1-mavzu. Html dasturlash tili. Kirish. Html nima. Html teg, sarlavha, tana, html metasi. Boshlang’ich teglar. Rasm va linklar, qo’llanilish sohalari, afzalliklari, kamchiliklari, statistika ma’lumotlari



Yüklə 68,96 Kb.
səhifə4/6
tarix06.04.2023
ölçüsü68,96 Kb.
#94033
1   2   3   4   5   6
1-Maruza

JavaScript (Dasturlash tili). JavaScript – bu til Netscape va Sun Microsystems tomonidan yaratilgan bo‘lib, Web-sahifaning funksional imkoniyatlarini orttirish maqsadida qo‘llaniladi.
JavaScript yordamida odatda ma‘lumotli va muloqot oynalarini chiqarish, animatsiyalarni ko‘rsatish kabi vazifalarni bajarish mumkin. Bundan tashqari, JavaScript-ssenariy ba‘zan o‘zi ishlab turgan brauzer va platforma turini aniqlashi mumkin. JavaScript-ssenariylar foydalanuvchi tomonidan kiritilayotgan ma‘lumotlarni to‘g‘riligini tekshirishda ham qulay hisoblanadi.
VBScript tili. VBScript tili Microsoft korporatsiyasi tomonidan yaratilgan bo‘lib, Visual Basic tilining bir qismi hisoblanadi. VBScript tili Internet Explorer va Microsoft Internet Information Server (IIS) lar bilan
ishlashga mo‘ljallangan tildir.
VBScript tilining JavaScript tili bilan umumiy qismlari bir nechta, jumladan u aynan Microsoft Internet Explorer bilan ishlash va uning qo‘llanish sohasini cheklay olish imkoniyatiga ega. VBScript interpretatorli til hisoblanib, Microsoft ning Web-texnologiyalari bilan hamkorlikda ishlay oladi, masalan ASP (Active Server Page). Shunga qaramay VBScript mijoz tomonida ishlovchi ssenariy hisoblanadi, ASP esa server tomonida ishlaydi.
Server tomonidagi ssenariylar. Server tomonida bajarilishi kerak bo‘lgan ssenariylar odatda sayt papkasining ichidagi maxsus papkaga joylashtiriladi. Foydalanuvchi so‘roviga asosan server bu ssenariyni bajaradi. Bajarilgan ssenariy natijasi web-serverga uzatiladi va undan so‘ng mijozga uzatiladi. Server tomonidagi ssenariylarni tashkil etish uchun odatda Perl, ASP, PHP, JSP va SSI kabi til va texnologiyalardan foydalaniladi.
Perl interpretatorli tili. Perl tili Web-ilovalar yaratishda eng ommabop tillardan biri hisoblanadi. Matnlarni qidirish va tahrirlash, fayllar bilan qulay ishlay olish qoidalari bilan Perl tili Internetning asosiy tillaridan biri bo‘lib qoldi. Perl – interpretatorli til hisoblanadi, shu bois unda yaratilgan ssenariylar ishlashi uchun server kompyuterda Perl- interpretator o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
Bevosita Perl-kodning interpretatsiya qilinish jarayoni uning samaradorligini pasaytiradi. Bugungi kunda Perlning asosiy yutuqlaridan biri, uning barcha platformalar uchun ishlay olishi va uning barcha resurslari bepul tarqatilayotganligidir. Ko‘pgina Web-serverlar UNIX da ishlaydi, Perl interpretator esa bu operatsion tizimning bir qismi hisoblanadi.

Yüklə 68,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin