1-mavzu: Fanga kirish. fanining maqsad va vazifasi
(2soat)
Reja:
1.
Qishloq xo’jalik o’simliklari karantini to’g’risida tushuncha
2.
Fanning maqsad vazifalari
3.
Karantin to’g’risida ta’limotning rivojlanish tarixi
4.
Fanning boshqa fanlar bilan aloqadorligi
O’zbekiston Respublikasining xalqaro hamkorlikdagi tutgan o’rni uning
hududiga chet ellardan turli tovarlar, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qabul qilish,
shuningdek, turli mahsulot va xom-ashyolarni chetga chiqarishga sabab bo’lmoqda.
Qishloq xo’jaligining intensiv rivojlanishi sharoitida chetdan keltirayotgan
mahsulotlar orasida respublikamizda uchramaydigan zararkunandalarning uchrashi
xavfini kuchaytiradi.
Davlatlarning xorij bilan iqtisodiy, savdo munosabatlarining kengayishi bir
davlat
hududida
uchraydigan
hasharotlarga
qarshi
ehtiyot
choralari
qo’llanilmaganda, boshqa joylarga tarqalib, o’z arealini kengaytirishiga sabab
bo’ladi.
O’simliklar karantini mamlakatda o’simlik va boshqa boyliklarni o’ta xavfli
hasharotlardan himoya qilishga xizmat qiluvchi davlat tizimidir. Hozirgi vaqtda turli
mamlakatlarda uchraydigan kasalliklar keng tarqalishining oldi olinmasa, ular areali
keskin kengayib borishi xavfi tug’ilmoqda. Bu o’simliklar karantini fani oldida
yangi vazifalarniqo’ymoqda.
Mamlakatimizni zararli organizmlardan muhofaza qilish davlat ahamiyatiga
ega masala hisoblanib, bu talablar bajarilmaganda respublikamiz qishloq xo’jaligiga
katta moddiy zarar yetishi mumkin. O’simliklarni himoya qilishning eng samarali
yo’li fitosanitar nazorat hisoblanadi. O’simliklar va o’simlik xom-ashyolarini chet
mamlakatlardan kirib kelgan yoki olib kelinadigan hasharotlar ta’siridan himoya
qilishga, aniqlangan taqdirda ularni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlar va
respublika o’simliklar Bosh Davlat karantin inspektsiyasi, uningtuman, shahar va
viloyat bo’limlar tomonidan amalga oshiriladi.
O’zbekiston hududida tarqalishi chegaralangan karantin ob’ektlar tarkibiga
kiruvchi zararli hasharotlar transport vositalari, xom-ashyolar, suv, havo oqimi,
qushlar, insonlar vositasida kirib kelishi mumkin.
Karantin ob’ektlarning tarqalishida davlatlar orasidagi savdo, ilmiy-tadqiqot va
madaniy aloqalardagi hamkorliklar ham muhimdir. Ilmiy muassasalarning urug’lar,
ko’chatlar va boshqa ekish materiallarini almashtirish davomida ham eng xavfli
karantin ob’ektlar tarqalishi extimol. Zararkunandalarga qarshi kurashishdan ko’ra
uning oldini olish afzal. Buning uchun davlatlar hududida uchraydigan zararkunanda
hasharotlarning tarqalish arealini, namoyon bo’lish xususiyatlari, asosiy
o’choqlarini bilish, qarshi kurash choralarini to’g’ri belgilash ularning
fitosanitariya holatini yaxshilash imkonini beradi. Fitosanitar nazorat orqali yangi
hasharotlarning turlari aniqlanganda, bartaraf qilish yo’llarini belgilash imkoni
vujudga keladi.
Zararkunandalar ekinzorlardagi o’simlik qoplamida yuqori yaruslarni
egallab, o’simliklarning o’sishdan orqada qolishiga, fotosintez intensivligi
pasayishiga olib keladi. Zararkunandalarning respublikamizda uchramaydigan va
tarqalish xavfi bo’lgan turlarini karantin hasharotlar deyiladi. Ularning tarqalish
hududlari har yili joylardagi karantin inspektsiyasi xodimlari tamonidan nazorat
qilib boriladi, bartaraf qilish bo’yicha karantin tadbirlarini amalga oshiriladi.
Ayniqsa, kuzatish olib boruvchi mutaxassislar kuzatish va karantin ob’ektlari
miqdorini hisobga olish usullari bilan malakali ishlay bilishi kerak. Respublikada
qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish miqdorini orttirish uchun barcha
iqtisodiy, agrotexnik va ma’naviy tadbirlarni tez sur’atlar bilan amalga
oshirilmoqda. Bu vazifalarning muvaffaqiyatli hal qilinishida o’simliklarning hosil
sifati va miqdorini kamaytiruvchi hasharotlardan himoya qilish muhim ahamiyatga
ega. O’simliklarni samarali himoya qilishda ekinzorlarda uchraydigan zararli
organizmlar paydo bo’lishi va tarqalishini muntazam nazorat qilib borish, ularga
qarshi agrotexnik, tashkiliy kurashning eng arzon va samarali usullarini qo’llab,
xo’jaliklarga iqtisodiy zarar yetkazilmay turib oldini olish imkoni vujudga keladi.
Qishloq xo’jaligining intensiv rivojlanishi va mahsulotlarni davlatlar orasida
ayriboshlash ularda uchraydigan hasharotlar tuxumi, imagolari, g’umbak va
pillalarining, bir davlat hududidan boshqalariga tarqalishiga, yangi joylarda yangi
turlarining paydo bo’lishiga imkon yaratilmoqda. Bu jarayonlardagi tartibsizlikka
barham berish uchun davlatlararo bojxona postlarida nazoratni kuchaytirish,
mamlakat ichkarisidagi ekinzorlarning fitosanitar holatini baholab turishni taqozo
qiladi.
Respublika hududini mamlakat ichkarisida uchramaydigan kasalliklardan,
hasharotlardan va begona o‘tlarning horijiy davlatlar orqali kirib kelishi mumkin
bo‘lgan manbalaridan himoya qilish “Respublika o‘simliklar karantini inspeksiyasi”
hodimlarining asosiy vazifasi hisoblanadi. Mamlakat ichkarisida yangi, zararli
mikroorganizmlar manbalari aniqlangan taqdirda ularni o‘z vaqtida o‘rgana bilish,
turlarni aniqlash, tarqalishini chegaralash uchun fitosanitar nazorat va karntin
tadirlarni qo‘llab, bartaraf qilish ham muhimdir.
Qishloq xo‘jaligida karantin mikroorganizmlarning zararini kamaytirish
maqsadida respublika miqiyosida qator karantin tadbirlarni amalga oshirilmoqda.
Bu tadbirlar qatoriga barcha ekinzorlarni, dalalarga ekiladigan urug’larni,
ko‘chatlarni, sanoat va oziq-ovqat mahsulotlarini muntazam nazorat qilib, infeksiya
manbai aniqlangan taqdirda ularni bartaraf qilish, shu soha bo‘yicha malakali
mutahassislar tayyorlash hamda turli maskanlarda faoliyat ko‘rsatayotgan
mutahassislsrni qayta tayyorlash kabilar kiradi. Ya’ni ichki va tashqi karantin
tadbirlarni fermer xo‘jaliklarining ekin dalalarida, mevali bog’larda, issiqhonalarda
va chegara maskanlarida qollash asosida nazoratni kuchaytirishni taqozo qiladi.
Xorijdan keltirilgan barcha qishloq xo‘jalik o‘simliklarining urug’lari,
ko‘chatlari ekilgan ekinzorlarda respublikamizda uchramaydigan kasallik va begona
o‘tlarni aniqlash karantin inspeksiyasi vazifasidir.
Oziq-ovqat va sanoatda foydalanish uchun mo‘ljallangan texnik o‘simlik xom
ashyolari, mahsulotlar, masulotlar zararli hashoratlar, karantin kasalliklar bilan
zararlanganlik darajasini aniqlash uchun birlamchi va ikkilamchi tekshiruvdan
o‘tkaziladi.
Karantin zona deb e’lon qilingan mamlakatlardan o‘tib kelayotgan yuk va
transport vositalari va ulardagi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini zararsizlantiriladi.
Mamalakat hududidan xorijga jo‘natish uchun tayyorlangan qishloq xo‘jalik
mahsulotlari karantin tekshiruvidan o‘tkaziladi.
Mamlakatdagi barcha ekinzorlarni, mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash
korhonalarini omborlarini karantin ob’ektlari bilan zararlanganlik yoki
zararlanmaganligini nazorat qiladi.
Birlamchi tekshirih mamlakat ichkarisiga kelgan kemalarda, samolyotlarda,
temir yo‘l vagonlarida va avtoulovlarni chegara maskanlarida yoki yukni keltirilgan
joyida tushirilayotgan paytida amalga oshiriladi. Chegara omborlarida yuklarni
tekshirish mutahassislarga shoshilmaslikn, yuklarni diqqat bilan kuzatishni va
tekshirish natijalarini umumlashtirish ma’suliyatini yuklaydi.
Birlamchi tekshirish jarayonida karantin ob’ektlarni harakat qladigan bo;lsa,
uning tarqalib ketmasligi uchun yukni transport vositlaridan tushurmasdan
zararsizlantirishni o‘tkazishni taqozo etadi.
Xorijdan keltirilgan yuklarni ikkilamchi tekshirilishi mahsulotlarni ishlov
beriladigan tashkilot omborlarida, savdo muassasalari omborhonalarida amalga
oshiriladi. Buning uchun laboratoriya ekspertizasi uchun namunalani oishda mahsus
jihozlar, namuna olgichlar yoki shuplardan foydalaniladi.
Ikkilamchi tekshirishda dastlab yukni tashqi tomonidan nazorat qilinib karantin
ob’ektlari saqlanishi mumkin bo;lgan ochiq yuzalar va oraliq tirqishlar ham ko‘zdan
kechiriladi. Ikkilamchi tekshirishda yukning kirib kelayotgan mamlakat, o‘simlik
turi (Botanik nomenklatura asosida) e’tiborga olinib, tekshirish o‘tkazilishi shartlari
hududiy viloyat karantin inspeksiyasi tomonidan hal qilinadi.
Mamalakatimizga keltirilgan mahsulotlarning (urug, meva) ichidan karantin
ob’ektlar bilan zararlanganligini aniqlash uchun laboratoriya tekshiruvlari
o‘tkaziladi.
Karantin tekshiruvda yukda mavjud bo;lgan karantin ob’ektlarini ular yuzasida
aniqlanmasa, materiallardagi ichki ob’ektlar karantin laboratoriyasida
rentgenografiya yoki mikologik analizlar metofi yordamida aniqlanadi.
Laboratoriya tahlili natijasida qishloq xo‘jalik mahsulotlarida mamlakatimizda
uchramaydigan zararli organizmlar aniqlangan taqdirda, keltirilgan yuklar
tushirishdan oldin zararsizlantiriladi. Havfli kasallik birlamchi tekshirishda
aniqlanmagan taqdirda, karantin inspeksiyasi hodomi tomonidan yuk borib
tushadigan joyda ikkilamchi tkshirishdan o‘tkazish kerakligi inspeksiya hodimlariga
yetkaziladi. Yuklarni birlamchi tekshirish natijasi to‘grisidagi fitsanitar
sertifikatining nushasi tegishli joydagi inspektorlarga o‘z vaqtida yetkazib beriladi.
Yuklarni tekshirish jarayonida transport vositalarini turib qolishiga yo‘l
qo‘ymaslik, nazoratni o‘z vaqtida tashkiliy ravishda o‘tkazish karantin
inspeksiyasining mas’ul hodimlarining asosiy vazifasi hisoblanadi.
Chegara maskanlarida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini birlamchi tekshiruv
vaqtda yuklarda karantin ob’ektlari aniqlanmagan taqdirda ularni tusirishga ruhsat
etiladi va yuk boradigan tashkilot inspeksiya hodimlariga ikkilamchi tekshirish
o‘tkazish uchun ogohlantiriladi. Birlamchi tekshirish natijasi tuzilgan karantin
sertifikati namunasi yuk boradigan joydagi hududiy inspektorlarga tekshirilgan
yukdan oldin yetkazilishi shart.
Dostları ilə paylaş: |