“Informatika o’qitish metodikasi» fani umukasbiy fanlarining asosiy fanlaridan biri hisoblanib, 5 va 6 semestrlarida o’qitiladi. Dasturni amalga oshirish o’quv rejasida rejalashtirilgan «Informatika» yo’nalishidagi hamda «Pedagogika», «Psixologiya», «Pedagogik texnologiyalar» fanlarining nazariy va amaliy xulosalariga tayanadi
Fanini o‘zlashtirish uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish, darslarni savol javob tarzida qiziqarli o`tkazish alohida ahamiyatga ega. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, elektron materiallar, virtual stendlar va ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim.Bu ta’lim o‘z mohiyatiga ko‘ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to‘laqonli rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. Bu yesa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini yemas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog‘liq o‘qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.
Tizimli yondoshuv.Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o‘zida mujassam etmog‘i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo‘g‘inlarini o‘zaro bog‘langanligi, yaxlitligi.
Faoliyatga yo‘naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o‘quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo‘naltirilgan ta’limni ifodalaydi.
Dialogik yondoshuv.Bu yondoshuv o‘quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o‘z-o‘zini faollashtirishi va o‘z-o‘zini ko‘rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.