1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosa
17.3. Elektron to‘lov tizimi, pul o‘tkazmalari va ularni amalga oshirish texnikasi. Inkasso va uning turlari Xisob-kitoblarning inkasso shakli. Inkasso – bu, mijozning topshirig‘iga asosan bank tomonidan importyordan unga jo‘natilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovning olinishi xamda ushbu mablag‘larni eksportyorning bankdagi xisobvarag‘iga olgan xoldagi bank operatsiyasidir.17 Inkasso operatsiyalari inkasso bo‘yicha Soddalashtirilgan qoidalarga muvofiq ravishda eksportyordan olingan instruksiyalarga asosan banklar tomonidan amalga oshiriladi. Inkasso xisob-kitob shaklida quyidagi taraflar ishtirok etadi: 1)ishonib topshirayotgan shaxs – mijoz, o‘z bankiga inkasso operatsiyasini amalga oshirishga topshiriq beruvchi shaxs; 2)inkassalash bo‘yicha operatsiya o‘tkazishni remitent-bankka ishonib topshiruvi shaxs; 3)valyuta mablag‘larini oluvchi xamda inkassalash bo‘yicha operatsiyani amalga oshiruvchi bank; 4)to‘lovchi bo‘lmish importyorga xujjatlarni taqdim etib, eksportyor nomidan chiquvchi bank; 5)to‘lovni to‘lovchi.
1.Eksportyor importyor bilan tovarlarni dokumentar inkasso xisob-kitob shartlari asosida sotish to‘g‘risida shartnoma tuzadi va unga tovarlarni jo‘natadi (1a). 2.Eksportyor o‘z bankiga inkasso-topshiriqnomasi va tijorat xujjatlarini yo‘llaydi. 3.Eksportyor banki olgan ushbu inkasso-topshiriqnomasi va tijorat xujjatlarini importyor nomidan chiquvchi bankka (importyor bankiga) jo‘natadi. 4.Importyor nomidan chiquvchi bank mazkur xujjatlarni importyorga taqdim etadi. 5.Importyor xujjatlarga qarata inkassalash operatsiyasini amalga oshiruvchi bankka (yoki o‘zining bankiga) to‘lovni amalga oshiradi. 6.Inkassalash operatsiyasini amalga oshiruvchi bank remitent-bankka (yoki eksportyor bankiga) to‘lovni o‘tkazadi. 7.O‘tkazib berilgan summani remitent-bank eksportyor xisob raqamiga oladi.
Oddiy va dokumentar inkasso bir-biridan farqlanadi. Oddiy (sof) inkasso tijorat xujjatlarisiz yuborilgan moliyaviy xujjatlar bo‘yicha to‘lov undirilishini anglatadi. Dokumentar (tijorat) inkasso esa, tijorat xujjatlari bilan birgalikda yuborilgan moliyaviy xujjatlar yoki faqat tijorat xujjatlari inkassosini anglatadi. Bunda, qandaydir bir xujjatlarga qarata to‘lovni amalga oshirish majburiyati banklar zimmasiga yuklatilmagan.
Eksportyor tovarlarni jo‘natganidan so‘ng importyordan, to‘liq va aniq instruksiyalar keltirilgan inkasso topshiriqnomasida ko‘rsatilgan shartlari asosida, valyutaning ma’lum bir summasini olish to‘g‘risida o‘z bankiga topshiriq beradi. Inkasso-topshiriqnomasining ikki asosiy ko‘rinishi mavjud: a)xujjatlar to‘lovga qarata to‘lovni amalga oshiruvchiga beriladi va b)akseptga qarata beriladi. Ba’zi paytlarda xujjatlarni importyorga, uning belgilangan muddatlarda to‘lovni amalga oshirish bo‘yicha yozma tarzdagi majburiyatiga qarata, to‘lovsiz asosda berilishi amaliyoti qo‘llaniladi. Bunday shartlardan foydalangan xolda importyor sotib olingan tovarni sotish xamda olingan tushum evaziga inkasso bo‘yicha eksportyorga to‘lovni amalga oshirish imkoniyatlariga ega bo‘ladi. Eksportyor tomonidan valyuta tushumi olinishini tezlashtirish maqsadida bank trattalar xisobini yuritishi (ularni diskont bilan sotib olish yoki garovga olish) yoki tijorat xujjatlari garovi ustidan kredit taqdim etishi mumkin. Shunday qilib, inkasso xisob-kitob shakli kredit munosabatlari bilan bevosita bog‘liqdir. Inkasso, tijorat krediti shartlari asosidagi shartnomalar bo‘yicha xisob-kitoblarning asosiy shakli bo‘lib xisoblanadi. Bunda eksportyor, odatda unga tijorat xujjatlari (dokumentar inkasso)ni taqdim etilishi evaziga, to‘lovchi tomonidan akseptlanishi uchun trattani inkassoga taqdim etadi. To‘lov muddati yetib kelganda akseptlangan veksellar to‘lovni undirish maqsadida inkasso (sof inkasso) qilinishi uchun yuboriladi.
Inkasso shakli bo‘yicha xisob-kitoblar asosiy majburiyati tovar xujjatlariga qarata to‘lovni amalga oshirishdan iborat bo‘lgan importyorga mablag‘larni o‘z ichki muomalasidan oldindan chiqarib, chetda band qilinishiga zarurat qoldirmaydigan ma’lum bir imtiyozlarni beradi. Biroq, importyor tomonidan tovarlar uchun xaq to‘lanmagunga qadar eksportyor, agarda tovar olinishini tezlashtirish maqsadida konosament asl nusxalaridan birini sotib oluvchiga bevosita jo‘natish amaliyoti qo‘llanilmayotgan bo‘lsa, xamon tovarga egalik qilishning yuridik xuquqini o‘zida saqlab qoladi.
Shu bilan birgalikda xisob-kitoblarning inkasso shakli eksportyor uchun axamiyatli bo‘lgan kamchiliklarga ega. Birinchidan, importyor tomonidan tovarlarga xaq to‘lamaslik xavf-xatarini eksportyor o‘z zimmasiga oladi. Importyor tomonidan tovarlarga xaq to‘lanmasligi bozor kon’yunkturasi yoki to‘lovchi moliyaviy xolatining yomonlashuvi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shu sababli, importyorning to‘lov qobiliyati va lavzliligiga bo‘lgan eksportyorning ishonchi inkasso xisob-kitoblarining muxim sharti bo‘lib xisoblanadi. Ikkinchidan, inkasso bo‘yicha valyuta tushumining kelib tushishi va tovarlarning importyorga jo‘natilishi orasida, ayniqsa uzoq masofalarga tovar yetkazishda, sezilarli vaqt uzilishlari mavjud. Inkasso xisob-kitobiga xos bo‘lgan ushbu kamchiliklarni bartaraf etish uchun amaliyotda mazkur xisob-kitob shaklini amalga oshirilishida quyidagi qo‘shimcha shartlar qo‘llaniladi:
1) importyor eksportyor bankining tovar xujjatlarini inkassoga qabul qilganligi va jo‘natganligi to‘g‘risidagi telegrammasi (telegraf inkassosi) ni olishi bilanoq tovarlar uchun to‘lovni to‘laydi. Inkassoning ushbu turi amaliyotda keng tarqalmagan;
2) importyor tomonidan to‘lovni amalga oshirilmasligi xolatida bank eksportyor oldida inkasso bo‘yicha xaqni to‘lash to‘g‘risidagi majburiyatni o‘z zimmasiga olgan xolda importyorning topshirig‘iga binoan eksportyor foydasiga to‘lov kafolatini beradi. To‘lovning qo‘shimcha kafolati odatda tijorat krediti bo‘yicha xisob-kitoblarda qo‘llaniladi, chunki to‘lovning kechiktirilishi xolatida to‘lovchi moliyaviy xolatida ruy bergan extimolli o‘zgarishlar sababli xujjatlar bo‘yicha importyor tomonidan xaq to‘lanmaslik xatari o‘sadi. Ba’zida importyorning banki veksel avalini amalga oshiradi. Aval (to‘lov kafolati) – bu, vekselli kafillikdir. Avalchi-bank odatda, bankning to‘lov kafolati aniq kimga berilganligi to‘g‘risidagi shartlashuv bilan vekselning yuz qismida o‘z imzosini qo‘ygan xolda, to‘lov yuzasidan majburiyatni o‘z zimmasiga oladi. O‘zgacha bo‘lganda esa o‘tkaziladigan veksel taqdim etuvchisi (eksportyor) uchun aval berilgan deb xisoblanadi;
3) immobilizatsiya qilingan resurslarni qoplash maqsadida eksportyor bank kreditga murojaat etadi.