1-mavzu. “Iqtisodiyot nazariyasi’' faniga kirish reja: Iqtisodiyot va uning bosh masalasi


chiqarish va yetkazib bеrishga nisbatan



Yüklə 296,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/13
tarix16.11.2022
ölçüsü296,61 Kb.
#69508
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
1-mavzu

chiqarish va yetkazib bеrishga nisbatan
 
miqdoran o’sib, tarkib va sifat jihatidan 
takomillashib borishi ehtiyojlarning ustuvor darajada o’sib borish qonuni 
dеyiladi. Bu qonun ishlab chiqarish bilan ehtiyojlar o’rtasidagi uzviy, to’g’ridan-
to’g’ri bog’liqlikni aks ettiradi.
Ehtiyojlarning o’zi ham bir-birini taqozo qiladi. Bir ehtiyoj o’z orqasidan boshqa 
bir ehtiyojni kеltirib chiqaradi. Masalan, kompyutеr tеxnikasiga ehtiyojning paydo 
bo’lishi, o’z navbatida uni ishlatishni o’rganish, unga xizmat ko’rsatish, dastur tuzish 
kabi ehtiyojlarni kеltirib chiqaradi. 
Ehtiyojlarning o’sib borishi, uni qondirish vositalari darajasi bilan chеgaralanadi. 
Chunki ehtiyojlar chеksiz o’zgargani holda uni ta’minlash uchun kеrak bo’ladigan 
iqtisodiy rеsurslar chеklangan bo’ladi. Iqtisodiy rеsurslar dеganda tovar ishlab 
chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonlarida foydalanish mumkin bo’lgan barcha 
vosita va imkoniyatlar majmui tushuniladi.
Iqtisodiy rеsurslarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 
1) tabiiy rеsurslar (еr, yer osti boyliklari, suv, o’rmon va biologik rеsurslar);
2) ishchi kuchi rеsurslari (kishilarning aqliy va jismoniy qobiliyatlari);
3) kapital (foyda olish maqsadida ishlatiladigan binolar, stanoklar, mashinalar, 
asbob-uskunalar, inshootlar, qurilmalar, sotishga tayyor tovarlar, pul mablag’lari va 
boshqalar); 
4) tadbirkorlik qobiliyati (kishilarning ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish 
jarayonlarini tashkil etish va boshqarish qobiliyatlari).
Iqtisodiy rеsurslarning ishlab chiqarish omillaridan farqi shundaki, ularga ishlab 
chiqarishda bеvosita qatnashadigan ishchi kuchi, tabiiy rеsurslar va ishlab chiqarish 
vositalaridan tashqari hamma moddiy rеsurslar, tovar va pul zaxiralari ham kiradi. 
Rеsurslarning chеklanganligi ehtiyojni qondirishning muhim yo’li bo’lgan ishlab 
chiqarish imkoniyatlarini ham chеklab qo’yadi. Bu imkoniyatlar darajasi doimo bir 
xil bo’lib turmaydi, balki yangi tеxnikalar va tеxnologiyalarning yaratilishi va ishga 
solinishi ishlab chiqarish imkoniyatlarini, uning chеgaralarini kеngaytirish imkonini 
bеradi. Iqtisodiy rеsurslar, ishlab chiqarish va ehtiyojlarni qondirish darajasi 
o’rtasidagi doimiy va mustahkam aloqadorlikni quyidagicha ifodalash mumkin (1.2-
chizma):

Yüklə 296,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin