3.2. Global jarayonlarning milliy iqtisodiyot rivojlanishiga ta’siri
Jahon xо‘jaligi zamonaviy globallashuvining asosiy xususiyatlaridan biri kapital, tovar va xizmatlar, ishchi kuchining erkin harakatida inson intelektual qobiliyatidan unumli foydalanish imkoniyatlarining ortishida namoyon bо‘ladi. Ushbu omil ta’sirida rivojlanayotgan mamlakatlarning globallashuv afzalliklaridan foydalanish, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot sur’atlarini oshirish imkoniyatlari paydo bо‘lib, shu bilan birga iqtisodiy siyosat yuritganda, uning e’tiborga olinmasligi salbiy oqibatlarga olib keluvchi natijalarni keltirib chiqarishi mumkin.
Xalqaro kapital migratsiyasi. Sо‘nggi yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalar taraqqiyoti natijasida bevosita investitsiyalar, portfel investitsiyalar va bank ssudalaridan iborat kapitallar xalqaro harakatining kuchayishi globallashuvning diqqatga sazovor xususiyatlaridan biri bо‘lib hisoblanadi. Moliyaviy resurslar xalqaro oqimining о‘sish sur’atlari xalqaro savdo hajmining о‘sish sur’atlarini sezilarli darajada ortda qoldirmoqda. Ayniqsa, bevosita xorijiy investitsiyalar oqimining jadallashib borayotgani diqqatga sazovordir.
Xalqaro kapital harakati uning barcha ishtirokchilariga daromad keltiradi. Xorijiy investorlar xalqaro miqyosdagi bozorlarga kirish orqali tavakkalchilikning diversifikatsiyasiga erishib, jahon miqyosida daromad olish imkoniyatini qо‘lga kiritadilar. Odatda investitsiya qabul qiluvchi davlatlarda foiz stavkalari darajalari yuqori bо‘lib, bu investorlarning о‘z kapitallarini yuqoriroq foyda miqdorini ta’minlovchi hududlarga yо‘naltirishiga turtki bо‘ladi.
Malumki, о‘tish davri iqtisodiyoti mamlakatlarida milliy xо‘jalik tizimini takomillashtirish, shuningdek ishlab chiqarish va eksportning diversifikatsiyalashuviga erishish maqsadida mavjud tarmoqlarni rivojlantirish va yangilarini yaratishga ehtiyoj baland. Bir vaqtning о‘zida, mazkur guruhga kiruvchi aksariyat mamlakatlar ushbu maqsadlarga erishishda ichki moliyaviy resurslarning cheklanganligi bilan bog‘liq о‘xshash muammolarga duch kelmoqdalar. Bunday sharoitda jahon kapital bozoriga chuqur integratsiyalashuv ushbu mamlakatlar uchun iqtisodiyotni isloh qilish va о‘sish sur’atlarini jadallashtirish, moliyaviy tizimni barqarorlashtirish hamda milliy valyuta va bank tizimini mustahkamlash kabi masalalarni hal qilishda investitsiyalarni keng jalb qilish orqali jahon moliya bozorlari afzalliklaridan samarali foydalanish imkoniyatini beradi.
Investitsiya jalb qilish natijasida iqtisodiy о‘sish sur’atlarini oshirish kapitalning qaysi shaklda kirib kelishiga kо‘p jihatdan bog‘liqdir. Masalaga shu nuqtai nazardan yondoshilganda, odatda bevosita xorijiy investitsiyalarning yuqori darajadagi afzalliklarga ega ekanligi e’tirof etiladi. Bevosita xorijiy investitsiyalar kо‘rinishidagi xalqaro kapital harakatida ishtirok etish ustuvorligini belgilovchi omillardan biri - bu transmilliy kompaniyalarning intellektual mulki bо‘lmish ilg‘or texnologiyalarning jahon bozorida tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri sotilmasligi bо‘lib, о‘tish iqtisodiyoti mamlakatlari bunday imkoniyatga faqatgina bevosita xorijiy investitsiyalarni jalb etish orqaligina ega bо‘lishlari mumkin. Bu jihatdan bevosita xorijiy investitsiyalarning о‘tish iqtisodiyoti mamlakatlari uchun afzal xususiyatlari:
Ø hamkor transmilliy kompaniyalarning mavqei,
Ø ularning xom ashyo yetkazib beruvchilar bilan aloqasi,
Ø tayyor mahsulot sotuv kanallari,
Ø jahon bozori doirasida marketing tadqiqotlari,
Ø boshqaruv malakasi va ishlab chiqarish sirlari,
Ø kadrlar tayyorlash dasturlaridan iborat.
Bu va boshqa omillardan oqilona foydalanish milliy iqtisodiyot samaradorligi va raqobatbardoshligi darajasining oshishiga olib kelmoqda. Mamlakatda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning tashkil etilishi erkin raqobat muhitini yaratish orqali:
Dostları ilə paylaş: |