1-Mavzu: Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanining predmeti vazifalari va rivojlanish tarixi



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə1/17
tarix07.01.2024
ölçüsü0,53 Mb.
#202904
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
portal.guldu.uz-EKOLOGIYA VA TABIATNI MUHAFAZA QILISh




EKOLOGIYA VA TABIATNI MUHAFAZA QILISh

(MA'RUZALAR MATNLARI)



Tеrmiz-2008 y.


Ushbu ma'ruzalar matnlari to`plami namunaviy o`quv dasturi tayanch oliy o`quv yurtlarida tayyorlanayotganligi bois mazkur ma'ruzalar to`plami kafеdrada ishlab chiqilgan o`quv dastur asosida tayyorlangan.
Ushbu ma’ruza matnlari to’plami namunaviy o’quv dasaturi tayanch oliy o’quv yurtlarida tayyorlanayotganligi bois mazkur ma’ruzalar to’plami kafedrada ishlab chiqilgan o’quv dasturi asosida tayyorlangan.
Ma’ruzalarni tanlash davomida talabalar xozisgi kunda eng dolzarb muammolardan biri bo’lgan atrof-muxit va tabiatni muxofaza qilish soxasidagi yangi bilim va ma’lumotlar tanishadi xamda ekologik muammolarning oldini olish chora-tadbirlari to’g’risida ma’lumotga ega bo’ladilar.
Ma’ruzalar matinini tayyorlashda prezident asarlaridan, xorij olimlari asarlaridan, Respublikaning ekolog olimlarining asarlaridan foydalanildi.
Taklif va muloxazalar muallifi xamda kafedra a’zolari tomonidan mamnuniyat bilan inobatga olinadi.


Muallif: o’qit. Mamarajabov S.N.


Taqrizchilar: dots. Zokirov X.X.
t.f.n. Iraliyev B.X.

Kirish.
Atrof muxitni muxofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish muammolarining dolzarbligi hammaga ma’lum. Atrof muxitni ifloslanishdan saqlash, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish ko’p jixatdan axolining ekologik savodxonlik darajasi, ekologik madaniyatga bog’liqdir. Ekologik savodxonlikka erishish uzluksiz ekologik ta’lim va tarbiya tizimini vujudga keltirish va uni rivojlantirish orqali amalga oshirish mumkin.


Kursning maqsadi talabalarda ekologik dunyoqarashni shakillantirish va ekologik fikr yuritishni rivojlantirishdir. Talabalarga ekiologik ta’lim-tarbiya berish, bu tadbirlarni ilmiy, amaliy va metodik asoslarni o’rgatish kursning vazifasi kursning vazifasi xisoblanadi. Kursning barcha o’quv yurtlarida o’qitilishi hozirgi zamon talablaridan kelib chiqadi.
“Ekologiya asoslari va tabiatni muxofaza qilish” kursi o’z oldiga dastlab shu soxadagi umumiy tushunchalarni berish maqsadini qo’yadi. Keyingi bosqichda har bir mutaxassislik uchun ekoogiyadan maxsus fanlar o’qitilishi maqsadga muvofiqdir.
Dastlab kursning berilgan dasturini diqqat bilan organib chiqish lozim, har bir mavzuni o’rganayotganda qo’shimcha adabiyotlar bilan tanishish, savol va topshiriqlarni to’liq bajarish maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin