1-mavzu: Harakat faoliyatini shakllashtirishning qonuniyatlari Reja: O’rgatish jismoniy tarbiya jarayonining bir tomoni ekanligi


Tug’ma avtomatizimlarning ta’siri



Yüklə 3,18 Mb.
səhifə4/71
tarix25.12.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#194093
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
2-kurs JMNM new majmua 2023

Tug’ma avtomatizimlarning ta’siri
Murakkab harakat aktlarini egallashda tug’ma avtomatizmlar ancha muhim axamiyatga egadir. Bazi xollarda ular yordam bersa bazi vaqtda xalaqit beradi. Masalan, kardinatsion qadamlari tug’ma chalishtirib yurish, yugurish va boshqa bir qator harakatlarning tabiy asosini tashkil etadi.
O’rgatish ketma – ketligi o’rgatilayotib, shu kabi tug’ma kardinatsion harakatlar tomonidan yaratiladigan ijobiy imkoniyatlardan foydalanishga intilish kerakligi o’z – o’zidan malumdir. Masalan suvda suzishni o’rgatishni brass, krol usulidan; chang’ida yurishni birdan ikki oyoqni qo’zg’atishdan emas, birin ketin qadam tashlab yurishdan boshlash maqsadga muvofiqdir shu bilan bir qatorda, ko’p xollarda innervatsiya va bo’yinni mustaxkamlash reflekslari bilan bog’liq bo’lgan tug’ma avtomatizmlarni talab qilinadi.
Harakat malakalarining tashkil topish qonuniyatlari.
Harakat malakasi– bu faoliyatining shunday bajarish, qobiliyatiki, unda diqqat faoliyatning natijasi va sharoitiga yo’naltirib, uning tarkibiga kiradigan ayrim harakatlarga nisbiy e’tibor bilan bajara olishdir.
Malakaning xarakterli belgilari:
1. Harakat faoliyati tarkibiga kiruvchi alohida harakatlarning bajarilishiga unchalar e’tibor bermay bajarish. Bunga harakatni bajarish jarayoni avtomatlashuvining boshlanish hisobiga erishiladi.
2. Harakatni avtomatlashgan darajada bajarish o’qitish – natijasi yoki hayotiy tajriba amaliyoti natijasidir.
3. Harakat faoliyatining avtomatlashgan holda bajarilishida ongning etakchi rolini inkor etib bo’lmaydi. Harakat malakasi shakllanishida faoliyat mazmuni avtomatlashmay ayrim harakatlarning ijrosi jarayoni, ayrim elementlar tuzilish (masalan: nerv-muskul jarayonlarini koordinatsiya qilish munosabatlari, harakat va vegetativ komponentlarning o’zaro aloqasi) avtomatlashadi.
4. O’quvchining ongi asosan o’zak komponentlarga, sharoitning o’zgarishi hisobiga va harakat vazifasining ijodiy hal qilinishiga yo’naltiriladi.
Zaruriyatga qarab o’quvchi, o’rganuvchi har bir harakatning bajarilishini nazorat qilishi mumkin, shuningdek, ijroga lozim bo’lgan o’zgartishlar kiritishi yoki boshqa faoliyatni bajarishga o’tib ketishi mumkin (masalan: qo’lda yoki boshni erga qo’yib turishda muvozanatni yo’qotsa, o’quvchi «grupperovka» (yig’ishtirinish) qilib oldinga «perekat» qilishi mumkin).
5.Harakat malakasi yuqori turg’unlikka ega. Bu shuni ko’rsatadiki, boshqa sharoitda harakat faoliyati bajarilishining buzulishiga oz imkoniyat bo’ladi (masalan: boshqa sport zal, boshqa jihozlar va hokazolar), o’quvchilarga odatlanmagan kuzatuvlarning ta‘siri (tomashabinlar).

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin