1-mavzu: Individual psixologik konsultatsiyaning asosiy tushunchalari. Individual psixologik konsultatsiyaning prеdmеti


Konsultativ psixologiya va psixokorrektsiya fanining vujudga keligishi va rivojlanishi



Yüklə 52,5 Kb.
səhifə4/4
tarix21.05.2023
ölçüsü52,5 Kb.
#118371
1   2   3   4
1-mavzu ma\'ruza (1)

2.Konsultativ psixologiya va psixokorrektsiya fanining vujudga keligishi va rivojlanishi

Jahon psixologiyasi fanining boy tajribasida amaliy psixologlar tayyorlash bo`yicha nazariy va amaliy ahamiyatga molik ijobiy, tatbiqiy ma’lumotlar muayyan darajada umumlashtirilgan. Yigirmanchi asrning 60-yillaridan boshlab AKSH, Angliya va boshqa shu kabi rivojlangan mamlakatlarda psixologik xizmat soxasi yuzasidan bir talay izlanishlar amalga oshirilgan. Ushbu soxa alohida yo`nalish sifatida vujudga kelsa-da, lekin aslida u amaliy psixologiyaning kulami kengaytirilgan bir ko`rinishini aks ettirish xususiyati bilan boshqalardan muayyan tarzda tafovutlanib turadi, xolos.


Jahon mamlakatlari amaliyotida psixologik xizmatni tashkil etishning o`ziga xos xususiyatlari, mazmuni, tarkibiy qismlari to`grisida muhokama qilinayotganida, uning tuzilishi, ijtimoiy turmushning barcha jabxalariga oid faoliyat turlariga taalukli tomonlari qamrab olinishi nazarda tutilgan edi. Xozirgi davrda Angliyaning aksariyat universitetlarida, AKSH va Ispaniyaning bir qator universitetlarida korrektsion psixologiya moxiyatidan kelib chiqib psixolog mutaxassislar tayyorlanmoqda.
Psixologiya fanining tobora ijtimoiy xayotda barqaror, ustuvor axamiyat kasb etishi munosabati bilan korrektsion psixologiyaning roli ortib bormokda, natijada nazariyat bilan amaliyot o`rtasidagi jips aloqa uyg`unlikka ega bo`lmoqda. Psixologik xizmat ikki muxim funktsiya bajarish bilan boshqa psixologiya soxalaridan farklanib turadi, shuningdek, u tarmoklarning sintezi sifatida gavdalanadi. Uning asosiy funktsiyasidan biri – ijtimoiy xayotning turli jabxalarida (ta’lim tizimi, tibbiyot muassasalari, sanoat, qishloq xujaligi, sport, transport va xokazo) psixologik amaliy xizmatni tashkil qilishdir. Psixologik xizmatning ikkinchi funktsiyasi u yoki bu muassasa xususiyatidan kelib chiqib ilmiy-tadqiqot ishlarini o`tkazish, natijalarni taxlil qilish, psixologiya fanini yangi ma’lumotlar, qonuniyatlar bilan boyitishdir. Psixologik xizmatning tatbikiy jixatlari xalk ta’limi tizimi, ishlab chiqarish korxonalari, tibbiyot muassasalari, transport (xavo yo`llari, avtomobil, temir yo`l va suv transporti va boshqalar), oila, sport kumitasi singari tashkilotlarda uz ifodasini topmokda. Xuddi shu maqsad moxiyatiga ko’ra, psixologiya bo`yicha bakalavrlar, magistrlar tayyorlash uchun tashkiliy psixologiyadan saboq berish, amaliy ko`nikmalar shakllantirish davr talabiga aylanib qolmoqda. Uzbekiston Respublikasining universitetlarida psixolog mutaxassislar tayyorlashda ilgor jahon amaliyotidan foydalanish, etnopsixologik, xududiy xususiyatlarni xisobga olgan xolda muayyan ilmiy nazariyalar ishlab chiqish, insonlarga ta’sir o`tkazishning yangi texnologiyasini yaratish maqsadga muvofik. Quyida psixologik xizmat uyushtirishning moxiyati, psixologik testlar, metodikalar, usullar va vositalarni qo`llash, ilmiy – tekshirish o`tkazish hamda olingan natijalarni umumlashtirish, sifat, mikdor taxlilini amalga oshirish yuzasidan ma’lumot berilishiga mo`ljallangandir.
Inson psixologiyasini tushunish, tahlil qilish va rivojlantirishga jiddiy e’tibor berish masalasi hamma zamonlarda va hamma davlatlarda ham ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning yetakchi vazifalaridan biri bo’lib kelgan.
XX asr bo’sag’asida psixologiya fani va uning ilg’or vakillari o’zlarining navbatdagi jahonshumul ilmiy maqsadlari - insonga, ayni paytda, jamiyatga psixologik xizmat ko’rsatish tizimining muqarrarligini nazariy-ilmiy jihatdan asoslab berishga muvaffaq bo’ldilar.
Umuman, psixologik xizmat ko’rsatish muammosi ma’lum ma’noda, ilmiy psixologiyaning yetakchi yo’nalishlaridan biri sifatida ko’p bor munozaralar manbai bo’lgan. Bu xaqda qadimgi va dastlabki psixologik tasavvurlar makoni bo’lmish Hindiston, Xitoy, Mirs, Vavilon, O’rta Osiyo, Gretsiyadan, shuningdek, jon (ruh) xaqidagi I- kitobning muallifi Aristoteldan va temperament (mijoz) ta’limotining asoschilari Galeng`, Gippokrat va Ibn Sinolardan tortib, to hozirga qadar psixologlar o’z fikr-mulohazalarini bildirganlar va bildirib kelmoqdalar.
Tarix va ijtimoiy hayot tamoyillari shuni ko’rsatmoqdaki, jamiyatning har tomonlama rivojlanishi va unda yo`qsak darajadagi hayot, turmush tarzining qaror toptirilishi, avvalo har bir faoliyat ko’rsatuvchi shaxsdagi o’ziga xos psixologik salohiyatning ne chog’lik to’la-to’kis namoyon etilayotganligi bilan belgilanadi. Zero, har bir mamlakatning porloq kelajagini odamlardagi ijodiy, intellektual va ma’naviy taraqqiyot yo’liga xizmat qiluvchi davlat mexanizmisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. SHu bosdan bo’lsa kerak, hozirgi kunda barcha rivojlangan va rivojlanish yo’lidan borayotgan mamlakatlar birinchi galda o’z fuqarolarining ma’naviy va intellektual, jismoniy va ruhiy barkamolligiga va undan ijtimoiy manfaatlar uchun samarali foydalanish yo’llarini izlashga jiddiy e’tiborni qaratmoqdalar. SHu nuqtai nazardan,har bir mamlakatda inson va uning faoliyati o’rtasidagi uyg’unlikni ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy-psixologik xizmat tizimining joriy etilishi alohida ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, I.A.Karimovning "Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik Markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to’g’risida"gi farmoyishi orqali qat’iy ta’kidlanganidek, bugungi kunda "odamlarning o’zliklarini chuqur anglashini, musta qillikning qadrini tobora teran tushunishni, milliy tafakko`rning kengayishi va takomillashuvini, tarixiy hurlik, mustaqillik ruhining uyg’onishini ta’minlash ma’naviyat sohasidagi siyosatimizningasosiy maqsadiga aylanishi lozim.
Psixologik maslahat - bu psixolog kasbiy mutaxassislik faoliyatida nisbatan yangi soha hisoblanib, mamlakatimiz fan taraqqiyotida psixologiyaga oid ilmiy tadqiqot ishlari psixologiya fanini o`qitish, psixologik korrektsiya va psixodiagnostika kabi an’anaviy amaliy ish shakllari bilan bir qatorda mustaqil faoliyat sohasi sifatida yaqinda ajralib chikdi. So`zsiz bu faoliyat mutaxassisdan maxsus, juda chuqur bipim hamda kasbiy tayyorgarlikni talab etadi. Bu tayyor- garlikni oddiygina tashkil etish, yuqorida sanab o`tilgan bilim sohalari va malakalar bilan almashtirish mumkin emas, biroq psixolog- maslahatchi uchun mazkur bilimlarning barchasi \am juda zarur.
Psixologik maslahatlar sohasidagi bilimlar faqat amaliy psixolog bo`lishni xoxlovchilar uchun emas, balki ijtimoiy xizmat xodimlari va defekgologlar (maxsus psixo­logiya sohasidagi mutaxassislar) uchun ham majburiy hisob- lanadi.
Korrektsion psixologiya fanida esa inson shaxsi va individualligini targib toptirish jarayoniga faol ta’sir ko`rsatishni takozo qiladi. Psixologik xizmatning ushbu yo`nalishida alohida axamiyat kasb etadigan narsa bu -bolalar, o`quvchilar, talabalar xulkining buzilishi, ta’limda o’zlashtirishning yomonlashuvi kabilarni o’rganadi.
Psixolog bolalar, o`quvchilar, talabalarning psixik taraqqiyotidagi xulqi va muomalasidagi nuqson va kamchiliklarni asta -sekin tuzatish korrektsiya qilish dasturini ishlab chiqaradi va amaliyotga uni tadbiq etadi. Buning uchun ular bilan maxsus mashg`ulotlar o`tkazadi va ijodiy qobiliyatlarni o`stirish maqsadida treninglar olib boradi
Korrektsion ishlarda guruxning qadriyatlarga yo`nalganligi etnopsixologik va etnomadaniyati xususiyatlari, elat tarixi , millat odati, usuli, rasm-rusmlari va boshqa etnos o’z aksini topishi lozim.
Yüklə 52,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin