1-mavzu: husnixat metodikasining rivojlanish tarixi



Yüklə 331 Kb.
səhifə1/31
tarix20.03.2023
ölçüsü331 Kb.
#88803
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31



1-MAVZU: HUSNIXAT METODIKASINING RIVOJLANISH TARIXI. HUSNIXATGA O'RGATISHNING MAQSAD VA
VAZIFALARI
RE J A:

  1. Husnixat tarixidan ma'lumotlar.

  2. Mashhur xattotlar haqida ma'lumot.

  3. Husnixat metodikasi fanining predmeti.

  4. Husnixat metodikasi fanining maqsad va vazifalari.

Tayanch so'zlar:
XV - XVI asrlarda O'rta Osiyoda pay do bo'lgan xattotlik san'ati namoyondalari. Husnixat metodikasi fanining sohalari, o'rganish obyektlari.
Adabiyotlar:

  1. G'ulomov M. "Boshlang'ich sinf o'quvchilarini husnixatga o'rgatish" T.1970

  2. G'ulomov M. "Chiroyli yozuvni shakllantirish" T. 1992

O.'zbek xalqi uzoq asrlik tarixida yaratib qoldirgan merosida xattotlik san'ati alohida o'rin egallaydi. Arab istilosidan so'ng o'rta osiyo xalqlari tomonidan islom dinining qabul qilinishi munosabati bilan arab yozuvi ham kirib keladi.
O'rta asrlarda har qanday asar qo'lda ko'chirilib kitob qilingan. Nafis kitob ko'chirish katta hunar va san'at hisoblangan. Bu hunar egalari tarixda xattot nomi bilan mashhur bo'lganlar. Xattotlaming ko'chirgan kitoblari kishilarni hayajonga solib ularni zavqlantirgan. Shuning uchun ham xattotlik bilan nom chiqargan shaxslar oddiy kishilar emas, balki o'sha davrning ilm- ma'rifat va yirik madaniyat arboblari hisoblangan. Qo'lda ko'chirilgan har bir asar san'at mo'jizasi kabi nodir asar hisoblangan.
XIV- XVI asrlarda bir qancha iste'dodli- san'atkorlar- nafis kitoblarning ijodkorlari yetishib chiqdi. Muhammad bin Husayn At- Tibiy, Mir Ali Tabriziy, Xorazmiy, Sulton Ali Mashhadiy, Mir Ali Qilqalam, Munislar shular jumlasidandir. Bulardan tashqari o'rta asrlarda yashagan bir qancha olim va fozil kishilar yoshlikdan hattotlik san'atini egallab, keyinchalik kotiblikda ham nom chiqarganlar. Ular faqat o'z asarlarininggma emas, balki boshqa mualliflarning asarlarini ham ko'chirganlar. Masalan, Xofiz Sheroziy, Xisrav Dehlaviyning «Xamsa»sini ko'chirgan. Alisher Navoiyning moxir xattot ekanligi tarixiy manbalardan malum. Zaxiriddin Muxammad Bobur arab grafikasida turkiy xalqlarga moslab «Xatti Boburiy» deb atalgan alifbe yaratdi. Munis Xorazmiy xattotlik san'ati haqida «Savodi ta'lim» nomli risola yozdi va Alisher Navoiyning «Xamsa»sini nihoyatda nafis xat bilan ko'chirdi. Muqimiy ham juda mayda nastaliq va shikasta xati uslubida bayoz ko'chirgan. Bularning hammasi shuni ko'rsatadiki, O'rta osiyoda nafis kitob yaratish texnikasi ixtiro etilmagan bir davrda kotiblikka talab nixoyatda kuchli bo'lgan. Qo'l yozmalarni kitob xoliga keltirishda bir necha mutaxassislar ishtirok etganlar. Bu jarayonda qoqozrez (qog'oz quyuvchi), xattot (kalligraf), muzaxxib (oltin suvi bilan bezak beruvchi), lawoh (lavxa chizuvchi), musawir (rassom) va saxxof (muqovachi) ishtirok etadi. Shu yo'sinda tayyorlangan nafis kitoblar shoxlar, buyuk olimlar va shoirlar kutubxonalarida saqlanar edi.
O'rta Osiyo ustalari, ayniqsa, Samarqand va Buxoro ustalari qog'oz ishlashda katta shuxrat qozongan edilar.
Ularning qog'ozlari pishiq va silliq edi. Xattot uchun esa ana shunday sifatli qog'ozlar kerak bo'lar edi. Qog'ozlar kustar holda turli usullarda tayyorlangan.
Xattotning asar ko'chirish qurollari: «sayyox», «qamish qalam», «mistar» (transpornat), qalamning uchini chiqarib turish uchun «kalamtarosh», qamish qalamning uchini kesish uchun yasalgan maxsus suyak plastinka «qalamqat»dan iborat bo'lgan. Qamish qalam xattotning asosiy yozuv quroli xisoblangan. Uni tayyorlash ham alohida san'at talab etgan. Qamish qalamdan qog'ozga siyox tommaslik uchun hamda qalamda doim yetarli darajada siyox bo'lishi uchun siyoxdon (dovot)ga to'lguncha ipak los solingan. Siyoxga bo'ktirilgan ipak loslar qalamning yetarli miqdorda siyox bilan ta'minlanishiga yordam bergan.
Xattotlar texnik vazifalardan tashqari o'z yozuv uslublarini ham ishlab chiqarishga intilganlar. Masalan, XII asrdan boshlab xattotlar hayotida ko'fiy xati uslubi keng o'rin oldi. Bu uslub asosida arab yozuvining quyidagi olti xil asosiy uslublari maydonga keladi:

  1. Suls xati - bu xatning to'rt baxrasi tekis ikki baxrasi yumaloq shaklda yozilgan.

  2. Nasx xati - bu xatning ixtirochisi mashxur xattot Ibn Muqla' xisoblanadi.

  3. Muzaxxak xati - bir bo'lak qismi tekis bo'lib, qolgan bo'laklari yumaloq shaklda yoziladi.

Rayxoniy xati - muhaqqaqdan kelib chiqqan bo'lib uning ixtirochisi Ibn Bawobdir.

  1. Tavqe xati - yarim tekis yarim yumaloq chiziqdan tashkil topgan.

  1. Riqo xati - ko'pchilik harflar bir-biriga qurama qilib yoziladi.

Yuqorida ko'rsatib o'tilgan xatlarning har biri o'z o'rnida qo'llanib kelingan. Muxakqaq - qasida va she'rlar yozishda, suls - ilmiy asarlar va xat yo'1-yo'riqlarida, rayxoniy va nasx - qissa va xabarlarda, tavqe-buyruq va farmonlarda, riqo- maktublarda ishlatilgan. Undan tashqari, bu olti asosiy usulning har biri ingichka va yo'g'on qalamlarda yozilishi natijasida yana o'n ikki xil xatni tashkil qilgan. Shuning uchun ham eski maktablarda yozuv malakasini xamma o'quvchilar ham to'liq egallay olmaganlar yozishga qiynalishning yana bir sababi ko'p. Xarflarning so'zda qo'llanish o'rniga qarab har xil shakl olishdir.
Eski maktabda harflaming nusxaga qarab, alfavit tartibida katta-katta qilib yozish «sarxat» deb atalib, ba'zan sarxat yozish bir-ikki yilga cho'zilgan. Sarxat yozishga o'rgatilgandan so'ng «murakkabot», ya'ni xarflarni bir-biriga qo'yib yozib o'rgatilgan. Murakkabotdan keyin «muqattaot» mashqi, ya'ni bayt va ruboiylar ko'chirib yozish o'rgatilgan. Eski maktabda muqattaotga juda ko'p vaqt sarf qilingan. Bolalar duoi salomni yozishni bilsalar, ularning xat-savodi chiqqan hisoblangan.
Eski maktabda chiroyli yozuvga alohida ahamiyat berilgan, ammo husnixat mashg'ulotlari uchun zarur bo'lgan qoidalar yuzaki tushuntirilgan. Chiroyli yozuvga o'rgatish vaqtida faqat qalamni qanday ushlash qoidalarigina eslatilgan. Qalam bilan bir marta yozilgandan so'ng uning ustidan qayta yozishga yo'l qo'yilmagan, bu yozuv qoidalarini saqlashdagi birdan-bir usul bo'lgan. Bolalarga yuqoridagiga o'xshash ayrim yo'1-yo'riqlar ko'rsatilgani bilan ularning ko'z bilan qog'oz o'rtasidagi masofaning to'g'ri saqlanishiga e'tibor berilmagan. Hatto yozish vaqtida nafas olish ham ta'qiqlangan.
Eski maktabda husnixat qoidalarini o'rgatuvchi birdan-bir «Mufradot» kitobi bo'lgan. Domlalar yozishni o'rgatish va husnixat mashq qildirishda shu kitobdan foydalanganlar. Bu vaqtda husnixatga o'rgatishning birdan-bir yo'li ko'chirib yozish. Ko'nikmasini hosil qilish bo'lgan. Bolalar uchun arab alfavitida yozish juda qiyin bo'lib, unda biror nuqtaning noo'rin qo'yilishi yoki nuqtalar sonining kam yoki ortiq bo'lishi so'zning ma'nosini tubdan o'zgartirib yuborgan. Shuning uchun, arab yozuvida juda ehtiyot bo'lib yozish zarrur edi. Ana shunday bir vaqtda husnixat bo'lishni, har bir harfni to'g'ri va aniq yozishni talab qilish, bu masalaga kishilarning diqqatini jalb qilishda husnixat ta'limini o'rgatuvchi metodik qo'llanma juda muhim edi. Bu ishga birinchi bo'lib shoir va xattot Shermuhammad Avazbek o'g'li Munis (1778-1829) bel bog'laydi. Munis 1804 yilda o'zbek tilida «Savodi ta'lim» nomli risola yozadi. Uning bu risolasi amaliy hamda nazariy 1948 yilda YE.V.Guryanov tomonidan tuzilgan «Yozuv mashqlarining psixologik eslatmalari» va «Alifbe davrida yozuvga o'rgatishning psixologiyasi va metodikasi» nomli qo'llanmalarda esa yozuv jarayoniga ilmiy asosda yondoshiladi va yozuvning psixofiziologik asoslari ochib beriladi. Muallif bu qo'lanmalarda o'quvchilarning diqqatini boshlang'ich sinflarda darsning samaradorligini oshiruvchi qator shart-sharoitlarga tortadi hamda amaliy ko'rsatmalar beradi. 1959 yilda YE.V.Guryanovning «Yozuvga o'rgatish psixologiyasi» kitobi nashr qilindi. Bu qo'llanmada, asosan, yozuvga o'rgatish psixoldogiyasi to'la ochib beriladi, hamda eski kalligrafik yozuv sistemasi tanqid qilinadi. Muallif bosim bilan yoziladigan yozuv sistemasini misollar bilan ko'rsatib beradi, hamda mavjud yozuv grafikasini soddalashtirishni talab etadi.
Yozuv qurollarining takomillashib borishi bilan YE.V.Guryanov tomonidan tavsiya etilayotgan yozuv sistemasi 1970 yildan boshlab maktablarda keng qo'llanila boshlandi.
1965 yildan boshlab o'zbek maktablarida yangi soddalashtirilgan harflar asosida yozuvga o'rgatish bo'yicha tajriba ishlari olib borildi.
Tajriba yakunlari shuni ko'rsatdiki, soddalshtirilgan harflar zamon talabiga to'la mos keladi.
1970 yildan boshlab barcha rus alfaviti asosida o'qitiladigan maktablar uchun yangi, soddalashtirilgan harflar bilan husnixat kitoblari hamda metodik qo'llanmalar chiqarila boshlandi. Shu jumladan, o'zbek maktablari uchun ham husnixat darsliklari yaratildi.
Ammo bu darslik va metodik ko'rsatmalar hozirda yangi dastur asosida ishlayotgan boshlang'ich sinf o'qituvchilarining talabiga javob berolmay qoldi.
Husnixatga o'rgatishning maqsad va vazifalari
Husnixat darslari birinchi sinf da savod o'rgatish davri tugagandan so'ng 4-chorakdan boshlab alohida olib boriladi. Ammo dastlabki husnixat malakalari o'quvchilar maktabga qadam qo'ygandan boshlab amalga oshiriladi.
Birinchi sinf da yozuv darslari husnixat malakasini o'stirish orqali olib boriladi. Chiroyli va toza yozilgan xat yozayotgan shaxsning madaniyatini va uni o'qiydigan kishiga nisbatan hurmatini ham belgilaydi.
Hozirgi kunda fan-texnika taraqqiyotining o'sishi orqali kundalik hayotimizda turli-tuman (qog'ozlardan) hujjatlardan keng foydalanamiz, har xil konspektlar, ish qog'ozlari, hisobotlar keng o'rin olmoqda. Bularning xammasi faqat chiroyli va aniq va yozish bilan birga, tezlikni ham talab etadi.
Umumiy ta'lim va hunar maktabini islox qilishning asosiy yo'nalishlarida ko'rsatilganidek yozuv darslarida harflarni aniq, toza va chiroyli yozishni mukammal o'rgatish talab etiladi.
Ammo kichik muddat ichida o'quvchilarda chiroyli, tez va toza yozish malakalarini o'stirish mumkin emas, buning uchun bir necha yil talab etiladi.
Chiroyli yozuvga o'rgatish uchun bolalarning maktabga qadam qo'ygan kunlaridan boshlab quyidagi vazifalarni bajarishlari talab etiladi:

  1. Yozuv vaqtida partada to'g'ri o'tirish

  2. Avtoruchkadan to'g'ri foydalanish

  3. Daftardan to'g'ri foydalanish

  4. Yozma va bosma harflarning shakli bilan tanishtirish.

  1. Yozma shakldagi harflar yordamida bo'g'in, so'z va gap tuzishga o'rgatish.

Yuqorida ko'rsatib o'tilgan malakalar shakllangandan so'ng husnixat darslariga ular mustahkamlanadi.
Husnixat malakasini shakllantirish uchun birinchi navbatda harflarning shaklini to'g'ri tasawur etishga, bir xil qiyalikda (65%) yozishga, so'zlarda harflarni to'g'ri bog'lashga so'zlarni qatorlarga to'g'ri joylashtirishga o'rgatiladi.
Daftar chiziqlarini birin-ketin almashuvi davomida harflarning qiyaligini va ular orasidagi masofani to'g'ri saqlash kichik va bosh harflarning nisbatini to'g'ri chamalab yozishga o'rgatish juda muhimdir.
Shuningdek husnixat darslarida malum gruppaga oid hraflarni yozishga o'rgatishda o'quvchilarda uchraydigan ayrim tipik xatolarning oldini olish va tuzatish ustida ham ish olib borish lozim. Yozuvning tezligi oshishi bilan ayrim bir-biriga o'xshash harflarning shaklini buzib yozish xollari uchraganda esa ularni qayta mashq qildirish lozim.
Birinchi va ikkinchi sinflarda chiroyli yozuvga o'rgatishda chiziqli daftarlardan to'g'ri foydalanishga alohida e'tibor berish zarur.
Birinchi sinfda kichik harflarning balandligi va qiyaligi chiziqlar yordamida chegaralangan bo'lsa ham, bosh harflarni yozishda o'quvchilar xatoga yo'l qo'yishlari mumkin.
Bir chiziqli daftarga yozishga o'tilganda esa o'quvchilar oldiga qator vazifalar qo'yiladi, endi ulardan harflarning balandligini, qiyaligini va harflarning orasidagi masofalarni chamalab yozishlari talab etiladi.
Chimroyli o'zuvga o'rgatish umumiy didaktik qoidalar bilan birga yozuv malakasini shakllantiruvchi qoidalarni ham o'z ichiga oladi.
Umumiy didaktik qoidalar, takroriylik ko'rgazmalilik yosh va o'ziga xos xususiyatlarni hisobga olish, tushunarlilik, onglilik xusnixat qoidalarini amalga oshirishda juda muhimdir. Ayniqsa, ko'rgazmalilik prinsipi chiroyli yozuv malakasini singdirishda muhim rol o'ynaydi. (Bu haqda biz keyinroq batafsil to'xtab o'tamiz.)
Har bir o'quvchi u yoki bu harfni tushunib, yozilishini, harflarning bir-biriga bog'lanishini, kichik va bosh xarflarning bir-biriga nisbatini, balandligini, qiyaligini, avtoruchkani ushlash va to'g'ri o'tirish qoidalarini yaxshi bilishlari lozim.
Yozuvga o'rganish davrida olingan bilim va malakalar o'quvchilar uchun doimiy qoida bo'libqolishi zarur.
Chiroyli yozuv malakalarini o'stirishda eng birinchi qoida bu gigiyenik talablar va yozuvning qiyaligini to'g'ri saqlashga o'rgatilib, so'ngra harf va harf elementlari orasidagi masofani chamalab yozish qoidalari singdirib boriladi. Bu qoidalar keyinchalik II sinfda o'tkaziladigan xusnixat darslarida takomillashtirilib boriladi. Bu qoidalarni o'quvchilar esda saqlab qolishi mumkin.
Har bir yozuv mashqi aniq maqsad asosida oson tushunarli olib borilishi kerak. Buning uchun chiroyli yozuvga o'rgatishning turli usullaridan foydalanish lozim.
Chiroyli yozuv mashinkalarini esdan chiqarmaslik uchun sistemali ravishda takrorlab borish juda muhimdir.
Bolalarning yozuv malakalarini hosil qilishda ularning yosh va o'ziga xos xususiyatlari: barmoq va qo'l muskullarining harakat tezligi, markaziy nerv sistemasi tomonidan nerv muskullarining bajarilishi hisobiga olinishi lozim. Ayniqs'a, olti yoshli bolalar uchun yozuv jarayoni juda qiyindir. Bu davrda ularning jismoniy o'sishlarini, albatta, hisobga olish kerak.
Olti yoshli bolalar, qo'l harakatini uzmay, ayrim harf elementlarini xarflarni, keyinchalik sodda elementli so'zlarni yoza oladilar. Bu davrda ulardan ayrim qiyin elementli, cho'zinchoq doira shaklidagi harflarni qo'l harakatini uzmay yozishni talab etish mumkin emas. Yozilishi qiyin harf va so'zlarni asta-sekin mashq qildirish orqali yil davomida o'rgatib boriladi.
Ikkinchi sinfdan boshlab bolalar qo'l harakatini uzmay, cho'zinchoq doira shaklidagi xarflardan tashkil topgan harf, bo'g'in va so'zlarni yozishga o'rgatiladi.
Chiroyli yozuv darslarida harflarning shakli ustida mashq o'tkazilganda oddiydan murakkabga tomon olib boriladi, chunki alfavitdagi barcha sharflar yozilish shakliga qarab gruppalarga ajratiladi.
Bolalarni chiroyli yozuvga o'rgatishda o'qituvchi ularning o'ziga xosxususiyatlarini ham xisobga olishi shart.
O'qituvchi har bir o'qituvchining qanday o'tishirini, ruchkani qanday ushlashini, daftar tutish holatini, xarflarni qanday yozayotganligini sekin yoki tez yozishini kuzatib borishi zarur. O'quvchilardagi bu imkoniyatlarni kuzatib borgan o'qituvchi chiroyli yozuv darslarini to'g'ri tashkil etadi, ayrim o'quvchilarga yakka-yakka yordam ko'rsatishda qrynalmaydi va ota-onalarga ham to'g'ri ko'rsatma bera oladi.
Chiroyli yozuv malkasini shakllantirish faqat boshlang'ichch sinflardaemas. Balki yuqori sifnlarda ham davom ettiriladi.



Yüklə 331 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin