1-mavzu. Html dasturlash tili. Kirish. Html nima. Html teg, sarlavha, tana, html metasi. Boshlang’ich teglar. Rasm va linklar, qo’llanilish sohalari, afzalliklari, kamchiliklari, statistika ma’lumotlari


WEB DASTURLASHGA KIRISH. ASOSIY TUSHUNCHALAR. WWW RIVOJLANISH BOSQICHLARI



Yüklə 68,96 Kb.
səhifə2/6
tarix06.04.2023
ölçüsü68,96 Kb.
#94033
1   2   3   4   5   6
1-Maruza

. WEB DASTURLASHGA KIRISH. ASOSIY TUSHUNCHALAR. WWW RIVOJLANISH BOSQICHLARI



    1. Web-sahifa, Web-sayt, Web-server, HTML, XML, XHTM, WML belgilash tillari

Web-texnologiyani (Internet-texnologiya) o‘rganishni Web- dizaynning quyidagi uchta tushunchasini o‘rganishdan boshlaymiz: Web- sahifa, Web-sayt va Web-server.


Web-sahifa – o‘zining unikal manziliga ega bo‘lgan va maxsus ko‘rish dasturi yordamida (brauzer) ko‘riluvchi hujjatdir. Unga matn, grafika, ovoz, video yoki animatsiya ma‘lumotlar birlashmasi - multimediyali hujjatlar, boshqa hujjatlarga gipermurojaatlar kirishi mumkin.
Web-sayt – bir qancha web-sahifalarning mantiqiy birlashmasi.
Web-server – tarmoqqa ulangan kompyuter yoki undagi dastur hisoblanib, umumiy resurslarni mijozga taqdim etish yoki ularni boshqarish vazifalarini bajaradi. Web-serverlar ma‘lumotlar bazalari va multimediyali ma‘lumotlarni bir biriga moslashtiradi; Web-serverda Web- sahifa va Web-saytlar saqlanadi.



1.1-rasm. Web-texnologiya sinfsifikatsiyasi


Biz Internet tarmog‘idagi Web-sahifalarni ko‘rishimiz uchun WWW
(World Wide Web) deb ataluvchi Internet xizmatdan foydalanamiz.
World Wide Web (WWW, Butun dunyo o‘rgimchak to‘ri) – bu mijoz-server texnologiyasi asosida tashkil etilgan, keng tarqalgan Internet xizmatidir.
Web-texnologiyaning (Internet-texnologiya) Web-dizayn qismini
o‘rganishni belgilili til tasnifi bilan boshlaymiz.
Bu til yordamida matnlar, grafik ma‘lumotlar Web-sahifa hujjatga
joylashtiriladi va bu hujjatni barcha kompyuterda ko‘rish imkoniyati mavjuddir. Bunday maxsus tillar belgili tillar deb ataladi. Ularning asosiy vazifasi – Web-sahifaga ―ma‘lumotlarni joylashtirish‖ va ular orasidagi aloqani (gipermurojaatlar) ta‘minlashdan iborat.
HTML (HyperText Markup Language). Dastlab World Wide Web tizimi matnli ma‘lumotlarni va HTML hujjatlarni ko‘rishga mo‘ljallangan, matnni tahrirlovchi tilga o‘xshash tizim bo‘lgan. Ayni damda HTML tili WWW dagi eng ommabop tillardan biri hisoblanadi. HTML tilida yozilgan ma‘lumotlar o‘z ichiga matnli fayllar, grafik ma‘lumotlar va boshqalarni oladi.
Hujjatlar orasidagi aloqani ta‘minlash va ma‘lumotlarni formatlash vositalari teg (tag) deb ataluvchi vosita orqali amalga oshiriladi.
Web-sahifaning matn va teglari aralash ravishda HTML-hujjat deb ataluvchi faylining ichiga joylashtiriladi. Qanday tegni qo‘llaganingizga qarab brauzer oynasida ma‘lumotlar turlicha ko‘rinadi. HTML hujjatga ma‘lumotlarni joylashtirish va tahrirlash uchun yuzlab teglar mavjud. Masalan,
va
teglari xat boshini tashkil etadi, va juft teglari esa, matnni yozma (kursiv) holda ko‘rsatish uchun qo‘llaniladi. Shu bilan birga gipermatnli xavola (ssilka)lar teglari ham mavjud. Ushbu elementlar foydalanuvchiga gipermatn ustiga sichqoncha kursori bosilganda boshqa hujjatga bog‘lanish imkonini beradi.

Yüklə 68,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin