1-Mavzu: Hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari. Reja: Hayotiy faoliyat xavfsizligi fanining kirish qismi haqida



Yüklə 143,44 Kb.
səhifə5/10
tarix07.01.2024
ölçüsü143,44 Kb.
#202167
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-Maruza.bugalteriya.Hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari.

Tavakkalni klassifikatsiyalash. Tavakkalni baholashda uni foyda" bilan solishtirish, ya'ni odam hayotini saqlab qolish uchun pul birligi kirgizilishi taklif qilinadi. Ko'pchilik insonlar bunga norozilik bildirishdi, chunki odam hayotining bahosi yo'q, bunda pulvozlik qilish yaramaydi. Lekin odam hayotini saqlab qolish uchun qancha mablag' sarf qilish kerak deganda, bunday baho kerakdir. Xorijda o'tkazilgan tekshirishlarga ko'ra odam hayoti AQSH da 650 mingdan 7 mln dollargacha baholanar ekan.
Tavakkalni aniqlash qancha taxminiy bo'lishiga qaramay, uni aniqlashning quyidagi 4 yo'li mavjud:
1. Muxandislik yo'li. Bu yo'l statistikaga, takrorlanishlarni hisoblashga, xavfsizlikning tahminiy taxliliga (analiz), "xavflar daraxti" qurishga asoslanadi.
2. Modellash yo'li (andozalash). Bu yo'l odamga guruhga, kasbga ta'sirqiluvchi omillar modelini qurishga asoslangan va h.k. Bu yo'llar bilan hisoblashga ma'lumotlar topish ancha qiyin.
3. Ekspert (tekshirish) yo'li. Ma'lumotlarni ekspertlardan (mutaxassislardan) so'rab yig'ishga asoslangan.
4. Ijtimoiy yo'l. Bu yo'l odamlardan so'rab, surishtirib aniq xulosa chiqarishga asoslangan. Bu yo'llar tavakkalni har xil nuqtayi nazardan tasvirlaydi, shuning uchun hamma yo'llar birga qo'llaniladi.
"Tavakkal"ning yo'l qo'ysa bo'ladigan fikr yuritish usuli. Xavfsizlik texnikasi, mutloq xavfsizlikni yaratib berishga asoslangan. Ammo, bunday holatni yaratib berish haqiqatan mumkin emas. SHuning uchun yo'l qo'ysa bo'ladigan "Tavakkal"ning fikr yuritish usuli qabul qilinadi. "Tavakkal" o'z ichiga texnik, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy nuqtayi nazarlarni oladi va ayrim murosalarga borishga to'g'ri keladi.
Aniqki, texnik sistemaning xavfsizligini ko'tarish uchun iqtisodiy imkoniyatlar bepoyon emas. Agar xavfsizlikka qancha ko'p xarajat qilinsa, ijtimoiy sohalarga shuncha kam xarajat qilishga to'g'ri keladi.
Tavakkalning yo'l qo'ysa bo'ladigan mintaqasi shunday minimal chegaraki, unda ijtimoiy va texnik mablag'lar ma'lum mutanosiblikka ega. Tavakkalni tanlashda buni hisobga olish kerak va jamiyat shu bilan qanoatlanishga majbur.
Jahonning ayrim mamlakatlarida tavakkalning yo'l qo'ysa bo'ladigan qiymati qonuniy asosda belgilangan. O'lim hodisalarining maksimal yo'l qo'ysa bo'ladigan darajasi bir yilda 10-6 deb olingan. Odatda tavakkalning yo'l qo'ysa bo'ladigan darajasi 10-8 bo'lsa, bu juda kichik qiymat hisoblanadi.
Tavakkalning yo'l qo'ysa bo'ladigan moxiyati tushunchalari bizda hali qabul qilinmagan va to'la amalga oshirilmagan. Bundan tashqari, ayrim mutaxassislar bunga tanqidiy nazar bilan qaraydilar. Ularning fikricha, xavfsizlikni bunday baholash insonparvarlik nuqtayi nazaridan yiroq deb tushuniladi. Haqiqatan, hozirgi mavjud usullardan, tavakkalning yo'l qo'ysa bo'ladigan mohiyatli usuli 2-3 daraja jiddiyroqdir. Binobarin, bu tushunchani kiritish bevosita odamning himoyasiga yo'naltirilgandir.

Yüklə 143,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin