1-Mavzu: Harf elementlarini bilan tanishtirish



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə1/4
tarix24.05.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#121176
  1   2   3   4
9-Mavzu Ona tili o`qitish metodikasi

Jizzax davlat pedagogika universiteti

717-guruh talabasi Obloqulova Osiyoning

Ona tili o‘qitish metodikasi fanidan bajargan

Amaliy topshirig‘i


Mavzu: Ona tilidan o‘quvchilarga bilim, ular hosil qilgan ko‘nikma va malakalarni tekshirishga oid darslarni kuzatish
Bilimlarni o’zlashtirishda didaktik talablardan biri bilimlarni o’quvchilar qanday o’zlashtirganini muntazam tekshirib va baholab borish hisoblanadi.
Tekshirish o’quvchilarning bilim sifatlarini, shakllantirilgan malakalardan qanchalik foydalanishini aniqlashni ta’minlaydi. Bu, o’z navbatida, o’quvchilarning yangi materialni o’rganishga tayyorligini aniqlash, shuningdek, qo’llanilgan metod va usullarning samaradorligini baholashga, ish metodlariga ayrim o’zgartirishlar kiritishga imkon beradi. Tekshirish o’quvchilar uchun, birinchidan, to’g’ri shakllantirilgan bilimlarni mustahkamlashga xizmat qiladi, ikkinchidan, ish sifatini yaxshilaydi, o’z-o’zini tekshirishni o’stiradi.
Maktab tajribasida tekshirish og’zaki va yozma shaklda amalga oshiriladi; bilimlarni kundalik mavzuga oid va yakuniy tekshirish tatbiq etiladi.
Boshlang’ich sinflarda ona tilidan bilim, ko’nikma, malakalar og’zaki va yozma shaklda tekshirilsa-da, bir umumiy baho qo’yiladi. Bunda o’quvchilarning grammatik aniqlik, imlo qoidalarini bilishlari, so’zni va gapni tahlil qila olishlari, bilimni yozma nutqqa (diktant, bayon, inshoga) tatbiq eta olishlari hisobga olinadi. O’quvchilar yozma ishlarni qanday bajarganliklari muntazam tek­shirib boriladi. O’qituvchi 1-sinfda o’quvchilarning barcha yozma ishlari (uy va sinf ishlari)ni tekshiradi. Boshqa sinflarda yangi mavzu o’rganilgan davrdagi yozma ishlarni tekshiradi, boshqa vaqtda tanlab tek
Ona tilidan yozma tekshirish uchun asosan diktant, bayon, insho, shuningdek, grammatik, so’z yasashga oid, leksik va imloga oid topshiriqlarni bajarish, tekshiruv ko’chirib yozishdan foydalaniladi. Yakunlovchi tekshirish uchun har bir chorakda bir marta tekshiruv ishi o’tkaziladi. Bulardan tashqari, o’quv yili davomida bir necha martadan diktant, gram­matik topshiriqli yozma ishlar, test, bayon va insho o’tkaziladi. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin