1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish. Reja Hayot f
Muhofaza tadbirlari. Sel hosil bo‘lishida ishtirok etuvchi omillarning anchagina ko‘pligi uni o‘z vaqtida prognozlashni qiyinlashtirib yuboradi. SHunga qaramay, sel mavsumining boshlanish vaqtini oldindan aytib berish mumkin.
Deyarli barcha sel xavfi mavjud hududlar mutaxassislar va tub aholiga yaxshi ma’lum. Har bir hudud uchun sel yuzaga kelishi sabablarining o‘z statistikasi ham bor. Masalan, tog‘li hududlarda yuzaga keladigan sellarga jala va yomg‘ir (85%), qorlarning erishi (6%), tog‘ ko‘llaridan suvlarning toshib chiqishi (5%), tabiiy to‘g‘onlarning yorilishi (4%) sabab bo‘ladi.
Aholini muhofaza qilishni o‘z vaqtida tashkil etishda xabar berish va aloqa tizimi birinchi o‘rinda turadi. Ammo shuni ham nazarda tutish kerakki, bunday hollarda vaqt juda oz bo‘ladi va aholi xavf to‘g‘risida bir necha o‘n daqiqa (ayrim hollarda bir necha soat) oldingina ogohlantirilishi mumkin.
Selga qarshi kurashish choralaridan biri er yuzasini daraxt o‘tqazish yo‘li bilan mustahkamlash, tog‘ yonbag‘irlaridagi o‘simlik qoplami maydonlarini kengaytirishdir. Purma’no xalqimizning «Serdaraxt qishloqni sel olmas» degan maqoli bekorga aytilmagan.
Inson qadim zamonlardan buyon seldan muhofazalanish yo‘llarini axtarib kelgan. Shunday yo‘llardan biri uning yo‘lini to‘sishdan iborat. Shu maqsadlarda o‘ta xavfli joylarda maxsus devorlar – seltutqich, dambalar, boshqa muhofaza inshootlari quriladi. Toshkent yaqinidagi Oqtosh daraxtzorlari va Samarqand janubidagi Omonqo‘ton yaqinidagi ihotazorlar bunga misoldir. Tasavvur qiling-a, loy-toshli sel oqimi shovqin-suron bilan dara bo‘ylab kelmoqda. Biroq, uning yo‘lida seltutqich turibdi. Toshlar uyumi atrofga uchqun sachratib panjaraga uriladi va shu joyda to‘xtaydi. Suyuq loy ustunlar orasidan o‘tib tog‘ qoyalariga yoyiladi. Biroq endilikda u vayronagarchiliklarga qodir bo‘lmaydi.
Bundan tashqari sel xavfi mavjud joylardagi daryo o‘zanlari, suv omborlari, kanallar qirg‘oqlarini mustahkamlash zarur. Bunday inshootlar bo‘lmagan joylarda sel oqimi tuzoqlari, oqimni aholi manzilgohlariga zarari tegmaydigan joylarga yo‘naltiruvchi tarmoqlarni qurish lozim.
Kun haddan ortiq isib ketgan vaqtda qor erishi tezligini kamaytirish uchun tutunli pardalar hosil qilish mumkin. 15-20 daqiqadan so‘ng havoning er yuzasiga yaqin qismida harorat pasayadi va oqim yarmiga qadar kamayadi.