1 Мавзу: Экспериментал психологиянинг предмети


Mavzu yuzasidan test savollari



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə20/22
tarix13.04.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#97043
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Eksperimental psixologiya

Mavzu yuzasidan test savollari:
1. His-tuyg`ularning psixik faoliyatdagi vazifasi qaysi qatorda aks ettirilgan?
A) Tanlash, yo`naltirish
V) Aks ettirish, ifodalash
D) Yo`naltirish, nazorat qilish
S) Rag`batlantirish, ruhlantirish
E) Darakchilik, baholash, boshqarish

2. Hissiy kechinmalarning vegetativ sistemaga ta`sirini qanday asboblar yordamida aniqlash mumkin?


A) eKG va KGR
V) eEG
D) UZI
S) endoskopiya
E) exoskopiya
Mavzu yuzasidan nazorat savollari:

  1. Psixik faoliyatda hissiyotning roli qanday?

  2. Hissiyotlarni o`rganishning nazariy va amaliy qiymati nimada?

  3. Hissiyotlarni tadqiq etish uchun qanday metodlardan foydalaniladi?

  4. Hissiy holatlar qanday sifatlar bilan belgilanadi?



Tavsiya etiladigan adabiyotlar:



  1. Reykovskiy e.A. eksperimental’naya psixologiya emotsiy. M.1992

  2. Praktikum po obhey i eksperimental’noy psixologii. M.1994

  3. Umumiy psixologiyadan amaliy mashg`ulotlar. A.I.SHcherbakov taxriri ostida. T.1992 .

12- MAVZU: PSIXOMOTORIKA VA IXTIYORIY HARAKATLARNING O`RGANILISHI.
R E J A .

  1. Psixomotorika haqida tushuncha.

  2. Hatti-harakat va ixtiyoriy javob harakatlari.

  3. Ish harakat -faoliyatning tarkibiy qismi sifatida.



Mavzu yuzasidan asosiy tushunchalar:

  • Psixomotorika- borliqni bilishda muskul harakatlarining ishtirok etishi.

  • Faoliyat- anglangan maqsad bilan boshqariladigan ichki(ruhiy) va tashqi (jismoniy) faollik.

  • Maqsad- faoliyatning so`nggi natijasi.

  • Motiv-faoliyatga undovchi kuch, sabab.

  • Ish-harakat-oraliq maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan faoliyatning tarkibiy qismi.

Psixomotorika tushunchasining taraqqiyoti I.M.Sechenov nomi bilan bog`liqdir. U birinchi bo`lib borliqni bilishda muskul harakatlarining ham o`rni borligini ochib bergan. I.M.Sechenov g`oyalari psixomotorikani barcha aks ettirish shakllarining muskul harakatlarida ob`ektivlanishi, gnoseologik va prakseologik vazifani bajaruvchi harakat analizatorini barcha analizatorlarni birlashtiruvchi sifatida tushunishga hal qiluvchi ta`sir ko`rsatdi.



?
Hayvonlar faolligi bilan inson faolligi o`rtasida
tafovut mavjudmi?

Insonning psixomotor rivojlanishini o`rganish muhim ahamiyatga ega bo`lib, uning barcha harakatlarida shaxs, individ va sub`ekt sifatida o`ziga xos, takrorlanmas xususiyatlari namoyon bo`ladi. I.M.Sechenov harakat funktsiyalarini markaziy nerv sistemasi yuqori qismlarining vazifasi bilan bog`laydi. Ixtiyoriy va ixtiyorsiz harakatlar reflektor tabiatga ega ekanligini ta`kidlab, sezgi a`zolariga keladigan qo`zg`atuvchilar ta`sirini o`rganish muhim ahamiyatga ega deb ko`rsatadi. Tashqi qo`zg`atuvchining tez va aniq ajrata olish insonning izchil o`rganilgan, eng birinchi psixomotor xususiyatdir.


Tashqi ta`sirlarga ixtiyoriy javob berish turli funktsional tizimlar o`rtasidagi o`zaro ta`sir ko`rsatish vaqtiga bog`liq bo`ladi. Bu jarayonni quyidagicha tasvirlash mumkin:

  • qo`zg`atuvchining retseptorga ta`siri va nerv signalining paydo bo`lishi;

  • nerv signalini analizatorning pustlokdagi markaziga yuborish;

  • vaziyatni baholash va qaror qabul qilish, pustloqning harakat markazlariga buyruq berish;

  • nerv signalini muskullarga o`tkazish, butun jarayonning natijasi harakatdir.



M
?
uskullar harakati qaysi organ orqali boshqariladi?

Laboratoriya sharoitida ixtiyoriy javob berish holatidan avval, tekshiriluvchi ko`rsatma bilan oldindan tanishtiriladi, barcha funktsional holatlarning tayyorgarlik darajasi ortadi.


Ixtiyoriy reaktsiya ko`rsatkichi sifatida ko`pincha javob berish vaqti (reaktsiya vaqti) va javobning aniqligi olinadi. Reaktsiya vaqti deganda qo`zg`atuvchi berilgandan javob harakati tugaguncha bo`lgan vaqt oralig`i olinadi; va uni quyidagi formula bilan ifodalanadi;
T r qt nn Q tnr Q td ;

bu erda Tr - reaktsiya vaqti, tnn-sensor -pertseptiv jarayon vaqti, tpr-baholash va qaror qabul qilish vaqti, td - harakat javobi vaqti. Ma`lumki. reaktsiya vaqti funktsional tizimlar holatiga va tashqi sharoitlarga bog`liq bo`ladi.


Ixtiyoriy reaktsiyalarni o`rganish psixodiagnostik ahamiyatga ega bo`lib, insonning turli faoliyatlari mexanizmi va tarkibini o`rganishda keng foydalanishi mumkin.


H
?
arakatlar tizimidagi biror bo`g`inning amalga oshirilmasligi faoliyat natijasiga qanday ta`sir ko`rsatadi?

Faoliyat tarkibida ish-harakat (deystvie) alohida ajratib ko`rsatiladi. Ish-harakat, deb muayyan oddiy bir vazifani bajarishga yo`naltirilgan nisbatan tugallangan faoliyat elementiga aytiladi. Faoliyat elementi sifatida u sa`i-harakat va harakatlarda namoyon bo`ladi. Operatsiya (jarayon) - texnologik jarayonning tarkibiy qismidir.


Operatsiya texnologik jarayonning talabiga ko`ra bir necha ish-harakatdan tashkil topishi ham mumkin. Bajariladigan ish-harakatlar mexnat predmeti, quroli va sharoitlariga adekvat ya`ni mos bo`lishi kerak. Harakatlar tarkibi makro- va mikro- harakatlardan iborat bo`lishi mumkin.
B.G.Anan’ev odamni faoliyat sub`ekti sifatida tahlil qilar ekan, faollikning 4 ta darajasini ajratib ko`rsatadi:
1-yaxlit faoliyat darajasi;
2-alohida faoliyat akti darajasi;
3-makro harakatlar darajasi;
4-mikro harakatlar darajasi.
Psixomotor xususiyatlarni ko`p qirrali va ko`p darajali ekanligini o`rganish metodlarining amaliy qiymati mehnat sub`ekti sifatida odamning faoliyat va muloqat jarayonidagi o`rnini o`rganish bilan belgilanadi. Psixomotor xususiyatlarning yoshga bog`liq holda rivojlanishi pedagogik ta`sirni jismoniy, aqliy va ahloqiy tarbiyaning yaxlitligi tamoyiliga rioya qilib tashkil etishni taqozo etadi.
Tarixiy taraqqiyotning barcha bosqichlarida insonning asosiy faoliyati mehnat hisoblangan. Mehnat faoliyatida esa qo`lning murakkab harakatlarining o`rni beqiyosdir.
So`nggi yillarda psixologiyada insonning bilish va ijro etish faoliyatlarini o`rganish maqsadida mikrotuzilmalarni o`rganish metodidan keng foydalanilmokda. Mikrotuzilmalar tamoyiliga ko`ra har qanday istalgan bir faoliyat, kichik vaqt oralig`ida bajariladigan va o`lchash imkoniyati mavjud bo`lgan harakatlardan tashkil topadi.
Nafis sensomotor faoliyatlar mutloq va farq qilish chegarasini aniqlash metodlarini bilishni taqozo etadi.



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin