5.Hayvonlarni klonlash bo‘yicha yig‘ilgan ilmiy natijalar shuni ko‘rsatadiki, qayta tuzilgan embrionlarni rivojlanishi bo‘yicha erishilgan yutuqlar asosan, yadro donorining retsipiyent bilan kelishtirilishiga bog‘liq. Rekonstruksiya vaqtida retsipiyent yoki donor hujayra halqalari fazalarini bir-biriga to‘g‘ri kelmaydigan holatda tanlash DNK ni parchalanishiga va qayta tiklangan embrionni noto‘g‘ri urug‘lanishiga olib keladi. Donor yadrosi bilan retsipiyent sitoplazmasi orasidagi o‘zaro aloqa har xil bosqichda amalga oshirilishi mumkin. Bu jarayon hozirgi vaqtda chuqur tahlil qilinmoqda. Rivojlanishni dastlabki bosqichida alohida blastomerlarni barobarlashtirishi har xil hayvonlarni, jumladan quyonlarni ( Sollas Ret.a1 1992), yirik shoxli hayvonlar (Sampbell yet.a1. 1993), va sichqonlar (Otaegu R.J. yet al., 1994) hujayra davrini o‘zaro aloqasini o‘rganish uchun vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1.Embrionlarni ko‘chirib o‘tkazish.
2. Hayvonlarni klonlash
3.Sigirlarning bo‘lingan embrionlarini muzlatilgan holatda saqlash
4.Somatik hujayralar yadrosini enukleirlangan tuxum xujayrasiga ko‘chirib o‘tkazish yo‘li bilan hayvonlarni klonlanishi tushuntiring
5.Hayvonlarni klonlash bo‘yicha yig‘ilgan ilmiy natijalarni izohlang
ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILIShDA O‘SIMLIK VA MIKROORGANIZMLARNING ROLI
Reja:
Chiqindilarning tabiati va miqdori
Mikrobli degradatsiya va biokonversiya
Sanoat mikrobiologiyasi va genetika
Tayanch so‘zlar: biomassa, chiqindilar, biokonversiya, mikrobli degradatsiya, amplifikatsiya.
Adabiyotlar: 1,2,3,8,9,10,,12, 13.
Qishloq xo‘jaligi, o‘rmon va oziq-ovqat sanoati chiqindilaridan turli maqsadlarda, xususan, biomassani oshirish, hamda undan energiya olish va shu yo‘l bilan atrof-muhit ifloslanishini kamaytirishda ishlatiladi. Ularni mikroorganizmlar yordamida bijg‘iydigan birikmalargacha parchalash yoki ularni oqsillarga aylantirish mumkin. Oqava suvlarda suv o‘tlarini kulturasini ko‘paytirib, nafaqat suvlarni tozalash, balki oqsil va mikroelementlarga boy biomassa olish mumkin.
Ko‘plab chiqindi va yo‘ldosh mahsulotlarni qayta ishlash mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra turli boshoqli o‘simliklardan taxminan 1700 mln. t. somon chiqadi va bularning ko‘p qismi ishlatilmaydi. Yoki ananasni konservatsiyalashda uning 20%igina ishlatiladi, asosiy qismi esa chiqindiga chiqadi. Uning mevasi, po‘sti va boshqa chiqindilari sharbat olish uchun eziladi, quritilgan qoldiqlari esa mollarga yem sifatida beriladi. Spirtli bijg‘itish bilan ushbu zavodlardan oqiziladigan chiqindilarni kamaytirish mumkin.
Bijg‘ish davomida turli organik moddalarni almashinishi bilan bog‘liq bo‘lgan biotexnologik jarayonlar atrof-muhitni ham kimyoviy ham biologik jihatdan ifloslantiradi. 1970 yillarning boshlarida o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra farmasevtikada ishlatiladigan fermentatsiya – bu ifloslanishning asosiy manbaidir. Masalan, bu antibiotiklar olinadigan ishlab chiqarishga xosdir. Fermentatsiyaning chiqindilari ma’lum bir metabolitik mahsulotlarning mikrobli hujayralari va ozuqa muhitining ishlatilmagan komponentlari hisoblanadi.
Tarkibida uglevod bo‘lgan chiqindi va yo‘ldosh mahsulotlarni an’anaviy mikrobli bijg‘ish yoki biotexnologik jarayonlar yo‘li bilan qayta ishlash mumkin. Masalan, saxarozani kristallash uchun boshlang‘ich sirop hisoblangan va texnologik sikldan chiqarib tashlanadigan melassa – shakar olishdagi yo‘ldosh mahsulot hisoblanadi. Uning tarkibida shakardan tashqari sulfitlar, karbonatlar va kalsiy, magniy tuzlari mavjud. Melassani bijg‘ish davomida qolgan shakarning hammasi ham ishlatilmaydi.
Kraxmal donlarning, kartofel va maniokning quruq massasini 50%ini tashkil etadi. Bu mahsulot jo‘hori va maniokdan olinadi. U kislotali yoki fermentativ gidrolizga oson uchraydi va undan dekstrin va glbkoza olinadi. Ushbu geksozalardan spirt va fruktozali sirop olishda foydalaniladi.
sellyuloza va gemitsellyulozani mikrobli degradatsiya va konversiyaga uchratib etil spirti yoki kimyoviy sanoat uchun xomashyo olish mumkin. Clostridium thermosellum tarkibidagi sellyulaza va gemitsellyulaza genlarini lostridium ning boshqa turlariga o‘tkazib sellyuloza va gemitsellyulozani etil spirti, aseton, sirka va sut kislotasiga aylantirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |