Frantsuz falsafasi. O`rta asrlardagi YYevropa falsafasi taraqqiyotida Frantsiyada shakllangan milliy falsafa maktabi nihoyatda katta o`rin tutadi. Bu borada R. Dekart, Lametri, Gel`vetsiy, Didro, Golbax va Russolarning qarashlari nihoyatda muhim.
R. Dekart (1596-1650) falsafasida dualizm asosiy o`rin tutadi. Uning fikricha materiya va ruh borliqning asosida yotadi va xudoga bo`ysunadi. Olam, Dekart fikricha cheksiz va abadiy, u inson tafakkuriga bog’liq bo`lmagan holda rivojlanadi va takomillashadi. R. Dekartning «Men fikr qilayapman, demak men mavjudman» degan fikri faylasuflar orasida mashhur bo`lib hisoblanadi. Bilishda fikr va sezgilarning ahamiyatini nihoyatda ortiqcha deb bilgan R. Dekart ratsionalizm ta`limotining asoschisi bo`lib hisoblanadi. Uningcha insonning fikrlashi va mulohaza qilishi shubha ostiga olib bo`lmaydigan jarayondir, undan boshqa hamma narsani tekshirish shubha ostiga olish mumkin. Dekart o`sha zamonning eng buyuk matematiklaridan biri bo`lib, o`z davrida aniq fanlar sohasida katta ahamiyat kasb etgan deduktsiya usulini falsafaga kiritgan olim bo`lib hisoblanadi.
Lametri va Gel`vetsiy, Didro va Golbax o`z davrida frantsuz hayotida nihoyatda katta ahamiyatga ega bo`lgan milliy davlatchilik, inson yer kinligi va haq-huquqlari muammolariga alohida e`tibor qaratganlar. Frantsuz millatini ma`naviy jihatdan yuksaklikka ko`tarish va ma`rifatli xalqqa aylantirish uchun o`z asarlarida ana shu qadriyatlarga yer ishishning yo`llari va usullarini ko`satib ber ganlar.
Ular tomonidan yaratilgan ko`p tomlik «Entsiklopediya» o`sha zamonning ma`naviy muammolarini ma`rifatli yo`l bilan hal qilish usullari va imkoniyatlari ko`rsatib ber ilgan «Yevropa qomusi» darajasiga ko`tarilgan edi. Bu kitobni yaratishda boshqa ko`pgina ma`rifatparvar frantsuz olim va mutaxassislari ham qatnashgan bo`lib, o`zining ahamiyati, muammolarining umuminsoniy nuqtai nazaridan echilishi, xalqchilligi va tilining frantsuz millati hayot tarziga yaqinligi bilan entsiklopediya XVIII asr Yevropasining tengi yo`q kitobi edi. Aynan ana shu kitob mualliflari o`zlarining boshqa asarlari va faoliyatlari bilan 1789-1884 yillardagi Frantsuz inqilobi qabul qilgan «Inson va grajdanlar huquqlar dekloratsiyasi»da ilgari surilgan umuminsoniy qadriyatlarni jamiiyat taraqqiyotining eng ustivor ma`naviy mezonlariga aylantirdilar.
Dostları ilə paylaş: |