Falsafiy Dunyoqarashning tarixiy shakllari insoniyat taraqqiyotining qonuniy natijasi bo`lib, jamiyat rivojlanishining ma`naviy mezoni sifatida namoyon bo`lgan. Taraqqiyotning dastlabki bosqichlarida kishilarning tabiatga, o`zlarining ijtimoiy hayotiga bo`lgan munosabati turli rivoyat va afsonalarda o`z ifodasini topgan. Ular shu tariqa mifologik dunyoqarashni shakllantirgan. Yovuzlik va ezgulik o`rtasidagi kurashda yaxshilikning mudom tantana qilishi mifologik dunyoqarashning gumanistik mazmunidan dalolat ber adi. Xususan, o`zbek xalqi sivilizatsiyasi jarayonida yaratilgan rivoyat, afsona va boshqa janrlardagi og`zaki ijod namunalari millatimiz tarixda qanday ma`naviy qiyofaga ega bo`lganini hanuz ko`rsatib turadi. Ular bugungi kunda jahon ahlini hayratga solmoqda. Masalan, qadimiy myer osimiz namunasi – «Avesto»da yaxshilik ramzi – Axuramazda va yomonlik timsoli – Axriman o`rtasidagi kurash tarixi misolida oxir-oqibatda ezgulik baribir g`alaba qozonadi, ya`ni yorug`lik zulmat ustidan g`alaba qiladi, degan g`oya asosiy o`rinni egallaydi va hayotbaxsh g`oyalar ilgari suriladi.