“Klaster” uslubi. –Fikrlarning tarmoqlanishi - pedagogik strategiya bo‘lib, u talabalarning biron-bir mavzuni chuqur o‘rganishlariga yordam berib, ularni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrlarni erkin va ochiq uzviy bog‘langan ketma-ketlikda o‘rgatadi.
Fikrlarni tarmoqlash quyidagicha tashkil etiladi:
Hayolga kelgan fikr bir so‘z bilan ifoda etilib, ketma-ket yoziladi;
Fikrlar tugaguncha, yozishda davom etiladi va fikrlar tugasa, u xolda yangi fikr kelgunga qadar biron rasm chizib turiladi;
Darsda imkon boricha fikrlarning va o‘zaro bog‘liqlikning ketma-ketligini ko‘paytirishga harakat qilinishi lozim;
T-sxema jadvalini to‘ldiring
V.Vundtning eksperimental psixologiya sohasida olib borgan ishlari qanday ahamiyatga ega?
Aksincha-chi?
1.4. «T - sxema» texnikasi
-bu texnologiya murakkab, ko‘ptarmoqli, mumkin qadar muammo xarakteridagi mav-zularni o‘rganishga qaratil-gan; bunda ularning har biri alohida nuqtalardan muhokama etiladi. Masalan ijobiy va salbiy tomon-lari, afzallik va kamchilik-lari, bir g‘oyaning ikki tomoni, foyda va zararlari;
- tanqidiy, tahliliy, aniq mantiqiy fikrlash muvaf-faqiyati rivojlantirishiga hamda o‘z g‘oyalari, fikrla-rini yozma va og‘zaki shaklda ixcham bayon etish, himoya qilishga imkon yaratadi;
- ma’ruza yakunida qo‘llaniladi;
T-sxema qonun-qoidalari bilan tanishib chiqadi.
YAkka tarkibda yoki juft-juft bo‘lib T-sxemani to‘ldiradi
O‘z g‘oyalarini yozma ravishda o‘ng va chap taraflarida yozib chiqadilar. G‘oyalar qarama-qarshi bo‘lishi mumkin.
Sxemadagi g‘oyalar taqqoslanishi va yakka tartibda, juft-juft holda yoki kichik guruhlarda to‘ldirilishi mumkin.
Har bir tinglovchi o‘z fikrini erkin holda to‘liq bayon etadi
Psixologiya fan sifatida shakllangan dastlabki kunlaridayoq eksperimental metodlardan foydalanilganligi qayd etiladi. Psixologiya fan sifatida shakllanishi V.Vundt tomondan 1879 yilda psixologik hodisalarni eksperimental o‘rganishni uchun ochilgan laboratoriya faoliyati bilan bog‘liqdir.
Psixologiyani ilmiy fan sifatida e’tirof etilishini belgilovchi omil eksperimental metodlar va ularni atrof-olamni o‘rganishda qo‘llanilishidir. Bir qator istisno holatlarda eksperimental tadqiqot metodologiyalari ilmiy yondashuv sifatida qabul qilingan bo‘lib, ular dalillarni aniqlash va muqobil izohlarini baholashda ancha ob’yektiv metod sifatida tavsiya etilgan.
Eksperimental metodlar fanda foydali nazariyalarni shakllantirish uchun zarurdir. Keng qo‘llaniladigan ilmiy mulohazalarda fanning vazifasi nazariyalarni ishlab chiqishdan iborat deb hisoblanadi. Bu nuqtai nazarni faqat eksperimental psixologlar emas, balki boshqa fan vakillari, faylasuflar va fanlar tarixi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar yoqlaydilar.
Ilmiy g‘oyalar qator empirik hodisalar o‘rtasidagi munosabatlarni bayon etish va tushuntirish uchun xizmat qilgan o‘zaro bog‘liqlikda bo‘lgan qonuniyatlar majmui sifatida qaraladi. Eksperimental psixolog Nil Miller nazariyaning fandagi o‘rni haqida quyidagicha mulohaza bildirgan edi: «Sof empirizm yanglishgandir. Nazariyalarni ishlab chiqish jarayoni muqarrar ravishda kuzatiladigan hodisalar va ularni tanlash uchun ma’lum oqimdagi tajribaga e’tibor qaratadi»
Evolyutsion biolog va sotsiobiologiyaning asoschisi Edvard O.Uilson ham Miller singari fikr bildirdi. Uilsonning fikricha “Fan va hayotdagi har bir narsa nazariyasiz ma’noga ega emas” (1999, B. 56). Fanda nazariyaning ahamiyati muhimligi haqida fikr bildirgan mashhur insonlardan yana biri faylasuf Tomas Kun ham bu borada alohida mulohaza yuritdi. Kunning monumental ahamiyatli kitobida paradigmalar yoki ilmiy paradigmalarga biror bir nomzod bo‘lmaganda fanning taraqqiyoti uchun zarur barcha dalillar munosabatga va bir xil darajadagi faollikka ega bo‘ladilar, ilmiy inqilob tuzilmasiga zarurat tug‘iladi. Natijada dalillar to‘plash sharoitida tasodifiy faollik ko‘p yuz beradi.
Ayni damda Kunning nazariyasi bilan bog‘liq paradigmasiga aniqlik berishimiz mumkin. Keyinchalik biz Kun ilgari surgan tushuncha bilan bog‘liq paradigmani aniqlashda qat’iy tayanamiz.
Ilmiy nazariyaning muvofiq rivojlanishini ta’minlovchi juda ko‘p unsurlar mavjud. Ushbu unsurlarning eng muhimlaridan biri mazkur bob mavzusiga doir metodologiyani tashkil etadi. Metodologiya ilmiy-empirik yoki nazariy masalalar yuzasidan xulosalarga kelish uchun ma’lum jarayon sifatida xizmat qiladi.
Mohiyatan biz mos metodologiya tuzishda xizmat qiladigan sharoitga ega bo‘lishimiz zarur. Shuningdek, ushbu nuqtai nazarga, metodologiya tuzish uchun rasmiy mulohazalar tavsiya etishga oddiy ko‘z bilan qarashimizga to‘g‘ri keladi. Fan tarixidan misollar, metodologiyalar tuzishda muhim omillarga namuna sifatida xizmat qiladi. O‘n oltinchi asrda fan sohasi tarixida Galileyning teleskopni ixtirosiga bag‘ishlangan metodologiya katta yutuqlardan biri ekanligini tushunilmagan.
Teleskop ixtiro qilingan vaqtda sensor kechinmalar fan uchun muhim ekanligi qabul qilingan (qar. Chalmers, 1999). Bu qoidaga ko‘ra teleskop metodologik jihatdan bahslarga sabab bo‘lgan edi. Albatta sensor tajriba qo‘shimcha ma’no kasb etadi. Teleskop esa ob’ekt bilan sezgilar o‘rtasidagi bog‘liqlikka ega. Galileyning ma’ruzasi ahamiyatli, tanqidlari esa nomaqbul hisoblanmasin, teleskopni taqdim qilishdagi uning ko‘rsatmalari qo‘shimcha sensor tajriba sifatida qaraldi. Galileyning tanqidlari mulohazali bo‘lib, tabiat uyushgan ko‘rinishga egaki, shunga ko‘ra to‘g‘ri sensor kechinmalarga ishonish mumkinligini izohlagan. Ammo keyingi tajribalar uni bunday emasligini ko‘rsatdi. Ko‘pgina fanlar hali har xil vositalar yordamida o‘zida tajribalar o‘tkazishga ega emas edi. Bizning sezgi a’zolarimiz fanning foydasiga shakllantirishga xizmat qiluvchi axborotlarni ahamiyatli qismini ta’minlaydi.
Uilsonning fikricha bizning miyamiz va sensor tizimimiz inson genlarini ko‘paytirish va saqlashning biologik apparati sifatida rivojlandi.
Fandagi vositalar imtiyozlarni cheklashga olib keldi. Vositalarga bog‘liq sensor qobiliyatlarni tizimsiz kengayishi boshqa unsurlar o‘zining ijodiy qorishmasida ma’lumotlarni tasniflash va ularning nazariyasini talqin qilishdan iborat. Ular birgalikda asbob–uskunalar bilan bog‘liq hissiy tajribalarni ratsional qayta ishalashni tashkil etmoqda (Wilson, 1999, B. 56)
Fan tarixida monumental metodologik o‘zgarishlardan biri fan tuzishi uchun asosiy vazifa sifatida qo‘shimcha tajribalarning qabul qilinishidir. Buni qanday sodir bo‘lishi haqida o‘ylab ko‘ring. Hech bir ratsional tafakkur miqdori qabul qilishni qanchalik mustaqil va chuqur bajarilganligiga ko‘ra teleskop ko‘rsatgan ma’lumotlarni qabul qilish mumkin. Ratsional qiyosiy tahlil bu maqsadga to‘g‘ri kelmaydi. Galiley faqat birgina usul, ya’ni o‘zining shaxsiy tajribalari orqali ma’lumotlarni to‘g‘riligini ta’minladi. O‘zgacha talqin qilinganda teleskop yordamida olingan qo‘shimcha ma’lumotlar orqali foydali nazariya yaratishga erishdi va shu asosda u o‘zini oqladi. Ushbu bobning xotimasiga ko‘ra muvofiq keladigan metodologiyani yaratish empirik va nazariy munosabatlarni yoritishdagi metodologiyaning qanchalik foydali ekanligiga bog‘liq ekan. Qisqacha aytganda metodologiyaning yakuniy asoslanishi empirik xarakterga ega.
Har qanday yaqqol organik isbotlar bilan bog‘liq mantiqiy birlikka ega joriy va kelajak tendensiyalari. Kitcher olimlar quyidagi timsolli holatlarni payqashlari mumkinligini taklif etdi: Noma’lum tajribalardan qochib bo‘lmaydigan nazariyalar odatdagi falsafiy hodisaga aylanadi. Biroq olimlar ba’zan guyokiy ishonsizlik bilan kundalik qarash sifatida qarshi oladilar. Bu etarlicha murakkab bo‘lib, ularning noroziligiga sabab bo‘ldi. Oqibatda biror bir tajribani tartibga solish usulini topishga undaydi. Bu ilgari surilayotgan o‘zgarishga olib keluvchi usullarini inson aqlsizlik emas, aql bilan bajaradi. Bu erda fan bilan umumiylikka ega bo‘lmagan mantiqiy bog‘liqlik bor (Kitcher, 1993, B.247)
Misollarda Kitcher evolyusiyaning dushmani sifatida insonlarni chalg‘ishga olib keluvchi o‘zga sayyoraliklar tomonidan sodir etilayotgan karaxt holga olib keluvchi holatlar tavsiya etiladi. SHunga qaramay bu mantiqiy imkonsiz va olimlar tomonidan etarlicha asos bo‘lmagan sharoitdagi hech qanday dalillar kuzatilmaydi. Relyativistlar va boshqalarning ta’kidlashicha (masalan, Rychlack, 1981), nazariyalar hali aniqlanmagan isbotlarga ega.
Diagnostika grekcha dia - o‘zaro, orqali va gnosis - aniqlash so‘zilaridan olingan. Diagnostikos - aniqlash usullari. Ammo adabiyotlarda uning turlicha tahlil etish uchraydi. SHundan kelib chiqib, psixodiagnostika shaxsning individual – psixologik xususiyatlarini o‘lchash va aniqlash usullarini o‘rganadi, degan mulohazani berish mumikn. O‘z navbatida, shaxs psixikasining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish uchun metodikalarni ishlab chiqish, ularni amaliyotga tatbiq etish talablari va mezonlarini ham o‘rganadi. O‘lchash va aniqlashni psixodiagnostika metodlari amalga oshiradi. Aynan psixodiagnostikaning nazariy sohasi sifatida umumiy psixodiagnostika quyidagi masalalarga e’tibor qaratadi:
validlik va ishonchlilik diagnostik mulohazalarga kelish qonuniyatlariga;
psixik holatlarni alohida belgi yoki aniqlovchilar asosida diagnostik xulosalarga kelish qoidalariga.
Buning uchun ba’zan murakkab, ba’zan oddiy usullardan foydlanishiga to‘g‘ri keladi. Qiyofalarni o‘rganishda qiyosiy standartlar, o‘zaro aloqador hisob-kitoblar, alohida psixodiagnostik tekshiruv, eksperiment va ekspert talqinlarga tanyanadi. Zarur gipotezalarni ilgari suradi va ularni isbotlaydi. Psixodiagnostika predmeti umumiy, tibbiyot, pedagogik, yosh, sotsial psixologiyalar va psixologiyaning boshqa tarmoqlari bilan uzviy aloqadorlikda. Ushbu fanlarda o‘rganiladigan hodisalar, xususiyatlar va xossalar psixodiagnostika usullari yordamida amalga oshiriladi. Psixodiagnostik o‘lchash natijalari orqali psixologiyaning har xil yo‘nalishlarida ilgari surilayotgan nazariy mulohazalar to‘g‘riligini tekshirish usuli ham hisoblanadi.
Олға сурилган ғоялар баҳоланмайди ва танқид остига олинмайди;
Иш сифатига эмас, сонига қаратилади, ғоялар қанча кўп бўлса шунча яхши;
Исталган ғояларни мумкин қадар кенгайтириш ва ривожлантиришга ҳаракат қилинади;
Муаммо ечимидан узоқ ғоялар ҳам қўллаб-қувватланади;
Барча ғоялар ёки уларнинг асосий мағзи (фаразлари) қайд этиш йўли билан ёзиб олинади;
«Ҳужум»ни ўтказиш вақти аниқланади ва унга риоя қилиниши шарт;
Бериладиган саволларга қисқача (асосланмаган) жавоблар бериш кўзда тутилиши керак.