7-rasm. Tashkilotning yashash davrasi
I–innovatsion tadbirkorlik bosqichi, yuqori ijodiy imkoniyatlar; II-innovatsion faoliyatni faollashishi, nomoddiy aktivlarni shakllantirish, jamoadagi norasmiy muloqat; III-yangiliklarning yirik seriyalariga chiqish, barqaror tashkiliy tuzilmalar, iqtisodiy samaradorlikka e’tibor berish; IV-tuzilmalarni murakkablashishi, rivojlanishning yangi variantlarini qidirib topish, markazlashishni tugatish, har tomonlama rivojlanish, yangi bozorlarga o‘tish, V-qo‘ldan berilgan imkoniyatlar va texnologiyalarni eskirishi, innovatsion faoliyatni davom ettirish uchun birlashishlar va yutilishlar zaruriyati.
Tashkilotlarning ularning raqobati kurashida mavjud bo‘lishilari nuqtai nazaridan yashash davralari nazariyasi I. Adizes tomonidan ko‘rib chiqilgan. I. Adizes konsepsiyasi 1990 yillarning o‘rtalarida Harbiy iqtisodiyotda keng tarqalgan edi. Vaziyatli tahlilga asoslangan I. Adizes konsepsiyasi tashkilotni yaratilishi, tez o‘sishi, etukligi, barqarorligi va tanazzuli bosqichlarini batafsil tadqiqot qiladi. Muallif firmani o‘sishi kasalligi uning tashqi va ichki muhitdagi vaziyatlarga bog‘liq hulqining xususiyatlarini ko‘rsatadi, ularning sabablarini tadqiqot qiladi, “tashhis” qo‘yadi va “bashorati”ni beradi: “sog‘lomlashtirish” yoki “o‘limga olib boradigan” imkoniyatlari va yo‘llarini ko‘rsatadi. I. Adizes birinchi marta firmaning yashash davrasi bosqichlarini “kasallikning og‘irligi” bilan, ya’ni davra fazalarini muvofiq o‘tishidan chetga chiqishlar bilan bog‘laydi.
U menejmentning xatolarini va ularni tuzatish bo‘yicha to‘g‘ri xarakatlarni ko‘rsatadi, shuning bilan bir vaqtda chorasiz vaziyatlar va menejer harakatlarning foydasizligini ajratadi. Firmaning o‘sish nazariyasi firmaning ko‘pgina “kasalliklari” ni oldini olishni namoyish qila turib, tadqiqotchilar e’tiborini eskirish sabablariga jamlaydi. Masalan, taraqqiy qilish va eskirish va tanazzulni kelishidan uzoqlashish omillari orasida firmaning innovatsion faolligi va ustuvor raqobatli afzalliklarni shakllantirish ajratadi.
Tashkilotni tashkil qilish bosqichida ijodiy jarayon erkin o‘tadi, u tashqi muhit vaziyatlarini tahlil qilish va ayniqsa raqobat mexanizmlarini o‘rganishga asoslanadi. Firmani tashqi muhitga vaziyatli yondashishi o‘sish imkoniyatlarini his qilish va kerakli resurslarni olinishini ta’minlashdan iborat bo‘ladi, ular orasida yangi bilimlar va texnologiyalar, nou-xaular alohida rol o‘ynaydi.
Birinchi bosqich uchun tashqi va ichki muhit omillarining yuqori noaniqligi xosdir. Adizes ratsional kutishlar gipotezasini tahlilning qurollari ko‘rinishida taklif qiladi. Bozorlar, raqiblar va iste’molchilarni tovarga javoblari haqidagi menejer olish mumkin bo‘lgan barcha axborotlardan foydalangan holda, talabning o‘rtacha kutilgan darajasi, narxlarning dinamikasi, raqiblar bilan kurashish natijasining ehtimolini belgilash mumkin.
Ratsional kutishlar gipotezasi ob’ektiv va sub’ektiv ehtimollar nisbati muammosini hal qilishga harakat qiladi, ya’ni moslashtirilgan kutishlar va kutilgan foydalikning ertaroq nazariyasiga katta ulush qo‘shadi.
Tashkilot yashash davrasining ikkinchi bosqichida innovatsion biznes kengayadi, ya’ni samarali yaratish va yangiliklarni tadbiq etish firmani iqtisodiy o‘sishiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Xuddi yangiliklar raqobat afzalliklarini ichki resurslar (malakali xodimlar, yangi texnika va texnologiya, investitsiyalar)dan muvofiq foydalanish imkoniyatini yaratadilar.
Ushbu bosqichda boshqaruvning adekvat tashkiliy tuzilmalari va usullarini tanlash muhim vazifa bo‘ladi. Firmani o‘sish bosqichi Adizes taxminlariga asoslanadi, to‘liq bo‘lmagan axborotlar sharoitida kutilgan foydalikni ko‘paytirish gipotezasi tanlovni tahlil qilishning dastlabki joyi bo‘lishi mumkin. Xuddi shu erga tashkilotning uzoq muddatli yutuqni ko‘paytirish mumkin bo‘lgan strategik hulqini modellashtirish imkoniyati qo‘yilgan, qisqa muddatli davrda barcha yangiliklar ham foydani kattalishishini namoyish qilmaydilar.
Moliyaviy barqarorlik va o‘sishning dinamikligini ta’minlovchi jarayonlarning muvofiq nisbati ushbu bosqichda tashkilot sog‘lomligining o‘lchami bo‘ladi. “Kasalliklarni oldini olish” aqliy aktivlarni shakllantirish, mustahkam ilmiy-texnik bazani yaratish, boshqaruvning norasmiy psixologik usullaridan foydalanishga to‘g‘ri yondashishdan iborat bo‘ladi.
Etuklik bosqichi barqaror va unumdor texnologiyalarning poydevoriga, innovatsiyalarning samaradorligini oshishiga asoslanadi. Bu erda firma faoliyatning turli tumanligini kengaytirish, sotishlar hajmini ancha ko‘paytirish, yangi tuzilmalar va bo‘linmalarni paydo bo‘lishini mo‘ljallaydi. Ko‘pincha firma yirik, ierarxik murakkab tashkilotga aylanadi, unda bozor ishtirokchilarining soni nisbatan katta emas va ular faoliyatning ko‘lamlari, raqobat afzalliklari va iqtisodiy natijalar bo‘yicha solishtirish mumkin. Bitta ishtirokchining hulqi umuman bozorning holatiga va demak, raqiblarning holati va hulqiga albatta ta’sir ko‘rsatadi.
Agar innovatsion biznesni yaratilishi bosqichida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning harakatlari muhitning holatiga hech qanday sezilarli ta’sir ko‘rsatmasa, chunki mukammal raqobat sifatida bozorning boshqa ishtirokchilarining xulqi ham boyliklar narxiga g‘oyatda kam ta’sir ko‘rsatadi, unda bu erda kutishlar nazariyalarining qurollari keng qo‘llaniladi. Etuk yirik firma oldini olish uchun na mukammal oldindan ko‘rishga va na ratsional tanlovga ega. Barqarorlashish bosqichida raqobat kurashidagi tanazzul va mag‘lubiyatdan qochish uchun rivojlanishning yangi variantlarini qidirib topish, markazlashtirish jarayonlarini vakolatlarni boshqacha topshirish bilan muvofiq birlashtirish zarur.
YUqori innovatsion faollikka ega eng muvaffaqiyatli firmalar ishlab chiqarishni har tomonlama rivojlantirishlari, shuning asosida bundan keyingi yangilanish strategiyasini qurishlari va yangi bozorlarga bostirib kirishlari kerak.
Ammo ko‘pgina yirik firmalarni rivojlanishida hamma vaqt ham har tomonlama rivojlanish va innovatsion rivojlanishning afzalliklaridan foydalanib bo‘lmaydi. Qo‘ldan chiqarilgan imkoniyatlar, tovarlar va texnologiyalarni eskirishi firmani og‘ir “kasalliklar”ga olib keladi. Avvalgi raqobat afzalliklarini “sug‘urib olish”, yangilash va qaytarishga katta mehnat bilan erishiladi. Ko‘pgina firmalar, samarali yo‘lni topa olmay, qayta tashkil qilishlar, birlashishlar va yutib yuborilishlarga murojaat qilishga majburlar. Qo‘llangan harakatlarning samarasizligida firmaning “kasalligi” zo‘rayadi va bankrotlik ehtimoli o‘sadi. Adizes nazariyasi hozircha bizning sharoitimizda kamroq qo‘llaniladi, ammo katta imkoniyatlar va istiqbollarga ega.
Tashkilotning yashash davri konsepsiya asosiy dastlabki tamoyillarining alohidagi ahamiyatini namoyish qiladi, ular iqtisodiy ob’ektlar va tizimlarni ularning o‘zini o‘zi rivojlantirish va takomillashtirish nuqtai nazaridan o‘rganishni talab qiladi. Davraviy yondashishlarning tizimli tahlil bilan yaqin aloqasi shuning bilan izohlanadi, buning asosida innovatsion faoliyatni boshqarish jarayoniga tizimlilik, butlik va yakunlanganlikni kiritish mumkin bo‘ladi.
Innovatsion faoliyatda korxona, tashkilot, texnika va texnologiya, tovarlar va xizmatlar kabi iqtisodiy ob’ektlar va tizimlar uzluksiz yangilanishga yo‘naltirilgan vositalar va usullarning yaxlit yig‘indisi sifatidagi ierarxik birga tobe bo‘lish va o‘zaro hamkorlikda ko‘rib chiqiladi. Boshqacha qilib aytganda, har xil ko‘lam va darajadagi innovatsion jarayonlar iqtisodiy tizimlarni rivojlanishining asosini tashkil qiladilar.
Har xil ishlab chiqarish, ilmiy-texnik, tashkiliy, kreativ va sotsial tizimlarda o‘tuvchi innovatsion jarayonlarning xususiyatlarni tadqiqot qilish innovatsion menejmentning natijaviyligini oshirishning asosida yotadi.
Innovatsion jarayonda dinamik tizim sifatida nafaqat yangi g‘oyalar, yangi bilimlarni yaratish, ishlab chiqarish va iste’mol qilish tizimchasini, balki g‘oyani tajribali namunada ishlab chiqarishli ro‘yobga chiqarish uchun yangi uskuna, yangi texnologiya, yangi materiallarni qo‘llashni ham ajratish kerak. YAngilik kiritish ilmiy-texnik gavdalantirish bosqichini o‘tadi, u muhandislik takliflari, laboratoriya sinovlari, konstruktorlik hujjatlarini yaratilishi, tajriba namunalarini yaratilishi va ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashning natijasi bo‘ladi. YAngilik kiritishdan haqiqiy samara faqat uning bozor sharoitlaridagi tarqatilishi, diffuziyasi va tijoratlashtirilishi natijasida namoyon bo‘ladi.
Innovatsion menejmentdagi boshqaruv jarayonlarini batafsil tahlil qilinishi va takomillashtirilishi tizimli yondashishda to‘liqroq ochib beriladi. Tizimli tahlilning markaziy tushunchasi tizimdan, ya’ni murakkab ichki qurilishga, bir birlari va atrof muhit bilan o‘zaro hamkorlik qiluvchi tarkibiy qismlar va elementlarning katta soniga ega ob’ektdan iboratdir.
Innovatsion menejment uchun tashkilotni ochiq tizim sifatida tushunish asosiy dalil bo‘ladi. Tashqi muhit bilan yaqindan o‘zaro hamkorlikka ega bo‘lgan holda, u tashqi muhit tomonidan ham to‘g‘ridan to‘g‘ri va ham vositali ko‘p sonli ta’sirlarga duch keladi. Bir vaqtda tashkilot ichki mikromuhitga ega, uning elementlari ham tashqi muhit omillariga o‘zaro bog‘liqlikda bo‘ladilar.
Tizimning elementlari mustaqil va shartli bo‘linmaydigan birliqdir.
Har bir tipik jarayon yagona harakatlar tizim elementlaridan tashkil topadi.
Dostları ilə paylaş: |