir-oqibatda esa, o’tkazilgan saylovlar yakuni bekor qilindi. Buning natijasida yuzaga kelgan keskin ichki ijtimoiy-siyosiy va diniy-mafkuraviy ziddiyatlar qariyb 7 yil davom etgan qonli to’qnashuvlarni keltirib chiqardi. Mutaxassislarning fikricha, ularda kamida 30 ming kishi qurbon bo’ldi, siyosiylashgan diniy omil esa, umummilliy barqarorlik va xavfsizlikning haqiqiy dushmaniga aylandi. Bu kabi misollarni yana ko’plab keltirish mumkin.
Musulmon dunyosida faoliyat ko’rsatayotgan diniy-siyosiy guruhlar va partiyalar nisbatan yaqinda mustaqillikka erishgan, aholisining ko’pchiligini musulmonlar tashkil etadigan mintaqamiz mamlakatlarini ham o’z ta’sir doirasiga tortishga faol intilmoqda. “Hizb at-tahrir al-islomiy”ning oxirgi 10-15 yil davomida Markaziy Osiyo mamlakatlari, jumladan, O’zbekistondagi faoliyati ham buning isboti bo’la oladi. Bunday tashkilotlar oddiy fuqarolarning diniy his-tuyg’ulari, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning bir shaklidan ikkinchisiga o’tish davrida yuzaga chiqadigan ob’ektiv qiyinchiliklar, konfessiyalararo munosabatlarning nozik jihatlaridan o’zlarining g’arazli maqsadlari yo’lida foydalanishga intilmoqda. Bunday intilishlarning oldini olish deyarli barcha musulmon jamiyatlari uchun alohida dolzarblik kasb etmoqda. Zero, ba’zi hollarda diniy ongning radikallashuvi va siyosiylashuvi, diniy ekstremizmdan terrorizmga o’tib ketish jarayonlarining tezlashuvidek milliy xavfsizlik uchun o’ta xatarli omillar kuzatilmoqda.
Markaziy Osiyo mamlakatlarining mustaqillik yillaridagi taraqqiyot tajribasi musulmon jamiyatlarida milliy o’zlikni anglash va islomiy uyg’onish jarayonlari bir-biri bilan aloqador tarzda, hatto bir-biriga kirishib ketgan holda kechadi, degan xulosaning to’g’riligini tasdiqlamoqda. Darhaqiqat, milliy o’zlikni anglash bilan bog’liq turfa jarayonlarni diniy qadriyatlardan ayri holda tasavvur etish amrimahol. Bizning jamiyatimiz uchun ham tabiiy bo’lgan ushbu xususiyat, o’zining o’ta nozikligi barobarida xatarliligi bilan ham ajralib turadi. Mazkur ikki tushunchani bir deb qabul qilish, ularning o’zaro nisbatini baholashda xato qilish – dinning siyosiylashuviga yo’l ochib beradi. Shuni unutmaslik lozimki, ayrim hollarda, jamiyatdagi muayyan kuchlar o’zlarining g’arazli maqsadlariga erishish uchun ongli tarzda aynan shunday qiladilar.


2.3 O’zbеkistоnda din sоhasidagi davlat siyosati va vijdоn erkinligining huquqiy asоslari. Mamlakatimizda barpo etilayotgan demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining tamal toshi «vijdon erkinligi» tushunchasi bilan chambarchas bog’liqdir. Fuqaroviy erkinliklar ichida insonning ichki ma’naviy dunyosiga va uning ruhiyatiga bevosita aloqador bo’lgan vijdon erkinligi demokratik dunyo bo’ylab umume’tirof etilgan inson huquqlarining eng asosiylaridan biridir.
Fuqarolik jamiyati kishilar o’rtasidagi munosabatlarning yuksak madaniy saviya va teran ma’naviy zaminga asoslangani bilan ajralib turadi. Bunday jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy hayotida umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi, ularning mo’’tabar va hatto, muqaddas sanalishi barqaror bo’lmog’i shart. Muayyan insonning qadr-qimmati, odamlar orasidagi mehr-oqibat, samimiylik, axloqiy poklik, insofu adolat va insonparvarlik kabi eng ezgu umuminsoniy qadriyatlar fuqarolik jamiyati hayotining haqiqiy mezonlaridir. Shuning uchun ham, O’zbekistonda kechayotgan davlat va jamiyat qurilishi jarayonida tom ma’nodagi vijdon erkinligini ta’minlashga alohida urg’u berilmoqda.
Davlatimizning vijdon erkinligiga munosabati – O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida mustahkamlab qo’yilgan “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega”, degan qoidada o’zining aniq huquqiy-qonuniy ifodasini topgan. Demak, «vijdon erkinligi» degan tushunchaning mazmun-mohiyati xohlagan dinga e’tiqod qilish huquqidan tashqari, hech qanday dinga e’tiqod qilmaslik ixtiyorini ham qamrab oladi. Har bir fuqaro haqli bo’lgan bunday huquqning buzilmasligi uchun mazkur modda “diniy qarashlarni majburan singdirishga yo’l qo’yilmaydi” degan muhim qoida bilan to’ldirilgan. Buning zamirida vijdon erkinligiga nisbatan har qanday tahdidni bartaraf etish istagi yotadi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida aniq belgilab qo’yilgan davlat va jamiyat qurilishining bosh maqsadlardan biri – inson farovonligi ta’minlangan, ijtimoiy adolat va qonuniylik ustuvorlik qiladigan, barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lgan, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengligiga asoslangan jamiyatni barpo etishdir. Bu, eng avvalo, yuksak ma’naviyat va hurfikrlilikka asoslangan, vijdon erkinligi amalda barqaror bo’lgan jamiyatni barpo etish demakdir. Bunday jamiyatni qurish esa, birinchi navbatda, keng ma’nodagi vijdon erkinligi, jumladan, diniy e’tiqod erkinligini ta’minlashni taqozo etadi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ushbu hayotiy masalaga umume’tirof etilgan demokratik tamoyillardan kelib chiqib yondashilgan.
Tom ma’nodagi vijdon erkinligi huquqini kafolatlash va amalda ta’minlash uchun O’zbekistonda to’laqonli huquqiy tizim yaratilgan. “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahririga (1998 yil, 1 may) ko’ra, «vijdon erkinligi» fuqarolarning har qanday dinga e’tiqod qilish yoki e’tiqod qilmaslikdan iborat kafolatlangan konstitutsiyaviy huquqidir. Shu ma’noda, huquqiy kategoriya sifatida – vijdon erkinligi, bir tomondan, e’tiqod erkinligini, ikkinchi tomondan esa, hech bir dinga e’tiqod qilmaslik huquqini ifoda etadi.
Axloqiy nuqtai nazardan vijdon erkinligi – bu muayyan insonning fikrlash tarzi va shaxsiy ma’naviy e’tiqodiga mos xatti-harakat qilish huquqidir. Dunyoning turli-tuman mamlakatlarida, uzoq tarixiy davrlar davomida, olamning yaratilishi va rivojlanishi, ko’pincha, diniy tasavvurlarga asoslangan tarzda izohlab kelingani yaxshi ma’lum. Biroq ilm-fan taraqqiyoti mazkur hodisalarning dunyoviylikka asoslangan tushunish tamoyilini tadrijiy ravishda kuchaytirib borgan. Har bir shaxs erkin fikrlash va qonun doirasida harakat qilish imkoniyatiga ega bo’lishi natijasida umumiy taraqqiyot jadallashgan.
Shunday qilib, vijdon erkinligi uch jihatni anglatadigan huquqiy kategoriyaga aylanib qoldi:

Yüklə 309,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin