1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli Reja


Mamlakat tashqi iqtisodiy faoliyatining ustuvor yo’nalishlari



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə103/106
tarix07.01.2024
ölçüsü1,47 Mb.
#203812
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106
1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosa

18.2. Mamlakat tashqi iqtisodiy faoliyatining ustuvor yo’nalishlari
Keyingi yillarda O’zbekistonning xalqaro hamjamiyatda hamda iqtisodiy maydondagi nufuzi va mavqei oshib bormoqda. Bunda davlatimiz hukumati tomonidan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasining puxta ishlab chiqilganligi, iqtisodiy islohotlar maqsadi va vazifalari, ularni amalga oshirish yo’llarining aniq va to’g’ri ko’rsatib berilganligi bu yo’ldagi yutuq hamda marralarning salmoqli bo’lishiga imkoniyat yaratmoqda.
Ma’lumki, tashqi iqtisodiy faoliyat milliy iqtisodiyot rivojlanishining muhim vositasi bo’lib hisoblanadi. U mamlakatning jahon hamjamiyatiga bo’lgan aloqasini ifodalab, uning istiqbolini belgilab beradi. Eksport salohiyatini oshirish orqali mamlakat ichida ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarishning rivojlanishiga erishiladi. Mamlakat eksporti hamda importining qiymati o’rtasidagi farq, ya’ni saldo tashqi iqtisodiy faoliyat samaradorligining muhim iqtisodiy ko’rsatkichi bo’lib hisoblanadi. Ushbu ko’rsatkich milliy daromad darajasiga ko’p tomonlama ta’sir etadi. Sababi, import va eksport hajmidagi sezilarli o’zgarish ham mamlakatdagi daromad, bandlik va narx darajalarida muayyan tebranishlarni keltirib chiqarishi mumkin. Keyingi yillarda mamlakatimizda keskin raqobatlashuv sharoitida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning jahon va mintaqaviy bozorlarda xaridorgir bo’lishi va mustahkam o’rin egallashi uchun bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hozirgi kunda mamlakatimizda importning o’rnini qoplash va eksportga yunaltirilgan ishlab chiqarishni qo’llab-kuvvatlash dasturi amalga oshirilmokda. Mazkur dasturning maqsadi, mavjud resurs va ishlab chiqarish salohiyatidan imkon boricha to’liq va samarali foydalanish hamda uni rivojlantirish asosida eksport hajmining barqaror o’sishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishdir.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish uchun xorijiy sarmoyalarni ustuvor yo’nalishlarga keng jalb qilish, ularga kafolat va imkoniyatlar berish, litsenziyalar, nou-xaular sotib olishga qaratilgan izchil siyosat olib borilmokda.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish va rivojlantirishda qo’yidagilarni ustuvor yo’nalishlar sifatida keltirish mumkin:

  • Respublikaning eksport qudratini rivojlantirish va yanada mustahkamlash, eksportga yo’naltirilgan iqtisodiyotni shakllantirish;

  • eksport imkoniyatlarini kengaytirish, jahon bozorlariga kirib borish uchun, avvalo, qimmatbaho xomashyoni qayta ishlash negizida tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi qo’shma korxonalarni rivojlantirish zarur. Eksportni kengaytirishga qaratilgan strategiyani faol qo’llash bilan bir qatorda importning salmog’ini qisqartirishga qaratilgan siyosatni izchillik bilan o’tkazish, o’zimiz ishlab chiqarishimiz mumkin bo’lgan tovarlar va maxsulotlarning chetdan keltirilishini oqilona darajada kamaytirib borish talab qilinadi;

  • tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish, xo’jalik ishlarini yurituvchi sub’ektlarga xorijiy sheriklar bilan bevosita aloqalar o’rnatishda, o’z maxsulotini chet ellarda sotishda ko’proq erkinliklar berish, tovarlani eksport va import qilishda birmuncha imtiyozli tartibni joriy qilish borasida aniq maqsadni ko’zlab siyosat o’tkazish;

  • xorijiy investitsiyalar jalb qilish orqali amalga oshirilayotgan sanoat loyihalarning bir-biriga bog’liqligini ta’minlash, ular o’rtasidagi o’zaro iqtisodiy va ishlab chiqarish hamkorlik va infratuzilmani rivojlantirish va bu orqali import o’rnini bosuvchi va eksportga mo’ljallangan tayyor mahsulot ishlab chiqarish va etishtirishga erishish;

  • olib borilayotgan islohotlarda hududiy diversifikatsiya siyosatini yanada kuchaytirish, nafaqat markaziy xududlarda balki chekka tumanlarda ham yirik sanoat ob’ektlarini qurishni keng yo’lga qo’yish;

  • tashqi iqtisodiy faoliyat tarkibiy qismlari majmuini ixtisoslashtirilgan tashqi savdo, lizing, konsalting va sug’urta firmalari, tashqi aloqalarni rivojlantirish manfaatlari va shartlariga mos keladigan transport, aloqa va kommunikatsiyalar tizimlarini vujudga keltirish;.

  • xalqaro xuquq va tashqi iqtisodiy faoliyat, bank tizimi, hisob-kitob va statistik hisob sohasida malakali kadrlar tayyorlashni tashkil qilish.

Tashqi iqtisodiy faoliyatning mazkur yo’nalishlarini izchil tarzda amalga oshirish orqali mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish mamlakatimiz iqtisodiyotining jahon iqtisodiy hamjamiyatida munosib o’rin egallashiga imkon beradi.
O’zbekiston Respublikasining eksport salohiyatini rivojlantirish buyicha yaqin kelajakka mo’ljallangan strategiyasining asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
birinchidan, eksportni rag’batlantirish uchun avvalo, barqaror makroiqtisodiy sharoit yaratish, inflyatsiya sur’atini prognoz darajasida ushlab turish, valyuta almashtirish kurslarining keskin tebranishlariga yo’l qo’ymaslik;
ikkinchidan, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning mulk shaklidan qat’iy nazar, import qilinayotgan ishlab chiqarish vositalarini olish uchun bir xil imkoniyatga ega bo’lishlarini ta’minlash;
uchinchidan, etuk mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash borasidagi islohotlarni davom ettirish;
to’rtinchidan, eksport salohiyatini rag’batlantirish maqsadida ishlab chiqarish tarmoqlarida yuqori texnologiyalardan foydalanish ko’lamini kengaytirish;
beshinchidan, mamlakatda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish va rivojlantirish asosida eksport salohiyatini oshirish.



Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin