1-mavzu: husnixat metodikasining rivojlanish tarixi


Chiroyli yozuv qoidalariga rioya qiling!



Yüklə 331 Kb.
səhifə19/31
tarix20.03.2023
ölçüsü331 Kb.
#88803
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31
Chiroyli yozuv qoidalariga rioya qiling!
4. Ko'p nuqta (...) daftar chizig'ining ustiga qo'yiladi. Ko'p nuqta so'roq va undov
belgisidan keyin qo'yilishi kerak bo'lsa, so'roq yoki undov belgisidan keyin
faqat ikkita nuqta qo'yiladi.
Biz kanallar qazidik… Yangi yerlar ochdik!..
5. Vergul (,) nuqta bilan boshlanib, uning nuqtasi daftar chizig'ining ustida kichik
chiziqchasi esa chiziqdan pastga tushadi.
Akmal, bugun qayerga borasan?
>
6. Nuqtali vergulning (;) nuqtasi chiziqning yuqorisiga qo'yiladi.
Ular uchta edi; Undan bundan gaplashib o'tirishar edi.
7. Tire (-) tinish belgisi chiziqchadan uzunligi bilan farq qiladi va daftar
chizig'ining biroz yuqorisiga qo'yiladi:
Toshkent-O’zbekistonning poytaxti.
8. Defis (-) tirening uchdan bir qismicha bo'lishi kerak:
Qanoti yo'q, uchadi,
Dala-qirni quchadi.
9. Qo'sh tirnoq ("") qo'shaloq vergulga o'xshab ochiladi va yopiladi.
(Biz "Furqat"ko'chasida yashaymiz.
Matematik raqamlarni yozish.
Matematika darslarida beriladigan topshiriq va masalalarda raqamlarni to'g'ri va chiroyli yozishga o'rgatish maqsadga muvofiqdir.
Matematika daftarida yozuv mashqlari bajarishda o'qituvchi bolalarda charchash alomatlari sezilishi bilanoq barmoq muskuUarini o'stiruvchi jismoniy mashqlarni bajartirishi lozim.
Kichik yoshdagi bolalarning barmoq va qo'l muskullari yaxshi rivojlanmaganligini hisobga olib, oddiy katak daftarga [5^5 mm) yozdirish mumkin emas, shuning uchun olti yoshli birinchi sinf o'quvchilari uchun chiqarilgan «matematika daftari»dan foydalaniladi. Bu daftarda kataklar 1,5 marta katta, ya'ni 7x7 mm o'lchamda berilgan. Bunday kataklar ichida raqamlarni yozishga urinish va boshqa matematik yozuvlarni bajarish ancha oson.
O'quvchilarni rim raqamlarini yozishga o'rgatish jarayonida qo'llangan maqsadga erishish uchun yozuv mashqlarini to'g'ri tashkil qilish va uning uslublaridan to'g'ri foydalanish asosiy omillardan biridir. Bolalar raqamlarni to'g'ri yozishga o'rgatishda mustaqil va amaliy ishlarga ham alohida e'tibor berish lozim. Chunki o'quvchilar harflarni bo'yash, kataklarga joylashtirish orqali ham malakalarini egallashga o'rgandilar.
Yozuv mashqlariga o'xshash matematik raqamlarni yozish uchun ham qator tayyorgarlik mashqlarini o'tkazish lozim. Bunda o'qituvchi har bir raqam katak ichida qanday joylashishni, qanday elementlardan iborat ekanligini, yozilish harakatini doskada ko'rsatib berishi, har bir raqam katak ichida to'ldirib yozilishi va qiyaliklarini hisobga oladi.
Har bir katak tik va ko'ndalang chiziqlarning kesishidan hosil bo'ladi. Bolalarga ham tik va ko'ndalang chiziqlar mavjudligini aytib ayrim elementlarni yozishda «tik» va «ko'ndalang» chiziqlarga e'tibo berishlari eslatib turiladi.
Matematika daftariga raqamlarni yozishdan maqsadga muvofiqdii
Bu mashqlar bolalarning qo'l harakatini o'stirish bilan birge ularni kataklar orasini chamalab yozishga o'rgatadi.
Bolalar bilan tayyorgarlik mashqlarni o'tkazish vaqtic kataklarning «o'ng» va «chap» tomonlari «pastki», «ustki «ko'ngdalang» chiziqlar «tik» chiziqlar haqida ham tushunchalar ber boriladi.
Bolalar bilan kataklarni teng bo'laklarga bo'lish, kataklarnii o'rtasini topish uchun quyidagicha mashqarni o'tkazish lozim.
Bu mashqlar bolalarga ayirish, qo'shish, tenglik belgilarini to'c yozishga yordam beradi.
Tayyorgarlik mashqlari tugagandan so'ng o'quvchilarni raqan yozishga o'rgatadi.
Raqamlarni to'g'ri yozish uchun quyidagi talablarga amal qi] kerak:

  1. Hamma raqamlar kataklar ichida to'ldirilib, bir tomonga qiya qilib yoziladi.

  1. Raqamlarning eng balandligini 2-3 qismida yoziladi.

  1. Har bir raqamni yozdirishdan oldin u qanday elementlardan tuzilganligini va yozilish harakatlarini doskada amaliy ko'rsatib beriladi.

  2. Namuna tarzida yozib ko'rsatilayotgan raqam doskada katta hajmda bo'lib, xar bir o'quvchiga ko'rinib turishi lozim.

  3. O'quvchilar o'qituvchining ko'rsatmasi asosida havoda mashq qilganlaridan so'ng yozishga ruxsat etiladi.

  4. O'quvchilarning yozgan raqamlari o'qituvi muntazam kuzatib, tegishli yordam berib borishi zarur.

Ayrim yosh o'qituvchilar raqamlarni yozish qoidalarini o'zlari ham bilmasliklari mumkin, shuning uchun biz quyida raqamlarni qanday yozilish qoidalarini ko'rsatib o'tamiz.
1-raqami ikki tayoqchadan iborat bo'lib, uzun tayoqcha daftar katagining yuqori bo'rchagidan pastki ko'ndalang chiziqning o'rtasigacha qiya qilib tushiriladi. Kichik tayoqcha bilan uzun tayoqcha qo'l harakatini uzmasdan bir butun shaklda yoziladi.
2-raqami yozuvdagi so'roq belgisiga o'xshash bo'lib, bir butun shaklda yoziladi, pastki to'lqinsimon chizig'i daftar pastki chizig'ining ustida joylashadi. Uni tuguncha yoki to'g'ri chiziq shaklida yozish mumkin emas.
3-raqami ikki elementdan, ustki va pastki yarim chiziqlar hamda doiralardan iborat bo'lib, qo'l harakati uzilmay bir-biriga bog'lab yoziladi. Ustki yarim cho'zinchoq doira elementi daftar chiziqlariga doiradan kichikroq yoziladi. Bu raqamni yozishda uning qiyaligiga e'tibor berish lozim.
4-raqami uch element tayoqchalardan iborat bo'lib, uchinchi tayoqchani yozishda qo'l harakati uziladi. Uning birinchi tayoqchasi daftar katagining yuqori chizig'i o'rtasidan boshlanib, bir tomonga qiya holatda katakning o'rtasidan bir oz pastroqda tushiriladi va o'ng tomonga qo'l harakatini uzmasdan ko'ndalang chiziq chiziladi.
5-raqami uch uch elementdan iborat bo'lib. birinchi kichik yarim yoy shaklidagi elementi yoziladi, so'ngra kchik tayoqcha va o'ng yarim doira shaklidagi elementlari qo'l harakatini uzmasdan bog'lab yoziladi.
6-raqami bir butun shaklda yohiladi, u chap yarim cho'zinchoq doiradan iborat.
7-raqami uch elementdan iborat bo'lib, kichik to'lqinsimon chiziq uzun to'g'ri tayoqcha va kichik ko'ngdalang chiziqdan iborat. Kichik ko'ndalang tayoqcha, uzun tayoqchaning teng o'rtasida bo'lishi shart.
8-raqami, kichik va katta cho'zinchoq doiralardan iborat bo'lib, bir butun shaklda qo'l harakatini uzmay yoziladi.
9-raqami kichik cho'zinchoq doira va o'ng yarim cho'zinchoq doiradan iborat bo'lib, bir butun shaklda yoziladi.
0- nol raqami o harfi shaklida yoziladi.



Yüklə 331 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin