1-mavzu: Harakat faoliyatini shakllashtirishning qonuniyatlari Reja: O’rgatish jismoniy tarbiya jarayonining bir tomoni ekanligi



Yüklə 3,18 Mb.
səhifə68/71
tarix25.12.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#194093
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71
2-kurs JMNM new majmua 2023

Jismoniy qobiliyatlar rivojlanishining asosiy qonuniyatlari
Barcha jismoniy qobiliyatlarning yo’naltirib rivojlantirilishiga xos qator qonuniyatlar mavjud.
Ular tarkibiga quyidagilar kiradi:
Harakat – jismoniy qobiliyatlar rivojlanishining yetakchi omili.
Qobiliyatlarning shakllanishida ham tug’ma, ham atrof muhit omillari katta ahamiyatga ega. Biroq teng sharoitlarda jismoniy qobiliyatlarning rivojlanishida insonning ruhiy-fiziologik tabiatini takomillashtirishga qaratilgan harakat faolligi hal qiluvchi rol o’ynaydi. Shuning uchun ham jismoniy mashqlar bilan shug’ullangan kishilarda turli a‘zolar va tizim-larning morfologik hamda funksional ko’rsatkichlari, harakat tayyorgarligi umuman yuqori bo’ladi. Organizmning funksional va morfologik takomillashuvi uchun zarur omil sifatida faoliyat, mashqning ahamiyatini birinchi bor Jan Lamark ko’rsatib bergan edi. O’zining ―Birinchi qonuni bo’lmish ―mashq qonunini tuzar ekan, u yozgan edi:
―Biron-bir a‘zodan tez – tez va susaytirmay foy-dalanish asta-sekin shu a‘zoni mustahkamlaydi, rivojlantiradi, yiriklashtiradi va unga qancha muddat foydalanilsa, shuncha uzoqqa etadigan kuch ato etadi, a‘zodan muntazam foydalanmaslik esa uni sezdirmay zaiflashtirib qo’yadi, tanazzulga olib keladi, izchil ravishda qobiliyatlarni toraytirib, oxir-oqibat uning yo’qolib ketishiga sabab bo’ladi. Shu tariqa
Jan Lamark tirik tabiatning umumiy qonunlaridan birini ifodalab berdi. Bu qonunning yana ham chuqurroq o’rganilishiga keyinchalik P.A. Lesgaft, A.A. Uxtom-skiy, I.P.Pavlov, G.F.Folbort, N.N. YAkovlev va boshqalar katta hissa qo’shdilar.
Qobiliyatlar rivojining harakat faoliyati rejimiga bog’liqligi.
Jismoniy qobiliyatlar ularning namoyon bo’lishinigina emas, ularni bajarishning muayyan rejimini ham talab qila-digan faoliyat jarayonida rivojlanadi. Rejim deganda, bir mashg’u-lot yoki mashg’ulotlar tizimi doirasida qandaydir jismoniy mashq-larning bajarilishi va ular orasidagi dam olish tushuniladi. Kerakli tartibni o’rnatishda, eng avvalo, insonning ish qobiliyatidagi bosqichlar tebranishi muhim ahamiyatga ega. Jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida organizmning quvvat va funksional zahiralari sarfi bilan bog’liq holda ishchanlik qobiliyati darajasi pasayadi.
Dam olish chog’ida (mashq tugatilgach) ishchanlik qobiliyatining tiklanishi yuz beradi. Inson organizmi bu vaqtda bir necha holatlarni: ishchanlik qobiliyati susaygan bosqichni; ishchanlik qobiliyati to’la tiklangan bosqichni va, nihoyat, o’ta tiklangan, ya‘ni ishchan-lik qobiliyati kuchaygan bosqichni bosib o’tadi. Sanab o’tilgan bosqichlarning har biri boshqa sharoitlardan tashqari, bajarilgan ishning xususiyatlari, shiddati va davomiyligiga bog’liq bo’lgan muayyan uzunlikka ega bo’ladi.
Har bir keyingi mashq dam olishning qaysi bosqichida takrorlanishiga qarab, harakat faolligining uch asosiy rejimini ajratib ko’rsatish mumkinki, ular jismoniy sifatlarning rivojlanishiga har xil ta‘sir ko’rsatadi:
rejim: bunda darsdagi har bir keyingi mashq qisqa muddatli dam olish oraliqlari bilan, ya‘ni ishchanlik qobiliyati to’la tiklanmagan bosqichda takrorlanadi. Ishchanlik qobiliyati-ning barcha ko’rsatkichlari muntazam pasayib boradi. Ish va dam olishning bunday navbatlashish rejimi chidamlilikning rivojlanishiga mosdir.
rejim: har bir keyingi mashq organizmning bir qancha funksional ko’rsatkichlarini faoliyat ko’rsatishdan avvalgi darajaga qaytaradigan dam olish oraliqlari bilan, ya‘ni ishchanlik qobiliyati to’la tiklangan bosqichda takrorlanadi. Bunday rejim tezkorlik, kuch va muvofiqlash imkoniyatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan darslarga xos bo’ladi.
rejim: bunda har bir keyingi mashq ishchanlik qobiliyati ortig’i bilan tiklangan bosqichga mos keluvchi ancha uzoq muddatli dam olish oraliqlari bilan takrorlanadi. Bunday rejimda mashq takrorlangani sayin insonning harakat imkoniyatlarida xar tomonlama o’zgarishlar kuzatiladi – mushak kuchi va tezkorlik oshib, chidamlilik pasayadi.
Jismoniy qobiliyatlar rivojlanishining bosqichliligi. Jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirish dinamikasida – bir xil yuklamalarni uzoq muddat davomida, ko’p marotaba bajarishda – uchta nisbatan mustaqil bosqichni shartli ravishda ayirib ko’rsatish mumkin:
Birinchi–qobiliyatlarning rivojlanish darajasini oshirish;
Ikkinchi–qobiliyatlarni rivojlantirishda maksimal ko’rsatkichlarga erishish; Uchinchi–jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirish ko’rsatkichlarining pasayishi;
Birinchi bosqichda yuklama qo’llash natijasida organizmda har tomonlama moslashtiruvchi o’zgarishlar yuz beradi, ular harakat faoliyati xususiyatlari bilan bog’liq jismoniy qobiliyatlarning o’sishiga va funksional imkoniyatlarning asta-sekin kengayishiga sabab bo’ladi.
Ikkinchi bosqichda moslashtiruvchi o’zgarishlar o’sib borgani sayin standart yuklama organizmda tobora kamroq funksional siljishlarga sabab bo’ladi. Bu moslashtiruvchi jarayonlarning turg’un adaptatsiya bosqichiga o’tganligidan darak beruvchi bir belgidir. Tegishli qobiliyatlarning namoyon bo’lishi asosida yotuvchi tana a‘zolari va tizimlarining imkoniyatlari jiddiy tarzda kengayib boradi. Ularning faoliyatida tejamlilik va o’zaro muvofiqlashuv kuchayadi. Bularning barchasi qobiliyatlarning maksimal darajada namoyon bo’lishi uchun sharoit yaratadi.
Uchinchi bosqichda mazkur yuklama organizmdagi funksional imkoniyatlarning kengayishi tufayli moslashtiruvchi siljishlarni yuzaga keltirmay qo’yadi, ya‘ni uning rivojlantiruvchi ta‘siri yo pasayadi, yoki umuman yo’qoladi. Qobiliyatlar rivoji yana davom etishi uchun qo’llaniladigan yuklamalarning xususiyatlari va mazmunini o’zgartirish(boshqa mashqlar tanlash, ish shiddatini oshirish, uning davomiyligi yoki mashqlarni bajarish sharoitlarini o’zgartirish), shu tariqa jismoniy qobiliyatlar uchun yangi, yuqoriroq talablar qo’yish zarur. Boshqacha aytganda, qobiliyatlar rivojini go’yoki birinchi bosqichga o’tkazish kerak.
Qobiliyatlar rivojining notekis va geteroxronligi (turli vaqtga mansubligi).
Rivojlanishning notekisligi bir bosqichdagi jismoniy qobiliyat ko’rsatkichlarining o’sish darajasi boshqalardagiga qaraganda ancha jiddiy bo’lishi mumkinligini bildiradi. Bu uncha katta bo’lmagan vaqt kesmalari (masalan, bir necha hafta, oylik darslar) uchun ham, umuman rivojlantirish jara-yoni uchun ham (aytaylik, bir necha yillik mashg’ulotlar uchun) to’g’ri bo’la oladi. Odatda, jismoniy qobiliyatlarning eng ko’p o’sishi jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishning boshlang’ich davrida kuzatiladi. Biron – bir qobiliyatning rivojlanish darajasi ko’tarila borar ekan, uning o’sish sur‘ati pasayadi. Jismoniy qobiliyatlar rivoji ularning o’sish sur‘ati pasayishi bilan bog’liq ekan, zarur siljishlarga erishish uchun rivojlanishning har bir keyingi bosqichida tobora ko’p vaqt kerak bo’laveradi.
Jismoniy qobiliyatlarning rivojlanish ko’rsatkichlari o’zgarishlarida (o’sishida) geteroxronlik (turli vaqtga mansublik) hodisasi kuzatiladi. U alohida jismoniy qobiliyatlarning shiddatli o’sa boshlashiga mos keladigan lahzalarning vaqt nuqtai naza-ridan o’zaro muvofiq kelmasligida namoyon bo’ladi. Maxsus tadqi-qotlar va amaliy tajriba shuni ko’rsatadiki, inson hayotining muayyan yosh davrida qobiliyatlar rivojiga ta‘sir ko’rsatadigan qulay imkoniyatlar mavjud bo’ladi, chunki ulardan ayrimlarining o’sish sur‘atlari boshqa yosh davrlaridagiga nisbatan ancha yuqori bo’ladi. Bu davrlarni odatda sensitiv (hissiy) yoki kritik deb ataydilar, chunki ular organizmning rivojlanishida alohida ahamiyatga ega.
Ayrim qobiliyatlarning rivojlanishida jismoniy tarbiyaning eng kuchli ta‘siri ularning jadal sur‘atda tabiiy rivojlanishi davriga mos kelishi aniqlangan. Boshqa yosh davrlarida mazkur qobiliyatga pedagogik ta‘sir ko’rsatishning samaradorligi neytral yoki hatto salbiy bo’lishi ham mumkin. Shuning uchun muayyan jismoniy qobiliyatlarni takomillashtirishda eng qulay yosh davrlarini o’tkazib yubormaslik juda muhim, chunki keyinroq buni amalga oshirish ancha qiyin kechadi.
Bolalarda alohida jismoniy qobiliyatlarning jadal rivojlanish davrlari rasmda ko’rsatilgan. Ko’rinib turibdiki, ularning har biri o’z sensitiv davriga ega. Bu davrlarning vaqt chegaralari o’g’il va qiz bolalarda bir xil emas. Odatda, ko’pgina qobiliyatlarning jadal rivojlana boshlashi vaqti nuqtai nazaridan qizlar o’smir bolalardan 1-2 yilga oldinda boradilar.
Ta‘kidlash zarurki, turli mualliflarning ilmiy-usuliy adabiyotlarida u yoki bu qobiliyat rivojlanishining har xil sentitiv davrlari ko’rsatilganligiga duch kelish mumkin. Bunday tafovutlarning bir necha sababi bo’ladi:
Biron-bir qobiliyatni o’lchash uchun bir xil bo’lmagan testlardan foydalanish.
Jismoniy qobiliyatlar ko’rsatkichlarining o’sish sur‘atlarini aniqlash uchun turli yondashuv va formulalarni qo’llash.
Tekshirish uchun tanlab olingan sinaluvchilarning bir turli emasligi (tekshirilayotgan kishilar sonining turlichaligi, ularning jismoniy rivojlanishi, tayyorgarlik darajasi, umumiy faoliyat rejimi va boshqalarning bir xil emasligi).

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin