1-mavzu. Ishlab chiqarishni boshqarishda iqtisodiy axborotlarning roli, xususiyati va xarakterli turlari reja


Amaliy dasturlar paketi va uning tasniflanishi



Yüklə 1,79 Mb.
səhifə58/73
tarix17.04.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#99053
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   73
1 mavzu Ishlab chiqarishni boshqarishda iqtisodiy axborotlarnin

3. Amaliy dasturlar paketi va uning tasniflanishi.
Amaliy dasturlar paketlari (ADP) odatda maxsus tizimlar asosida quriladi va u bundan keyingi aniq yo’nalishida rivojlandi. Ular hisoblash vositalarining dasturli ta’minlashida alohida etkazib beriladi, o’zining hujjatlariga ega va operatsion tizimlarning tarkibiga kirmaydi.
Kqpgina paketlar integratsiyaning shaxsiy vositalariga ega.
Barcha amaliy dasturlar paketlarini (ADP) uch guruhga bo’lish mumkin:
1. Operatsion tizimlar imkoniyatlarini kengaytiruvchi paketlar;
2. Umumiy belgilanishdagi paketlar;
3. ABT da ishlashga mo’ljallangan paketlar.
Operatsion tizimlar imkoniyatlarini kengaytiruvchi paketlar turli xil konfiguratsiyalarga ega. EHM larning faoliyat yuritishini ta’min-laydi. Ularga namunaviy konfiguratsiyalarga ega ko’p mashinali majmualar, dialogli tizimlar, uzoqlashtirilgan paketli ishlab chiqish ishini ta’minlovchi paketlar kiradi.
Umumiy belgilanishidan amaliy dasturlar paetlari qo’llanishlarining quyidagi keng doirasi uchun dasturlar majmuini o’z ichiga oladi. Bularga alfaviy raqamli va grafik displeylar, graf kirituvchilar, dasturlash tillari hamda ilmiy-texnik hisob-kitoblar, matematik dasturlash, materiallarni ishlab chiqish, modellashtirishning har-xil turlari, ommaviy xizmat ko’rsatish nazariyasining vazifalarini hal qilish va h.k. kiradi.
ABT da ishlashga mo’ljallangan paketlar ma’lumotlar banklarini ishlab chiqarishning umumiy maqsadli tizimilari uchun dasturlar majmuasini, umumiy belgilanishdagi axborot qidirish hujjatlarini ishlab chiqish tizimlarini o’z ichiga oladi.
ADP larining vazifaviy tashkiliy alomati bo’yicha tasnivlash quyidagi rasmda keltirilgan.

9.1-rasm. ADP ning tasnifi.


Mavjud ADP axborotlarni ishlab chiqish bilan bog’lik inson faoliyatining deyarli barcha sohalarini qamrab oladi. ADP ni rivojlan-tirish va takomillashtirish ilgarilab boradigan jarayon. Shu bois imkoniyatlari hozirgi paketlarning yutuqlaridan o’tib ketuvchi yangi ADP lar paydo bo’lishi kutilmoqda.
Dasturlarning integratsiyalashgan paketlari mahsulotlar nomlari-ning soni bo’yicha kam sonli, ammo hisoblash jihatdan ancha qudratli va dasturiy ta’minoti faol rivojlanayotgan qismidir.
Integratsiyalashning dasturli majmualarini yaratish g’oyasi yangi emas va EHM ning barcha avlodlarida u yoki bu darajada amalga oshiriladi. Rivojlangan mamalakatlarda ADP lari amaliyotda keng kullanilmokda .
Bu muammoga etibor ham dasturli ta’minlanishni ishlab chiqiuvchi firmalarni ma’lumotlarni ishlab chiqish takomillashgan tizimga o’tish bilan o’z mijozlarini yo’qotmaslikka harakat qilishi bilan izohlanadi.
An’naviy yoki to’liq bog’langan integratsiyalashgan majmualar ko’p vazifali avtonom paketdan iborat bo’ladi. Unda ma’lumotlarni alohida ish joyida ishlab chiqish texnologiyasi ma’nosida turdosh bo’lgan turli xil ixtisoslashtirilgan (muammoviy-yo’naltirilgan) paketlarning vazifalari va imkoniyatlari bir butunga birlashtirilgan.
Integratsiyalashgan paket doirasida ma’lumotlar o’rtasidagi aloqa ta’minlanadi, ammo bunda har bir tarkibiy qismining imkoniyati xuddi shunday ixtisoslashtirilgan paketga nisbatan torayadi.
Hozirgi vaqtda dasturli vositalarni integratsiyalashga boshqacha yondashish faol amalga oshirilmoqda. Ixtisoslashtirilgan paketlarni yagona resurs bazasi doirasida birlashtirish, qo’llanishlar (paket dasturlari) ni ob’ektlar va qo’llanishlar o’rtasidagi yagona soddalashtirilgan markazga ulash darajasida o’zaro hamkorligi ta’minlangan.
Ma’lumotlar bilan amal bajarishining ilk tizimlari axborot-larni ishlashning an’anaviy usullariga asoslanib tuzilgan. Har bir muayyan holat uchun tashqi foydalanuvchining o’z mantiqi ishlab chiqiladi. Axborot tuzilmasi tanlash operatsiyasi axborotni qo’yish va yo’q qilish kabi tushunchalarni o’z ichiga oladi.Bunda ma’lumotlar va dastur o’rtasidagi o’zaro bog’liklik yuzaga keladi.


Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin