XML (eXtensible Markup Language). XML tili ham HTML tiliga o‘xshash til hisoblanadi. HTML dan farqli tomoni shundaki, XML da dasturchi o‘zining shaxsiy teglarini yaratadi va ular orasiga ma‘lumotlar joylashtiradi. XML-teglar harflar katta kichikligini farqlaydi.
XHTML (eXtensible HyperText Markup Language). XHTML tili HTML va XML tillarining birlashmasini tashkil etadi. XHTML tilida yozilgan hujjatning tashqi ko‘rinishi platformaga bog‘liq (Windows, Mac yoki Unix) ravishda o‘zgarib ketmaydi. Shunga qaramay XHTML tarkibida HTML diskriptorlardan foydalaniladi.
Bugungi kunda mobil aloqa vositalaridan foydalanuvchilar uchun yangi til ishlab chiqilgan bo‘lib, u WML (Wireless Markup Language) deb ataladi; CDF (Channel Definition Format) - Microsoft ishlab chiqqan brauzerlarda push-kanal hosil qilishda qo‘llaniladi.
Hozirda Web-sahifaning rivojlanishi yanada interaktiv pog‘onaga chiqqan. Web-saytlar asta sekinlik bilan ilovalar interfeysiga o‘xshab bormoqda. Bularning barchasi zamonaviy Web-dasturlash texnologiyasi yordamida amalga oshmoqda.
Web-dasturlash texnologiyalarini, dasturlarini asosan ikkita qismga ajratish mumkin: mijoz tomonidagi dasturlarlash (client-side) va server tomonidagi (server-side). Ushbu texnologiyalarni tushunish uchun avvalo bevosita "mijoz-server" texnologiyasini tushunish kerak. Web-sahifaning interaktiv dasturi ssenariy deb ataladi. Bunday atama dasturning natijasiga bog‘liq holda vujudga kelgan. Uning asosiy vazifasi Web-sahifada foydalanuvchi holatiga, xarakatiga «reaksiya» berishdir. Shu tariqa ssenariylar mijoz tomonida bajariluvchi va server tomonida bajariluvchi ssenariylarga bo‘linadi. Mijoz tomonida bajariluvchi ssenariylar brauzer yordamida bajariladi. Server tomonida bajariluvchi ssenariylar esa Web- server yordamida bajariladi.
Mijoztomonidagi ssenariylar. Mijoz tomonidagi ssenariylar foydalanuvchi tomonidan kiritilayotgan ma‘lumotlarni to‘g‘riligini serverga murojaat qilmasdan tekshiradi. Ko‘p hollarda bu ssenariylar JavaScript va VBScript tillarida yoziladi.