1-Mavzu: Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Reja


Formal mantiqga to`g`ri tafakkur shakllari va qonunlarini o`rganuvchi falsafiy fan



Yüklə 145,15 Kb.
səhifə52/57
tarix02.01.2022
ölçüsü145,15 Kb.
#36764
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Лекция текст узб СБ ушын (2)

Formal mantiqga to`g`ri tafakkur shakllari va qonunlarini o`rganuvchi falsafiy fan, deb ta`rif berish mumkin.

Dialektik mantiq, formal mantiqdan farqli ularok, tafakko`rni uning mazmuni va shakli birligida hamda taraqqiyotida olib urganadi. Matematik mantiq esa tafakko`rni matematik metodlar yordamida tadkik etadi. U xozirgi zamon matematikasining muhim yunalishlaridan biri bo`lib, tafakko`rni mantiqiy xisoblash deb ataladigan yuqori darajada abstraktlashgan va formallashgan sistemada taxlil qiladi.

Biz urganadigan fan formal mantiq bo`lib, u xozirgi paytda uzining maxsus formallashgan tiliga, to`g`ri muhokama yuritish uchun zarur bo`lgan samarali mantiqiy metodlari va usullariga, kontseptual vositalariga ega. Tafakko`rni o`rganuvchi boshqa fanlar, xususan falsafa, psixologiya, fiziologiya bilan hamkorlik qiladi hamda ilmiy bilimlar sistemasida uzining munosib o`rniga ega. Ayniksa, uning bilish metodi sifatidagi ahamiyati katta.

Tafakkur shakllari va qonunlarini o`rganish, ulardan ongli ravishda foydalanish fikrlash madaniyatini ustiradi, xususan, fikrni to`g`ri kurish malakasini rivojlantiradi; baxs yuritishda uzining va boshqalarning fikriga tankidiy munosabatda bo`lishiga, suxbatdoshining muloxazalaridagi xatolarni ochib tashlashga yordam beradi. Muhokamani to`g`ri kurishga, formal ziddiyatlar, xatolarga yul kuymaslikka erishish, aytish mumkinki, o`ziga xos san`at-mantiq san`ati xisoblanadi. Bu san`atning nazariy asoslarini chukur egallagan kishigina uning imkoniyatlarini amaliy muhokama yuritishda namoyish kila oladi. Uning ta`lim soxasidagi vazifalari ham jiddiydir. Ukuv jarayonining samaradorligi ma`lum bir darajada ishlatiladigan tushunchalarning, terminlarning anik bo`lishiga, muammolarning mantiqan to`g`ri kuyilishi va xal kilinishiga, mavjud gipotezalar strukturasini to`g`ri taxlil kila olishga, argumentlash qoidalaridan to`g`ri foydalanishga bog`liq.

Fan uchun formal mantiq murakkab muammolarni echish vositasini beradi. Bunday vositalar, odatda, ilmiy nazariyaning strukturasini o`rganishda, unda ishlatiladigan formalizmning mohiyatini tushuntirib berishda, formal ziddiyatlar bo`lsa, ularni aniqlashda muhim ahamiyatga ega.

3-masala. Olamdagi narsa va xodisalar harakati o`ziga xos ichki qonunlar asosida yuzaga keladi. Bu harakatning inson ongidagi in`ikosi, ya`ni tafakkur jarayoni ham o`ziga xos ob`ektiv qonuniyatlar asosida amalga oshadi.

Falsafada qonun tushunchasi narsa va xodisalarning muhim zaruriy, umumiy, nisbiy barkaror munosabatlarini ifodalaydi. Formal mantiqda ilmida qonun tushunchasi fikrlash elementlari o`rtasidagi ichki, muhim, zaruriy aloqadorlikni ifodalaydi.

Mantiqiy tafakkur ikki turdagi qonunlarga buysunadi. Ular dialektika qonunlari va formallashgan mantiq qonunlaridir. Dialektika qonunlari ob`ektiv olam va bilish jarayoniga xos bo`lgan eng umumiy qonunlar bo`lib, dialektik mantiq ilmining o`rganish soxasi xisoblanadi. Formallashgan mantiq qonunlari esa, faqat tafakkurdagina amal qiladi. Dia­lektika qonunlari mantiqiy tafakko`rni uning mazmuni va shakli birligida olib urgansa, formal mantiq qonunlari esa, fikrning to`g`ri tuzilishini, uning anik, izchil, ziddiyatsiz va asoslangan bo`lishini e`tiborga olgan holda urganadi.

Formal mantiq qonunlari (yoki tafakkur qonunlari) deyilganda fikrlashga xos muhim, zururiy bog`lanishlar tushuniladi. Tafakkur qonunlari ob`ektiv voqelikning inson miyasida uzoq, vaqt davomida aks etishi natijasida vujudga kelgan va shakllangan.

Bu qonunlar fikrlashning to`g`ri amalga oshishini ta`minlab turadi. Ular tafakkur shakllari bo`lgan tushunchalar, muloxazalar (hukmlar) hamda xulosa chiqarishning shakllanishi va o`zaro aloqalarini ifodalaydi.

Tafakkur qonunlari yuzaki karaganda sub`ektiv qonunlardek bo`lib tuyulsa ham, aslini olganda, ob`ektiv mazmunga egadir. Bu qonunlar hamma kishilarning fikr yuritishida bir xil amal kiluvchi umuminsoniy qonunlardir. Ularni buzish, almashtirish, uzgartirish, yangilash mumkin emas. Tafakkur qonunlariga amal qilish to`g`ri, tushunarli, anik iz­chil, ziddiyatsiz, asoslangan fikr yuritishga imkon beradi. Aniklik, izchillik, ziddiyatlardan xoli bulish va isbotlilik (asoslanganlik) to`g`ri tafakkurlashning asosiy belgilaridir. Inson tafakkuriga xos bo`lgan muhim xislatlardan biri fikrning anik bo`lishidir. Ma`lumki, ob`ektiv voqelikdagi har bir buyum, xodisa o`ziga xos belgi va xususiyatlarga ega. Bu belgi va xususiyatlar buyum va xodisalarni bir-biridan farqlashga, ularning o`ziga xos tomonlarini aniqlashga yordam beradi. Bu esa, uz navbatida, buyum va xodisalarning inson, tafakkurida anik aks etishini, har birfikr, muloxazaning anik, ravshan ifodalanishini ta`minlaydi. Fikrning noanikligi fikrdagi mantiqning sayozlashuviga, mantiqsizlikka olib keladi. Masalan, ob`ektiv va sub`ektiv sabab ,tushunchalarining mohiyatini aniqlab olmasdan birorta xodisaning kelib chikish sabablari to`g`risida anik fikr yuritib bo`lmaydi. Shu sababdan fikrdagi aniklik to`g`ri, tafakkurlashning asosiy belgilaridan biri xisoblanadi.

Ob`ektiv voqelikdagi buyum va xodisaning joylashishi, o`zaro munosabati va bog`lanishida muayyan tartib, izchillik, ketma-ketlik mavjuddir. Buyum va xodisalarning bu xususiyatlari fikrlash jarayonining izchil amalga oshishida uz ifodasini topgan. Tafakkurga xos bo`lgan izchillik belgisi har bir fikr­ning muayyan tartibda o`zaro bog`langan holda bayon etilishini talab qiladi. Fikrdagi izchillikning buzilishi, fikr ma`nosining uzgarishiga olib keladi va bunday fikrni tushunib olish kiyinlashadi. Masalan, birorta faylasuf - mutafakkirning umumfalsafiy qarashlarini urganmasdan turib, uning ijtimoiy yoki axloqiy ta`limotining mohiyatini tulik tushunib bo`lmaydi.

Tafakkurga xos bo`lgan belgilardan yana biri fikrlash jarayonning ziddiyatsizlik xususiyatiga ega bulishligidir. Bu belgi ham ob`ektiv asosga ega. Ma`lumki, ob`ektiv voqelikda har bir buyum yoki xodisa bir vaqtning o`zida biror sifatiga ko`ra ikki zid belgiga ega bo`lmaydi. Masalan, biror buyum bir vaqtning o`zida ham bor, ham yuk. bula olmaydi yoki inson ham e`tiqodli, ham e`tiqodsiz bula olmaydi. Fikrda mantiqiy ziddiyatlarning mavjud bo`lishi uning noanik, chalkash, tushunarsiz bo`lishiga olib keladi.

Buyum va xodisalar o`rtasidagi sababiy bog`lanishlar tafakkurga xos bo`lgan asoslilik belgisining ob`ektiv negizidir. Inson fikr yuritish jarayonida iloji boricha chinligi asoslangan muloxazalarni bayon qilishga intiladi.

Demak mantiq qonunlari deb fikrlar o`rtasidagi shunday aloqaga aytamizki, bunda mantiqiy uzgarishlarni har kanday konkret fikr mazmuni Bilan kanchalik almashtirsak ham to`g`ri muhokama xosil bulaveradi. Formal mantiqda qoida va qonunlar kup. Biz bulardan turttasini mantiqning asosiy qonuni deb ataymiz. Bular: ayniyat qonuni , nozidlik qonuni, uchinchisi mustasno qonuni,etarli asos qonuni.


Yüklə 145,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin