1-mavzu: Geometrik materiallarni o'rgatish metodikasi



Yüklə 197,58 Kb.
səhifə4/4
tarix07.02.2023
ölçüsü197,58 Kb.
#83380
1   2   3   4
1-mavzu Geometrik materiallarni o\'rgatish metodikasi

Maydon (Yuza)
O'quvchilarda shaklIaming yuzasi haqidagi tasavvurni shakllantirish metodikasi miqdorlar haqida tasavvurni shakllantirish umumiy metodikasi asosida qurildi. Yuza haqidagi tushunchalar bolalarda har qanday figura, kattami, kiehikmi, baribir tekislikda rna'lum yuzani egallashi lozim degan oddiy tushunehaga tayanib olib boriladi. Ko'rilayotgan tushunchani tushuntirish uchun shaklning namoyish qilishga mo'ljallangan yoki yakka tartibdagi modellaridan foydalaniladi.
Rasmlarni bir-biri ustiga qo'yish yo'li bilan bolalar ikki shaklning yuzasi teng ekanligiga, to'rtinchisi esa beshinchidan kichik, beshinchining ichiga sig'a olishini ko'radilar. O'qutuvchi shakllarni yuzasi oshib borishi tartibda joylashtirishni va ularni raqamlar bilan belgilashni taklif etadi. Bunday mashqlar jarayonida bolalarning yuza haqidagi tasavvurlarini aniqlashtiriladi. Shundan so’ng turli shakllarning yuzalarini taqqoslashni taklif etadi. Buning uchun ushbu shakldagi kataklar sonini sanab chiqish lozimligini bolalarning o'zlari anglab etadilar_ Shakl yuzasi qancha katta bo'lsa, kataklar soni ham ko'p bo'ladi. Buning oqibatida yana bir o'lcham - uchburchakni ham tanlash imkoni tug'iladi. Yuzalarni taqqoslashda bir xii o'lchamdan foydalanish zarurligiga bolalar diqqatini qaratish lozim. Buning uchun turli kvadratlarga taqsimlangan namoyish shakllardan foydalanish mumkin. Bolalar kesma uzunligi bilan tanishish davrida bajargan mashqlardan foydalanish mumkin. «Uch o'quvchi bir maydon yuzasini o'lchadilar, ulardan birinchisining javobi 8, ikkinchisi 4, uehunchisi 2 edi. Nega bunday bo'ldi? Bolalarning qay biri yuzani to'g'ri o'lchadi? (shakl daftarga chiziladi) o'quvchilar o'lchov vaqtida uchchala bola o'z o'lchamidan foydalarganligi tufayli uch xii javob olinganini tushunib yetadilar. O'qituvchi uchchala o'lchamlarni turli ranglarga bo'yaydi. Bu kabi mashqlar o'quvchilarni o'lchov uchun yagona birlik - 1 kv. sm (har tomoni bir sm. o'lchov birligi) ni umumiy o'lchov birligi sifatida qabul qilish fikriga olib keladi. Har bir o'quvchida bir kv.sm o'lchov modeli bo'lishi kerak. Maydon yuzini o'ichash jarayonini o'quvchilar tomonidan yaxshi o'zlashtirishlari uchun bolalarga turli xil geometrik shakllar berilib, ularni 1 kv. sm model bilan o'lchash tavsiya etiladi. Bu topshiriq shu tomoni bilan ma'lumki, shakllar yuzasini o'lchash davomida ular shakl maydoni qancha kvadrat santimetrdan iborat ekanini bilishga harakat qiladilar. O'quvchilar 1 kv. sm o'lcham modelni figura yuzasiga joylashtirib, hisoblab chiqishlari qiyin. Kvadrat to'r kataklar chizilgan yupqa qog'ozdan foydalanish esa ancha qulay ekanini tushunib yetadilar. Shu bilan bolaiar paletkadan foydalanishni o'rganib, uning yordamida turli shakllar yuzasini topish bo'yicha mashqlar bajaradilar. To'g'ri burchakli to'rtburchaklar yuzasini aniqlashda amaliy usullardan foydalanish lozim. Bu usul to'g'ri to'rtburchakda nechta 1 kv.sm modul o'lchami borligini ko'rsatadi. Buni yana ham qulayroq yo'l bilan, ya'ni to'rtburchak enini bo'yiga ko'paytirish bilan ham topish mumkin.
l-topshiriq. Yuza o'lchov birliklaridan kvadrat detsimetrni kiritishda quyidagicha yo'l tutish mumkin. O'qituvchi doskaga to'g'ri to'rtburchak chizib bolalarga ikki model: kvadrat santimetr va kvadrat detsimetrdan foydalanib, ushbu yuzani o'lchashni topshiradi. Bunday holatda bolalar santimetr modelidan foydalanish noqulay ekanligini sezadilar. Kvadrat detsimetr modelidan foydalanish amalda qulayligini sezadilar. Har bir bolada kvadrat santimetrlarga bo'linadigan kvadrat detsimetrlar modeli bo'lishi va bu model o'rtasidagi munosabat 1 kv. dm = 100 kv. sm ekanini tushunib yetadilar. Kvadrat metr modeli bilan tanishtirish jarayonida kvadrat detsimetrlarga bo'lingan kvadrat metr model bo'lishi kerak. Turli mashqlarni bajarish davomida yuza o'lchov birliklari o'rtasidagi munosabat xotiraga o'rnashib qoladi.
2-topshiriq. Matematika darsligidan maydon yuzasini o'lchov birligini o'zaro munosabatiga oid mashqlar toping. Bu mashqlarni bajarish vaqtida o'quvchilarning fikrlashuviga imkon bering.




Yüklə 197,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin