1-rasm. Tashkilotning tizim sifatidagi tashqi muhiti. Firmaning ichki muhiti omillariga, masalan, ilmiy-texnik salohiyat, ruhiy holat, infratuzilma, xodimlar malakasining darajasi va h.k. kiradi.
Tizimning elementlari mustaqil va sifatli bo‘linmaydigan birlikdir. Bir birlari va atrof muhit bilan o‘zaro hamkorlikni ular moddiy, energetik va axborotli muhit bilan ta’riflaydilar. Belgilangan yaxlitlik va maqsadga yo‘naltirilganlikka ega o‘zaro hamkorlik qiluvchi elementlarning masofaviy – vaqtli agregatlari (yig‘indilari) vazifaviy tizimchalarda ajratadilar. Tizimni tizimchalarga bo‘linishi tizimning ierarxiyasini ochishga va uning har xil darajada batafsil tekshirishligini ko‘rib chiqishga imkon beradi.
Tizimning murakkabligi ierarxiya darajalarining soni, tizimda aylanib yuruvchi axborotlarning hajmi, hamda uning tuzilishining murakkabligi, elementlarning soni va aloqalari bilan belgilanadi. Aloqalarning yig‘indisi tizimning tuzilmasini tashkil qiladi. Har bir tizim qo‘yilgan maqsadga erishishga qaratilgan faoliyat yuritish algoritmiga ega.
Tizimni tizimning kiruvchi boshqaruvchilari, to‘lqinlanuvchi, o‘zgaruvchanlari va chiquvchi parametrlari o‘rtasidagi aloqani aks ettiruvchi model yordamida shakllantiradilar. Katta va murakkab tizimlar va kichik tizimlarning yig‘indisidan iborat bo‘ladi va ulardan ham miqdoriy va ham sifatiy nisbatlarda farq qiladilar.
Katta va murakkab ierarxik tizimlarga quyidagilar xos:
umumiy maqsadlarning mavjudligi (belgilanish);
yaxlitlik va tugallanganlik;
bajarilayotgan vazifalarning katta miqdorlari va katta soni;
vazifalarning ko‘p jihatliligi va turli tumanliligi;
hulqning murakkabliligi va undovchi sabablarning ko‘p jihatliligi;
musobaqaluvchi, raqobatlashuvchi va har tomonga yo‘naltirilganligi tendensiyalarining mavjudligi.
Tizimni ichida sodir bo‘layotgan katta tizimlar kabi noaniqlik va axborotlarning ehtimol bo‘lgan to‘liq emasligi xos bo‘lgan, qarama-qarshi yo‘nalishdagi jarayonlar uning samaradorligini pasaytirish mumkin.
Innovatsion tizimning 2-rasmda berilgan murakkab, ko‘p bosqichli, ko‘p kompozitsiyali tizimini ko‘rib chiqamiz. Kirish, chiqish va tashqi muhit tizimning tashqi muhiti bo‘ladi. Tizimning kiruvchi parametrlari – bu moddiy, energetik, axborot va kognitiv (ilmiy bilimlar) oqimlaridir. CHiquvchi parametrlar yangi jarayonlar, mahsulotlar, xizmatlar, foyda, xodimlarning yangi bilimlari, ishlab chiqarishni o‘sishi, yangi segmentlar va yangi bozorlarni o‘zlashtirilishi, sotsial javobgarlik, xodimlarning qanoatlantirilganligidan iboratdir.