1 Mavzu: Falsafaning mohiyati va inson dunyoqarashi shakllanishidagi o`rni. Falsafa va iqtisod. Reja


Hozirgi davrda milliy falsafani rivojlantirish muammolari, uning xalqaro aloqalarni tashkil etishdagi ahamiyati



Yüklə 44,05 Kb.
səhifə16/17
tarix13.09.2023
ölçüsü44,05 Kb.
#143069
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
1-mavzu

4. Hozirgi davrda milliy falsafani rivojlantirish muammolari, uning xalqaro aloqalarni tashkil etishdagi ahamiyati


4. Vatanimiz mustaqillikka erishganidan keyin milliy falsafani shakllantirish uchun imkoniyatlar ochildi. Bugun ulug‘ ajdodlarimiz tamal toshini qo‘ygan o‘zbek milliy falsafasini rivojlantirishning ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlari mavjud. Shu bilan birga, bugungi o‘zbek falsafasining rivojini ta’minlashda quyidagi jihatlar alohida o‘rin tutadi:
- xalqimizning o‘z milliy an’analariga sodiqligi;
- mamlakatimizning buyuk kelajagiga ishonchi;
- muqaddas qadriyatlarimizga ishonch-e’tiqodi;
- mehnatsevarligi, intellektual salohiyati va boshqalar.
O‘zbek falsafasini yanada taraqqiy ettirish vazifalarini amalga oshirish quyidagi muammolarning echimini topishga bog‘liq:
- birinchidan, mustamlakachilik sharoitida soxtalashtirilgan tariximizni haqqoniy yoritish falsafiy g‘oyalar, qarashlar tarixini ham xolis ko‘rsatib berishni taqozo qiladi. O‘z davrida qimmatli tarixiy manbalarning yo‘q qilingani yoki ayovsiz talon-taroj etilgani bu ishni qiyinlashtirmoqda;
- ikkinchidan, mavjud manbalar arab yoki fors tillarida ekanligi, ularni biladigan faylasuf olimlarning, malakali tarjimonlarning kamligi umuminsoniy ma’naviy merosdan bahramand bo‘lish va ulardan ijodiy foydalanishga to‘siq bo‘lmoqda;
- uchinchidan, odamlar ongidan mustabid tuzumning soxta g‘oyalarini, ular qoldirgan asoratlarni siqib chiqarish, mafkuraviy bo‘shliqni yangi g‘oyalar bilan to‘ldirish, istiqlol mafkurasini shakllantirish muayyan vaqtni taqozo qiladi.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish bugungi falsafa masalalari bilan shug‘ullanuvchi olim va tadqiqotchilar zimmasiga nihoyatda katta mas’uliyat yuklaydi. Bunda, eng avvalo, mazkur sohaga aloqador har bir yurtdoshimiz dunyoqarashining milliy manfaatlarimiz nuqtai nazaridan o‘zgarishi nihoyatda muhimdir. Mamlakatimizda huquqiy demokratik jamiyat barpo etilayotgan hozirgi davrda bu jarayonning qanday borishi yangi falsafiy ongning shakllanishiga muayyan darajada ta’sir ko‘rsatadi.
Taraqqiyot jarayonida davrlar o‘zgarishi bilan unga xos ma’naviy, huquqiy, siyosiy va falsafiy mezonlar ham shakllana boshlaydi.Inson tafakkurining o‘zgarishi, dunyoqarashning yangicha tamoyillarga ega bo‘lishi uzoq davom etadigan murakkab jarayondir. Bu hol bizning kunlarimizda ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Hozirgi kunda jamiyatimizda istiqlol g‘oyalariga asoslanadigan yangi dunyoqarashning shakllantirish asosiy vazifa bo‘lib turibdi. Zero, inson dunyoqarashini, uning asosiy tamoyillarni o‘zgartirmasdan, yangi jamiyatni qurish qiyin.Bu jarayonning qonuniyatlari va o‘ziga xos xususiyatlari Prezident Islom Karimovning asarlarida asoslab berilgan.
Bugungi kunda ko‘p qirrali va murakkab hodisa bo‘lgan falsafiy dunyoqarashning milliy davlatchilik hamda kishilarning g‘oyaviy etukligini ta’minlash ehtiyojiga xizmat qiladigan jihatlariga e’tibor kuchaymoqda.
Istiqlolning ma’no – mohiyatini kishilarga to‘g‘ri anglatish, ularni mustaqillik bergan imkoniyatlarini amalga oshirishga jalb etish bilan bog‘liq nazariy va amaliy faoliyat ham nihoyatda muhim.Mustaqillik yillarida 
Yüklə 44,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin