1-mavzu. Ishlab chiqarishni boshqarishda iqtisodiy axborotlarning roli, xususiyati va xarakterli turlari reja



Yüklə 38,63 Kb.
səhifə6/6
tarix16.09.2023
ölçüsü38,63 Kb.
#143993
1   2   3   4   5   6
1-mavzu lotin

a) axborotning reprezentativligi – obyekt xususiyatini ifoda etish maqsadalrida uni to’g’ri tanlash va shakllantirish bilan bog’liqdir.
b) axborotning mazmundorligi – axborotning mazmundorligi ortishi bilan axborot tizimining semantik o’tkazish quvvati ortadi chunki bir xildagi ma’lumotlarni olish uchun kamroq xajmda ma’lumotlarni o’zgartirish talab etiladi.
v) axborotning yetarliligi – qaror qabul qilish uchun minimal, lekin yetarli tarkibga ega ekanligini bildiradi. Axborotning to’laliligi tushunchasi uning manosi mazmuni va progmatikasi bilan bog’liqdir. To’g’ri qaror qabul qilish uchun to’liq bo’lmagan, ya’ni yetarli bo’lmagan, xuddi shuningdek ortiqcha bulgan axborot ham foydalanuvchining qabul qilgan qarorlarni samaradorligini kamaytiradi.
g) axborotning aktualligi - axborotdan foydalanish vaqtida uning boshqarish uchun qimmatliligi saqlanib qolishi bilan belgilanadi va uning xususiyatlari o’zgarishi dinamikasi hamda ushbu axborot paydo bulgan vaqtdan buyon o’tgan vaqt oraligiga bog’liq bo’ladi.
d) axborotning o’z vaqtidaligi – uning avvaldan belgilab quyilgan vazifani hal etish vaqti bilan kelishilgan vaqtdan kechikmasdan olinganligini bildiradi.
ye) axborotning aniqligi - olinayotgan axborotning obyekt, jarayon, xodisa va hokazolarning real holatiga yaqinligi darajasi bilan belgilanadi.
j) axborotning ishonarliligi - axborotning ishonarliligi zarur aniqlikning ishonarliligi ehtimoli bilan, ya’ni axborot orqali ifoda etilayotgan muayyan parametr ushbu parametrning haqiqiy xajmidan zarur aniqlik darajasida farq qilishi bilan o’lchanadi.
z) axborotning barqarorligi - axborotning asos qilib olingan ma’lumotlar aniqligini buzmasdan o’zgarishlarga ta’sir qilishga qodirligini aks ettiradi. Axborotning barqarorligi aynan reprezentativ axborotni tanlash va shakllantirishning tanlab olingan uslubiyotiga bog’liqdir.
Takrorlash uchun savollar

  1. Axborot deganda nimani tushunasiz?

  2. Iqtisodiy axborot qanday xususiyatlarga ega?

  3. Iqtisodiy axborotning xarakterli turlarini suzlab bering?

  4. Axborot kommunikasiyalari deganda nimalarni tushunasiz?

  5. Axborotning xossalarining qaror qabul qilish jarayonlaridagi ahamiyati.

Yüklə 38,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin