1-mavzu. Ishlab chiqarishni boshqarishda iqtisodiy axborotlarning roli, xususiyati va xarakterli turlari reja


Boshqaruv faoliyatida axborotlar asosida boshqaruvni tashkil qilishning ahamiyati



Yüklə 1,79 Mb.
səhifə32/73
tarix17.04.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#99053
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   73
1 mavzu Ishlab chiqarishni boshqarishda iqtisodiy axborotlarnin

6. Boshqaruv faoliyatida axborotlar asosida boshqaruvni tashkil qilishning ahamiyati.

Keyingi davrda tizimlar (tizimlar) to’g’risida ko’p gapirilmoqda, bunday tizimlar funksional vazifasiga qarab turlicha mazmunga egadir. Ularning yaratilishi ishlab chikarishdagi rivojlanish natijasida paydo bulgan bir qancha extiyojlar asosida vujudga kelgan. Bunday tizimlarning yaratilishi boshqarishdagi turli kamchiliklarni yo’qotilishiga olib keladi. Shuni aytish kerakki, yuqorida aytganimizdek boshqarish bu-boshqarish subyektining boshqaruvchi obyektiga bqlgan ta’siridir. Shunday ekan biz bilgan tizimlar ichida shundaylari mavjudki, ularni boshqarib bo’lmaydi,yoki ularga ta’sir ko’rsatish juda qiyin. Masalan: quyosh tizimidagi planetalarning harakati, vulqonlarning otilishi, momaqal-diroqning bo’lishi va hokazo.


Demak, bundan ma’lum bo’ladiki boshqarish nuqtai nazaridan qaraydigan bo’lsak, obyeklar boshqaruvchi obyektlarga hamda boshqarilmay-digan obyektlarga bo’linadi. Boshqarish sohasida hozirgi kunga kelib juda katta ilmiy texnikaviy yutuqlarga erishildi. Bugungi kunga kelib boshqarishni kibernetika va uning texnikaviy moslamalarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Kibernetika so’zining paydo bo’lganidan boshlab bugungi kungacha uning rivojlanishi tarixini uning asoschilardan bo’lmish quyidagi olimlarning ta’rifidan bilishimiz mumkin. Norbert Viner ta’rificha: “Kibernetika hayvonot va mashinalar, boshqarish va aloqa masalalariga oid”. Akademik A.I.Ber ta’rificha esa: “Kibernetika-murakkab tizimlarni maqsadga muvofiq optimal boshqarish to’g’risidagi fandir”, Respublika-mizda kibernitika asos solgan V.K. Qobulovning ta’rificha: “Kibernetika murakkab dinimik tizimlarni boshqarish, ular orasidagi informasion aloqalar va shunga kerakli texnik moslamalar haqidagi fandir”. Kibernetikaga berilgan bu ta’riflar turli tarixiy davrga to’g’ri keladi va ulardan ma’lum bo’ladiki, ilmiy texnika taraqqiyoti natijasida kibernetika soxasining rivojlanishini bu ta’riflardan ko’rishimiz mumkin.
Boshqarish masalasini qarar ekanmiz, yuqorida aytganimizdek obyektga kamida ikki xil ta’sir ko’rsatish mumkin bo’lsagina bu obyekt boshqariladigan obyekt hisoblanadi. Boshqarilish masalasini quyidagi prinsipal sxema orqali ifodalash mumkin.
Boshqarish zanjiri
Boshqarish signallari

Axborot signallari


Teskari aloqa zanjari

Fan texnika taraqqiyoti natijasida hozirgi kunda ko’pchilik tarmoq-larda vujudga kelgan boshqarish holatini e’tiborga olib yuqoridagi sxemaga quyidagicha o’zgartirishlar kiritish mumkin:


Boshqarish zanjiri


Regulyator

Boshqariluvchi ob’ekt


Dastur


Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin