4. Arab bahori 2010 yil 18 dekabr kuni arab dunyosiga mansub qator mamlakatlarda boshlangan norozilik namoyishlari va ijtimoiy-siyosiy beqarorliklar to’lqinini nazarda tuguvchi tushuncha.
«Arab bahori» so’zi 1848-1849-ynllarda Evropada bo’lgan inqiloblar «Xalqlar bahori» deb atalganiga qiyos qilib ishlatilgan hamda tashkilotchilar tomonidan go’yoki amalga oshirilgan harakatlar arab xalqinnng yorug’likka, erkinlikka olib chiqishini da’vo qilishlari bilan bog’liq. «Arab bahori» davomida Tunis, Misr (ikki bor) va Yamanda hukumat almashdi. Liviyada tashqi harbiy kuchlar ishtirokida fuqarolar urushi ro’y berib, amaldagi hukumag ag’darib tashlandi. Suriyada fuqarolar urushi davom etmoqda. Iordaniyada podsho Abdullo II hukumatni istefoga chiqardi. Bahrayndagi ommaviy tartibsizliklar Saudiya Arabistoni ko’rsatgan harbiy yordam bilan bostirildi. Turli darajadagi ommaviy noroziliklar Jazoir, Jibuti, Iroq, Kuvayt, Livan, Mavritaniya, Marokash, Saudiya Arabistoni, Sudan, Ummon, G’arbiy Sahroi Kabir mamlakaglarida bo’lib o’tdi.
G’arb davlatlariniig OAVda «arab bahori»ning sababi sifatida kambag’allik, tengsizlik, korruptsiya va ishsizlik ko’rsatilgap. Biroq tahlil Liviyada jon boshiga daromad yuqori (14878 AQSh dollari) ko’rsatkichda bo’lgani, Misrda ishsizlik AQ1Sh va Evrola Ittifoqidagi o’rtacha miqdordan kam bo’lganini ko’rsatadi. Ko’pchilik siyosatshunoslar norozilik harakatlarn bir xil sxemada, «rangli inqnloblar» shaklida, «Xalq hokimiyatining ag’darilishinn istaydi!» shiori ostida amalga oshirilganiga z’tibor qaratib, ularni stixiyali vujudga kelgan hodisa emas, balki manfaatdor kuchlar tomonidan reja asosida amalga oshirilgan tadbir, deb xulosa bsrmoqda.
«Arab bahori» ishtirokchilarnnipg asosiy qismi yoshlardan iborat bo’lib, noroziliklarni tashkil etish va hukumatni obro’sizlantirishda «Facebook», «Twitter» «YouTube» kabi Internet saytlaridan keng ko’lamda foydalanildi. Shuningdsk, xorijiy OAVda ommaviy norozilnklarni amalga oshirishda asosiy tashkilotchilaridan bo’lgan ayrim tashkilot va faollar, jumladan, «6 aprel yoshlar harakati» (Misr), «Inson xuquqlari Bahrayn markazi» (Bahrayn), Yamanyoshlari etakchisi Entsar Kadxi «Xalqaro respublikachilar instituti» (IRI), «Milliy demokratiya instituti» (NDI), «Fridom Xaus» kabn AQSh nodavlat tashkilotlarida tayyorgarlikdan o’tganliklari vaulardan mablag’ olganliklari haqida ma’lumotlar beriladi.
Mutaxassislar «Arab bahori»ning salbiy oqibatlari sifatida quyidagilarni qayd etadilar: Yaqin Sharqda barqarorlikning izdan chiqqani; «Arab bahori» ro’y bergan mamlakatlarda aholining turmush darajasi va xavfsizligi keskin darajada tushib ketgani; sunniylar va shialar orasidagi ziddiyat eng yuqori darajaga chiqqani; «Al- Qoida», yangi vujudga kelgan jihodiy va salafiy guruhlarlarning kuchaygani; islomiy partiyalarning hokimiyada kelishi bilan «siyosiy islom» xalqaro maydonga chiqqani; arab jamiyatlari dunyoviylar va mutaassib dindorlar, hukumatga sodiq fuqarolar va muxolifatchilar kesimida parchalabtashlangani; arab mamlakatlariga ulkan iqtisodiy zarar etkazilgani; yuz minglab odamlarning halok bo’lgani; qochqinlarining katta oqimi vujudga kelgani.
2011 yilning sentyabr oyida «Al-Qoida» terroristik tashkilotining rahbari Ayman az-Zavohiriy «arab bahori»ni qo’llab- kuvvatlashini bayon qildi.
2012 yil 1 yanvar kuni Arab davlatlari ligasi Bosh kotibinnng iqtisodiy masalalar bo’yicha o’rinbosari Muhammadal-Tavojiriy «arab bahori» arab dunyosiga kamida 75 mlrd. AQSh dollari mikdorida zarar etkazganini ma’lum qildi. 2013 yilning yarmiga kelib, «arab bahori» oqibatida Suriyada 100 mingdan ziyod, Liviyada 30 mingdan ortik odam halok bo’ldi.