1-mavzu: husnixat metodikasining rivojlanish tarixi


- MAVZU. MAKTABLARDA QAT'IY YOZUV TARTIBINI JORIY QILISH



Yüklə 331 Kb.
səhifə30/31
tarix20.03.2023
ölçüsü331 Kb.
#88803
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
12- MAVZU. MAKTABLARDA QAT'IY YOZUV TARTIBINI JORIY QILISH.
REJA:

  1. Chiroyli yozuv qoidalarining sinfdagi darslarda olib borilishi.

  2. Maktabda qat'iy yozuv tartibini joriy qilish uchun olib boriladigan ishlar.

  1. Maktabda qat'iy yozuv tartibini joriy qilish uchun umummaktab jamoasi tomonidan bajariladigan ishlar.

Tayanch so'zlar:
Boshlang'ich sinflarda olib boriladigan yozuv mashg'ulotlarining rejasi. Chiroyli yozuvga o'rgatishda ona tili darslarining roli. Chiroyli yozgan o'quvchilarning daftarlarini konkurs asosida rag'batlantirish.
ADABIYOTLAR.

  1. G'ulomov M. "Boshlang'ich sinf o'quvchilarini husnixatga o'rgatish" T.1970

  2. G'ulomov M. "Chiroyli yozuvni shakllantirish" T. 1992 3.G'apporovavaboshq. "Alifbe" T. 1999

4. G'apporova va boshq. "1- 2 yozuv daftari" T. "O'qituvchi" 1999

  1. Husnixat daftari. 1-sinf uchun.T-1999

  2. Husnixat daftari.2-sinf uchun.T-1999

  3. Husnixat daftari.3-sinf uchun.T-1999

  4. Abdullayev Y. "Hamrohim" T. 1997

Chiroyli yozuv qoidalarini eslatib turish bilan bir qatorda, uni bir rejimga tushirib olish har bir o'qituvchining muhim vazifasidir.
Agar maktabda yozuv rejimi to'g'ri tashkil etilsa, o'quvchilarning chiroyli yozuv malakalari bir umirga saqlanib qoladi.Buning uchun boshlang'ich sinf o'qtuvchisi o'quvchilardan hosil qilgan chiroyli yozuv malakasini yuqori sinflarda har bir fan o'qtuvchisi eslatib turishi lozim. Aks holda, ular boshlang'ich sinfda olgan chiroyli yozuv malakasini unitib yuboradilar.
V sinfdan boshlab o'quvchilar yozuvining o'zgarishiga asosiy sabab, boshqa predmet o'qtuvchilarining bunga yetarli etibor bermasliklaridir. Undan tashqari, ularga yozuv mashqlarini normadan ortiq beradilarmatijada, o'quvchilarning barmoq
muskullari charchaydi va yozuvning sifati buziladi, bu esa o'quvchilar yozuvining buzilishiga sabab bo'ladi.
Yuqori sinflarda ham har bir harfni aniq yozishni talab qilish lozim, aks holda, harflar o'z shakli ni yo'qotib boradi. Masalan: ko'pchilik yuqori sinf o'quvchilari t harfi ustiga, sh harfi tagiga chiziq chizib qo'yadilar. Bunday xatoga yo'l qo'ymasliklari kerak, chunki bu harflarning har ikkisi ham o'z shakliga ega, ularni farqini ajratish uchun ortiqcha chiziqlar talab etilmaydi.
O'quvchilarga uchraydigan kamchililarni yo'qotish uchun o'qituvchi harflarni to'g'ri yozilishiga alohida e'tibor berishi, daftarni baholash vaqtida noto'g'ri yozilgan harflarni ham hisobga olish lozim. Qaysi harfni buzib yozganligini aniq ko'rsatib o'tishi kerak.
O'quvchilarning yozuvini yaxshilash uchun umummaktab ishglarida quyidagilarni amalga oshirish mumkin:

  1. Maktabda chiroyli yozuv tartibini amalga oshirish:

  2. Bir yilda ikki marta yoki har chorakning oxirida "Chiroyli yozuv uchun" degan mavzuda daftarlar konkursini o'tkazish;

  3. Maktabda chiqariladigan har bir devoriy gazetaga matnlarni chiroyli yozuv qoidalariga rioya qilib yozish.

Ammo chiroyli yozuv rejimini amalga oshirishda birinchi navbatda, o'qituvchining o'zi namuna bo'lishi kerak, chunki o'quvchilar ko'proq taqlidchan bo'lib o'qituvchining yozuviga o'xshatib yozishga harakat qiladilar. Agar o'qituvchi bir harfni no'g'ri yozsa, o'quvchi ham noto'g'ri yozadi.
Maktabda chiroyli yozuv tartibini taxminan quyidagicha amalga oshirish mumkin:

  1. Maktabda har bir yozuv ishlarini o'quvchilar daftarga bajarishi kerak.(faqat shahar va rayon ishlariga xalq ta'limi tomonidan yuborilgan ayrim tekshiruv ishlariga ikki varaqdan yoziladi).

  2. Hamma predmet uchun daftar bir hilda to'ldiriladi: daftarning varaqlari 12 tadan kam bo'lmasligi, chetida (30 mm masofada) hoshiya bo'lishi lozim. Har bir daftar qaysi fan uchun tutilgani, kimga tegishli ekanligi, nechanchi sinfda o'qishi, maktab nomeri va nomi ko'rsatilishi lozim.

  3. Sinf ishi va uy vazifalarini bir hil rangdagi (gunafsha yoki to'q havo rang) siyohga bajartirish.

  4. O'quvchilarni faqat tafsiya etilgan avtoruchkada yozdirirsh.

  5. Har bir darsda partada to'g'ri o'tirish qoidalariga amal qilish, bosh chapga chapga yoki o'nga osiltirib o'tirmaslik. Ko'z bilan daftar orasidagi masofani to'g'ri saqlash.

  6. yozuvning qiyaligini 65 gradusdan oshirmaslik.

  7. Har bir harfning shakli "Husnixat " kitobida ko'rsatilganidan farq qilmasligi.

  8. To'g'ri yozilgan harf va so'zlarni o'chirg'ich bilan o'chirishga ruxsat etilmaydi. Noto'g'ri yozilgan joyni ustidan bir chiziq tortib ustiga to'g'risini yozib ko'rsatib yozish mumkin.

  9. Har kungi bajarilgan ishni kuni, mavzu, mashq nomeri daftarning o'rtasga chiroyli qilib yozib ko'rsatish kerak.

10.So'zlarni qisqartirib yozishga ruxsat etilmaydi. Masalan: va hakozo
o'rniga "va h. k.", ular o'rniga "y/" uning o'rniga "y+". 11 .Bosh va kichik harflar bir hil balandlikda yozilmasligi kerak. 12.0'quvchilarning ishlarini tekshirish uchun o'qituvchi faqat qizil rangdagi
siyohdan foydalanishi lozim. O'quvchining yo'l qo'ygan har bir xatosi
aniq ko'rsatilishi kerak. 13.Doskada bo'r bilan yozilgan yozuvlar yozuv qoidalariga mos bo'lishi
kerak. O'qituvchi doskaga o'tayotgan materiali joylashtira bilishi ham
katta ahamiyatga egadir. 14.Maktabda chiqarilgan har e'lonlar, maktab devoriy gazetasidagi maqola
matnlari ham chiroyli qilib, yozuv qoidalariga amal qilgan holda yozishi kerak. Hulosa qilib aytganda, yuqorida ko'rsatib o'tilgan shartlar amalga oshirilsa maktabda qat'iy yozuv rejimini amalga oshirishi mumkin.
ham o'z shakliga ega, ularni farqini ajratish uchun ortiqcha chiziqlar talab etilmaydi.
O'quvchilarda uchraydigan kamchiliklarni yo'qotish uchun o'qituvchi harflarning to'g'ri yozilishiga alohida e'tibor berishi, daftarni baholash vaqtida noto'g'ri yozilgan harflarni ham hisobga olishi lozim. Qaysi harfni bo'zib yozganligini aniq ko'rsatib o'tishi kerak.
O'quvchilarning yozuvini yaxshilash uchun umum maktab ishlaridan quyidagilarni amalga oshirish lozim:

  1. Maktabda chiroyli yozuv tartibini amalga oshirish;

  1. Bir yilda ikki marta yoki har chorakning oxirida «Chiroyli yozuv uchun» degan mavzuda daftarlar konkursini o'tkazish.

Maktabda chiqariladigan har bir devorni gazetadagi matnlarni chiroyli yozuv qoidalarisha ioya qilib yozish.
Ammo chiroyli yozuv rejimini amalga oshirishda, birinchi navbatda, o'qituvchining o'zi namuna bo'lishi kerak. Chunki o'quvchilar ko'proq taqlidchan bo'lib, o'qituvchining yozuviga o'xshash yozishga harakat qiladilar. Agar o'qituvchi bir harfni doskada noto'g'ri yozsa o'quvchi ham noto'g'ri yozadi.
Maktabda chiroyli yozuv tartibini taxminan quyidagicha amalga oshirish mumkin:

  1. Maktabda har bir yozuv ishlarini o'quvchilar daftarda bajarishlari kerak (faqat shahar va rayon xalq ta'limi tomonidan yuborilgan ayrim tekshiruv ishlarigina ikki varaqda yozdiriladi).

  2. Hamma fan uchun daftar bir xilda to'ldiriladi: daftarning varaqlari 12 tadan kam bo'lmasligi, chetida (30 mm masofada) xoshiya bo'lishi lozim. Har bir daftar qaysi fan uchun tutilgani, kimga tegishli ekanligi, nechanchi sinfda o'qishi, maktab nomeri ko'rsatilishi lozim.




  1. Sinf ishi va uy vazifalarini bir xil rangdagi (binafsha yoki to'q g'ava rang) siyohda bajartirish.

  2. O'quvchilarni faqat tavsiya etilgan avtoruskada yozdirish.

  3. Har bir darsda partada to'g'ri o'tirish qoidalariga amal qilish, boshni chapga yoki o'nga osiltirib o'tirmaslik ko'z bilan daftar oraisdagi masofani to'g'ri saqlash.

  4. Yozuvning qiyaligini 65 gradusdan oshirmaslik.




  1. Har bir harfning akli husnixat kitobida ko'rsatilmagan farq qilmasligi.

  2. Noto'g'ri yozilgan harf va so'zlarni uchirg'ich bilan o'chirishga ruxsat etilmaydi. Noto'g'ri yozilgan joyni ustidan bir chiziq tortib ustiga to'g'risini yozib ko'rsatish mumkin.

9. Har kungi bajarilgan ishni kuni, mavzui, mashq nomeri
daftarning o'rtasiga chiroyli qilib yozib ko'rsatishi kerak.
10. So'zlarni qisqartirib yozishga ruxsat etilmaydi. Masalan: va
hokazo o'rniga esa ular o'niga «UG'» uning o'rniga u.

  1. Bosh va kichik harflar bir xil balandlikda yozilmasligi kerak.

  2. O'quvchilarning mashqlarini tekshirish uchun o'qituvchi faqat qizil rangdagi siyohdan foydalanishi lozim. O'quvchining yo'l qo'ygan

har bir xatosi aniq ko'rsatilishi lozim. O'quvchining yo'l qo'ygan har bir xatosi aniq ko'rsatilishi kerak.
13. Doskada bo'r bilan yozilgan yozuvlar ham yozuv qoidalariga
mos kelishi kerak. O'qituvchi doskaga o'tayotgan materiallarni
joylashtira bilishi ham katta ahamiyatga egadir.
14. Maktabda chiqarilgan har xil e'lonlar, maktab devoriy
gazetasidagi maqola matnlari ham chiroyli qilib, yozuv qoidalariga amal
qilgan holda yozilishi kerak.
Xulosa qilib aytganda, yuqorida ko'rsatib o'tilgan shartlar amalga oshirilsa maktabda qat'iy yozuv rejimini amalga oshirish mumkin.

Yüklə 331 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin