1-mavzu. Hasharotlar ekologiyasi fani rivojlanish tarixi



Yüklə 133,58 Kb.
səhifə5/10
tarix14.12.2023
ölçüsü133,58 Kb.
#180261
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-mavzu. Hasharotlar ekologiyasi fani rivojlanish tarixi

Biotik faktorlar.
Hasharotlar hayotida ularning turli xil tirik organizmlar bilan munosabati muhim ro’l o’ynaydi. Tabiatloqning tirik kuchlari muhitning biotik faktorlari sifatida Hasharot organizmiga tasir ko’rsatadi. HashArotlar biotik muhit faktorining munosabat asoslarini oziqa yoki tropik munosabat bilan bog’lilik tashkil etadi. Oziqaga bo’lgan talab fizologik zaruriyat bo’lib turli xil oziqa manbalaridan foydalanish turli xil moslanishlarni xosil qiladi.
Oziqa hasharotlarni yashashi uchun muhim ekologik faktorlardan biri hisoblanadi. Hasharotlarning oziqa manbai xar xil. Faqat o’simliklar bilan oziqlanadigan Hasharotlar fitofaglar deyiladi. Maslan, uzun mo’ylovli qo’ng’izlar, bargxo’rlar uzunburunlilar, chigirtkasimonlar va boshqalar. Faqat hayvonlart bilan oziqlanadigan Hasharotlar zoofaglar deyiladi.bular o’znavbatida yirqichlar va parazitlarga bo’linadi. Yirtqichlarga xonqizi , ninachi, beshiktevratarlar, kiradi. Parazitlarga esa yaydoqchilar, ko’p ikki qanotlilar tivitxo’lar b itlar va boshqalar kiradi. Chirigan o’simlik qoldiklari bilan oziqlanadigan Hasharotlar saprofaglar deyiladi. Bularga ko’pchilik oyoqdumliolar, ikkiqanotlilarning lichinkalari va bazibir qo’ngizlar kiradi. O’limtiklar b ilan oziqlanadigan Hasharotlarga nekrofaglar deyiladi. Bulrga tipik o’likxo’r qo’ngizlar, bazi pashshalarning lichinkalari kiradi. Go’ng bilan oziqlanadigan Hasharotlar kaprofaglar deyiladi. Bularga go’ng qo’ng’izi, stafinidlar, bazibir pashshalar lichinkalari misol bo’ladi. Bularning hammasi , yani fito, zoo, sapro, nekrova kaprofaglar birlamchi tartibda moslashishidir. Ikkilamchi tasrtibda oziqaga moslashish xar bir kategoriya chegarasiga oziqaga talabchanlik darajasi bilan xarakterlanadi. Bir xildagi oziq yeydiganlar (bir turga kiradigan o’simlik yoki hayvon maxsuloti) –monofaglar va xar xil oziq yeydiganlar polifag deyiladi. Po’lifaglik ko’pincha cheklangan bo’ladi. Biroq xilma xil organik moddalarni (o’simlik va hayvon qoldiklarini ), xatto o’z eksprementlarni yeydigan Hasharotlar xammaxo’r yoki pantofag,oziqani ozikani juda tanlab yeydigan ,masalan bitta batanik oilaga kiruvchi o’simliklarni yeydigan Hasharotlar oligafaglar deyiladi. Monofaglar tok fillokserasi ,no’xat qo’ng’zi va boshqalar kiradi oliga faglarga qand lavlagi uzunburun qo’ng’izi , beda filchasi , kartoshka kolorodo qo’ng’izi va boshqalar kiradi.
Hasharotlarni ozuqaga moslashish qununiyati faqat nazariy ahamiyatga ega bo’lmasdan , katta amaliy ahamiyatga ega .buning asosida yangi etiladigan qishloq xo’jalik o’simlik zararkurandalarining tarkibini oldindan ehtimol qilish va shu bilan birga qonuniyat zararkunandalariga qarshi kurash tadbirlarining nazariy negizini to’g’ri dala almashinishi joriy etishda muhim ro’l o’ynydi.
Hayvonlarning oziqlanishi ozmi ko’pmi oziqa bo’g’lami bilan bo’g’langan. Ayniqsa monofag va oligafaglarda bu bo’g’lam mustahkam .Lekin bu bo’g’lamlar bazida komponentlar : ovqatni istemol qiluvchi va taminlovchi bilan chegaralanmaydi.ko’pincha stemol qiluvchilar o’z navbatida boshqa organizmlar uchun ovqaat taminlov chi bo’lishi mumkin . shuning bilan bir nechta tur individ organizmlarning bir-biriga qo’shiluvchi ovqatlanish zanjiri vujudga keladi.
Ovqatlanish zanjiri o’simlik yoki o’lik organik moddalardan va yirtqichlar bilan hayvonlar va parazitlar bilan tugallanadi. Masalan, bug’doyda g’alla biti oziqlanadi, bular bilan honqiz qo’ng’izlari va ularning lichinakalari oziqlanadi , o’zlari esa qushlarga yem bo’ladi. Natijada ovqatlanish zanjiri va ovqatlanish turli xil organizmlarni bir biri bilan bog’lab ular o’rtasida murakkab va mahkam o’zaro munosabatini hosil qiladi.
Ko’pchilik o’simlikxo’r hasharotlar madaniy o’simlik bilan oziqlanganda o’simlkga turlicha tasir yetkazadi . Bu zararlar turli xil usulda bo’ladi. Jumladan , o’simlik bilan oziqlanish , to’qimalarda tuxum qo’yish va turli xil o’simlik baktirial , virusli, zamburug’ kasalliklarni tarqatish va yuqtirish orqali zarar yetkazadi.

Yüklə 133,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin