Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa – ish vaqtida yuz beradigan hodisa.
Kasb kasalligi – kishi organizmiga ish sharoitlarining zararli ta’siri natijasida kelib chiqqan (surunkali changli bronxitlar, titrash kasalligi, har xil kimyoviy preparatlar bilan zaharlanish) kasalliklardir.
Ruxsat etilgan kontsentratsiya (daraja, miqdor) (REK, RED, REM) – 8 soatli yoki boshqa ish kuni, shuningdek haftasiga 40 soatdan ortiq bo‘lmagan, ishlashi davomida kasallik yoxud sog’ligida o‘zgarishlar keltirib chiqarmaydigan kontsentratsiya (daraja, miqdor).
Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qabul qilingan asosiy qonunlar,standartlar,nizomlar,qoidalar va me’yoriy hujjatlar tizimi. Mehnat muhofazasi bo‘yicha qonunlarning bajarilishini nazorat qilib turish quyidagi davlat tashkilotlariga yuklatilgan:
1.O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi.
2. “Sanoatkontexnazorat” agentligi.
3.O‘zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining sanitariya epidemiologiya nazorati.
4.Respublika Ichki ishlar vazirligining yong’indan muhofaza qilish Bosh boshqarmasi.5.O‘zbekiston Respublikasi energetika va elektrlashtirish Davlat aktsionerlik jamiyati.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi korxonalarda xavfsiz ishlash, texnika xavfsizligi bo‘yicha me’yyor qoidalariga, sanoat sanitariyasi va mehnat gigienasiga hamda mehnat qonunchiligiga rioya qilish masalalarini nazorat qiladi. Har bir tarmoq o‘z texnik inspektoriga ega.
“Sanoatkontexnazorat” agentligi bug’ qozonlarining to‘g’ri ishlashini, bosim ostida ishlaydigan idishlarni,yuk ko‘tarish mashinalari (ko‘tarma kranlar, liftlar), ekskovatorlar, gaz uskunalari magistral quvurlari ishini va portlovchi moddalarni ishlatish,saqlash va tashish ishlarini nazorat qiladi.
Respublika sanitariya-epidemiologiya nazorati havo,suv va tuproqni ifloslanishdan ogohlantirish,shovqin va titrashni yo‘qotish,tsexlarning sanitariya holatlarini yaxshilash (harorat, nisbiy namlik,yoritilganlik va h.k.) ishlarini nazorat qiladiDavlat yong’in nazorati yong’inga qarshi tadbirlarni, ut o‘chirish vositalarining holatini, yong’in haqida xabar berish vositalarining ishini nazorat qiladi.O‘zbekiston Respublikasi energetika va elektrlashtirish Davlat aktsionerlik jamiyati korxonalardagi energiya tizimlarining texnik ekspluatatsiyasini va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishni nazorat qiladi.Barcha ishlab chiqarish korxonalarida uch pog’onali nazorat amalga oshiriladi. I pog’ona – har kuni usta jamoatchi-nazoratchi birgalikda tsexdagi ish joylarini aylanib chiqib, uchragan kamchiliklarni tuzatish choralarini ko‘radilar.II pog’ona – har hafta tsex boshlig’i katta jamoatchinazoratchi bilan birgalikda tsexdagi ish joylarini aylanib chiqib, uchragan kamchiliklarni tuzatish choralarini ko‘radi.III pog’ona – oyda bir marta korxona bosh muhandisi mehnat muhofazasi muhandisi bilan birgalikda ish joylarini aylanib chiqadilar. Bu nazorat bo‘yicha korxonada qaror chiqariladi.Barcha korxona, tashkilot, muassasa, vazirliklar va tarmoqlarda mehnat muhofazasi qonunlari bajarilishining oliy nazorati. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga yuklatilgan. Tayanch so‘zlar:mehnat muhofazasi, moliyalashtirish, tabiiy resurslar, yo‘riqnoma. Nazorat savollari. 1. Mehnat muhofazasi nima?
2. Atrof muhit muhofazasi nima?
3.O`n sakkiz(18) yoshga to‘lmaganlarni ishga qabul qilishda uni tibbiy ko‘rikdan o‘tishi muhimmi?
4.Tibbiy ko‘rikdan ishchilarni o‘tkazish tartibi qanday?
5. Mehnat muhofazasi bo‘yicha muhandisni vazifasi nimalardan iborat?
6.Agar korxonada mehnat muhofazasi bo‘yicha muhandis bo‘lmasa uning funktsiyasi kim tomonidan bajariladi?
7. Atrof muhitni ifloslantiruvchi manbalarni ayting?
8. Korxona rahbarini mehnat muhofazasi bo‘yicha javobgarligi nimalardan iborat?
9. Mehnat muhofazasi tadbirlarini moliyalashtirilishi haqida tushunchangiz?
10. Tabiiy resurslardan intensiv foydalanish nimalarga olib keladi?