1. Texnologik parametrlarga bog‘liq ravishda innovatsiyalar mahsulotli va
jarayonli
innovatsiyalarga bo‘linadi.
Mahsulotli innovatsiya deganda yangi xom - ashyo, materiallar va yarim
fabrikatlarni
qo‘llash va yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish tushuniladi.
Jarayonli innovatsiya - ishlab chiqarishni tashkil qilishning yangi uslublari
(texnologik jarayon o‘zgarishlari) hisoblanadi.
2. Innovatsion bozor uchun yangiligi bo‘yicha innovatsiyalar quyidagilarga
bo‘linadi:
a) jahonda tarmoq uchun yangi;
b) mamlakatda tarmoq uchun yangi;
v) alohida korxona uchun yangi.
3. Tizimdagi o‘rni bo‘yicha innovatsiyalar bo‘linadi:
a) ishlab chiqarishga kirish tomonidagi innovatsiyalar;
b) ishlab chiqarishdan chiqish tomonidagi innovatsiyalar;
v) korxona strukturasi innovatsiyalari.
4. Kiritiladigan o‘zgarishlarning chuqurligi jihatidan:
a) radikal (tubdan o‘zgartiradigan);
b) takomillashtiruvchi (yaxshilaydigan);
v) Modifikatsion (zamonaviylashtiradigan).
5. Faoliyat sohasi bo‘yicha innovatsiyalar bo‘linadi:
a) texnologik;
b) ishlab chiqarish;
v) iqtisodiy;
g) savdo - sotiq;
d) ijtimoiy;
e) boshqarish.
Innovatsion o‘zgarishlarni o‘ziga xos kuzatilishi 1920 yilda rus olimi N.D.
Kondratev tomonidan o‘tkazilgan.
N.D. Kondratev xo‘jalik kon’yunkturalarning katta sikli nazariyasining
muallifi.
U sikllar ko‘pligi g‘oyasini asoslagan va davriy to‘lqinlar tebranishi modelini
ishlab
chiqqan: qisqa davrlar (3 - 3,5 yil), savdo - sanoat davri (o‘rta davr - 7 - 11 yil),
katta
davrlar (48 - 55 yil).
N.D. Kondratevning baholashi bo‘yicha XVIII asr oxiridan boshlab katta
sikllar
davri quyidagicha bo‘lgan:
1. Ko‘tarilish to‘lqini: oldingi asrning 80 yillari
oxiri 90 yillarining boshidan to 1810-1817 yillargacha.
2. Pasayish to‘lqini: 1810-1817 yillardan to 1844-1851 yillargacha.
3. Ko‘tarilish to‘lqini: 1844-51 yillardan to 1870 - 75 yillargacha.
4. Pasayish to‘lqini: 1870 - 75 yillardan to 1890 - 96 yillargacha.
5. Ko‘tarilish to‘lqini: 1890-96 yillardan to 1914 - 20 yillargacha.
6. Ehtimolli pasayish to‘lqini: 1920 yillardan.
N.D.
Kondratev
aytishicha,
innovatsiyalar
xo‘jalik kon’yukturasini
pasayishdan ko‘tarilish tendensiyasiga to‘lqinli o‘zgarish bilan o‘tkazadi.
U yangiliklar vaqt bo‘yicha notekis taqsimlanishini va guruhlar, klasterlar bilan
namoyon bo‘lishini ko‘rsatdi (klaster - bir-biriga bog‘liq bo‘lgan guruhlar). Bu
klasterli yondashish deb ataladi. N.D. Kondratevning tavsiyalari innovatsion
strategiyalarni ishlab chiqishda qo‘llanilishi mumkin.