1-Mavzu: informatika va raqamli texnologiyalar fanining asosiy rivojlanish yoʼnalishlari


Informatikaning asosiy rivojlanish yoʼnalishlari



Yüklə 160,33 Kb.
səhifə9/15
tarix19.12.2023
ölçüsü160,33 Kb.
#185107
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
1-Mavzu informatika va raqamli texnologiyalar fanining asosiy r

Informatikaning asosiy rivojlanish yoʼnalishlari

Axborotlarni qayta ishlash, saqlash va uzatish insoniyat rivojlanishining har bir bosqichida turli ko‘rinishlarda rivojlanib borib, turli ko‘rinishlarga ega bo‘lgan. Eng sodda zamonaviy axborot sistemasigacha tining paydo bo‘lishi, so‘ngra muloqatning paydo bo‘lishi uchun insondan alohida biror asbob talab qilinmagan. Unga inson miyasining quvvati yetarli hisoblangan. Inson tajribasi va bilimini orttirishda, axborot almashinishda til va nutq vositachi vazifasini bajargan. Ularning og‘zaki xikoyalarida yig‘ilishi xotirada saqlanishi va avloddan avlodga o‘tib borishi, insoning tabiy imkoniyatlari tufaylidir. Rivojlanishning taraqqiyot bosqichlari rivojlangan sari, insonlarning axborot to‘plashi, qayta ishlashi va ularni uzatishi o‘zgarib borgan. Axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash va ularni uzatish bosqichma-bosqich amalga oshirilgan.

  1. bosqich. Yozuvning paydo bo‘lishi, saqlanishi va avloddan avlodga o‘tishidir. Yozuv paydo bo‘lishi bilan inson birinchi marta qayta ishlash texnologiyasidan quvvat oldi. (9-rasm)


9-rasm. Qadimiy yozuv namunalari

  1. bosqich. (XVI) asr o‘rtalarida kitob bosib chiqarilishining yaratilishi bilan bog‘liq, ya’ni madaniyatning rivojlanishiga olib keldi. Kitob nashr etish fanning rivojlanishi bilan birga soha bilimlarining jadal rivolanishiga olib keldi. Mehnat jarayonida, stanoklarda, mashinalarda ishlash orqali orttirilgan bilimlarni yangi fikrlash manbai va ilmiy yo‘nalishlarga tadbiq etildi. (10-rasm)


10-rasm. Kitob chop etish qurilmasi



  1. – bosqich. (XIX) asr oxirlari. Elektr energiyasi paydo bo‘lishi bilan birga telefon, telegraf, radio orqali ko‘p miqdordagi axborotlarni uzatish va qabul qilish imkoniyati yaratildi. (11-rasm)


11-rasm. Birinchi elektr energiyasi




13-rasm. 1970-yil shaxsiy kompyuteri

  1. – bosqich. Axborot revolyusiyasining bo‘lishi bilan xarakterlandi. Bu bosqichning boshlanishi XX asrning 40-yillariga, ya’ni universal EHMlarning yaratilishi davriga to‘g‘ri keldi. (12-rasm) 70-yillarda axborot texnologiyasining yadrosi bo‘lgan mikrotexnlogiya va shaxsi kompyuterlar yaratildi. Hisoblash texnikasining rivojlanishi evolyusiyasida mikroprotsessor yo‘nalishi paydo bo‘ldi. (13-rasm)





12-rasm. 1940-yil EHMlari


  1. – bosqich. (XX) asr oxiri. Boshqarish tizimlarni osonlashtirish maqsadida axborot texnologiyalari qayta ishlandi. Axborotlarni mazmunli qayta ishlash negizida shunday algoritm va modellar borki, ular bizga boshqaruv tizimini o‘rganish imkoniyatini beradi. Kompyuterlarning paydo bo‘lishi – bu insoniyatning ulkan yutug‘i hisoblanadi, Axborotlarni xotirasida yig‘ib ularni tez qayta ishlash imkoniyatiga ega. (14-rasm)


14-rasm. 2000 yil kompyuterlari

XX asr oxirida xar xil modellar ishlab chiqildi (matematik, mantiqiy va.b.) va texnik boshqarish algoritmlari (avtomatlashtirilgan va avtomatik ishlab chiqarish) va ijtimoiy tizimlar. Har qanday ishlab chiqarish asosida boshqarishsiz amalga oshmaydigan maqsadga yo‘naltirilgan harakatlar yotadi. XX asr oxiriga kelib, mantiqiy axborot ishlab chiqarishlar ko‘payib qoldi. Boshqaruvchining aqliy imkoniyatlari boshqarishning effektini oshishiga olib keldi1.


Beshinchi bosqichning asosiy mazmuni shuni bildiradiki, ya’ni nafaqat boshqarish faoliyatidagi effektning keskin ko‘tarilishi, balki undagi ishchi kuchlarining ortishi ham inobatga olindi. Shunday qilib texnologiyaning yangi turi – axborot texnologiyalari ma’lumotning va mahsulotning qaerdan kelishi bu axborot hisoblanadi.
Informatika fanining asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat:
* Nazariy informatika
* Kibernetika
* Dasturlash
* Sun'iy intellekt
* Axborot tizimlari
* Hisoblash texnikasi
* Tabiat va jamiyatdagi informatika

Yüklə 160,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin