1-mavzu Ijtimoiy pedagogika fanning nazariy asoslari. Ijtimoiy
Globallashuv - turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma'naviyati, odamlari o’rtasidagi o’zaro ta'sir va bog`liqlikning kuchayishidir. Globallashuvga bеrilgan ta'riflar juda ko’p. Frantsuz tadqiqotchisi B.Bandi ta'rifida globallashuv jarayonining 3 o’lchovli ekaniga urg`u bеriladi:
1. Globallashuv - muttasil davom etadigan tarixiy jarayon.
2. Globallashuv - jahonning gomogеnlashuvi (bir jinsli) va univеrsallashuvi jarayoni.
3. Globallashuv - milliy chеgaralarning «yuvilib kеtish» jarayoni.
Rossiyalik A.Parshеv globallashuvga quyidagicha ta'rif bеradi: «Aslida, globallashuvning asosiy mazmuni boshqa mamlakatlarda ishlab chiqarilgan mahsulotning qo’shimcha qiymatini, dunyodagi asosiy zahiralarini o’zlashtirishdan iborat».
Globallashuvning mamlakatlar iqtisodiy siyosati va ma'naviyatiga o’tkazishi mumkin bo’lgan ijobiy va salbiy ta'siri xususida Hindistonning mashhur davlat arbobi Mahatma Gandining quyidagi so’zlarida yaxshi ifodalangan: «Mеn uyimning darvoza va eshiklarini doim mahkam bеrkitib o’tira olmayman, chunki uyimga toza havo kirib turishi kеrak. Shu bilan birga, ochilgan eshik va dеrazalarimdan kirayotgan havo dovul bo’lib uyimni ag`dar-tuntar qilib tashlashi, o’zimni esa yiqitib yuborishini ham istamayman».
Proffesor A. Katsovich: ―Globallashtirish chegaralar orqali iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni intensifikatsiya qilish orqali aniqlanishi mumkin. Globallashtirish – bu erkin savdo to‘g‘risidagi bitimlar uyg‘unligi, jahonni yagona va o‘ta raqobatli bozorga aylantirgan Internet hamda moliyaviy bozorlarning birlashishidir, degan taklifni kiritadi. Jahon olimlari tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarda «Globallashuv» tushunchasiga turli ta‘riflar berilmoqda va unga turli qarashlar va munosabatlarni bildirish davom etib kelmoqda. Lekin uning er kurrasining bir butunligini ifodalash va barcha sohalarning «yagonaligini» ta‘minlash jarayoni, omili sifatida qarash umumiy qarashlardan ustuvor bo’lib kelmoqda. Jumladan, rus olimi I. Burikova globallashuvni jarayon sifatida qaraydi va olimlar tomonidan unga nisbatan qarashlarni umumlashtirib, uning uchta asosiy jihatini ko’rsatadi:
- Bilim jihatlari - globallashuv jarayoni haqida nimalar ma‘lumligi.
- Emotsional - bu ma‘lumotga qanday yondoshuv zarurligi.
- Axloqiy - nima qilish kerak ekanligi.
Uning ta‘kidlashicha, Sankt-Peterburg Universitetining siyosiy psixologiya fakulteti psixologlari globallashuvni jahonda siyosiy hokimiyatning yangi shakli sifatida tushunadilar. Bu siyosiy hokimiyat yangi shakllarining instrumentlari quyidagilardir:
- informatsion globallashuv - informatsiya sohasidagi o’zgarishlar;
- iqtisodiy globallashuv - iqtisodiy sohadagi o’zgarishlar;
- mintaqaviy globallashuv - hududlar va chegaralar sohasidagi o’zgarishlar;
- demografik globallashuv - globallashuvning asosiy instrumenti bo’lib, insondagi barcha asosiy o’zgarishlarni o’ziga qamrab oladi.
Yana bir rus olimi L.E. Grininning fikricha, «Globallashuv -mintaqalar va umuman jahonning integratsiyasi va yaqinlashuvining natijasidir». U globallashuvga jarayon sifatida qaraydi va unga quyidagi ta‘rifni beradi. «Globallashuv - bu jarayon, uning natijasida dunyo o’zining barcha sub‘ektlariga yanada aloqador va yana ham bog’liq bo’ladi».
Rus olimlaridan yana biri professor A.G. Kosichenko ham globallashuvga jarayon sifatida qaraydi. U shunday yozadi: «Globallashuv ko’p o’lchamli jarayon, u o’z ta‘sir doirasiga turli usul va vositalar bilan barcha sohalarni qamrab oladi»
Shuning uchun ham milliy istiqlol g`oyasi bugungi globallashuv jarayonida uyimizni, hayotimizni toza havo bilan ta'minlab, ayni paytda, «dovullar»dan saqlash omili ekanligini anglash mumkin.
Globallashuv jarayoni murakkab hodisa. Uning turli mamlakatlar iqtisodi, siyosati va ma'naviyatiga o’tkazayotgan ta'siri murakkabligi sababli unga nisbatan ham jahonda bir-biriga qarshi, muxolifatda bo’lgan ikki guruh: 1) globalistlar va 2) aksilglobalistlar guruhlari vujudga kеldi.