1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli Reja


Forfeyting eksport krediti sifatida eksportiyorga bir qator afzalliklarni taqdim etadi



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə84/106
tarix15.09.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#143871
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   106
маъруза матни ХММ

Forfeyting eksport krediti sifatida eksportiyorga bir qator afzalliklarni taqdim etadi, ya’ni eksportdan tushumlarni muddatidan avval olish, debitorlik qarzlari qisman yo’qotish hisobiga korxona balansini yaxshilash, qarz talabnomalarni va unga xos risklarni samarali boshqarish. Bu eksportyorlarga muddati kechikayotgan to’lovlar bo’yicha bitimlarni tuzishga imkon beradi, shuningdek, davlat kafolati hamda kreditlarini olish iloji bo’lmaganda ularning moliyaviy imkoniyatlarini oshiradi. Forfeytingda qa’iy stavkalardan foydalanish qarz oluvchiga kredit bo’yicha xarajatlarni aniq rejalashtirish imkoniyatini beradi. Veksel qarz hujjatlarini rasmiylashtirish oddiy tarzda va operativ amalga oshiriladi. Sotib oluvchi uchun forfeytor tomonidan oldindan qat’iy stavkada kreditlashga optsion taqdim etilishi mumkin va unga mahsulotning shartnomaviy bahosiga moliyalashtirish xizmatlari bo’yicha o’z xarajatlarini kiritish imkoniyati mavjud. Sotib oluvchiga olingan mahsulotlar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lovni muddatini o’zaytirish imkoni yaratiladi.
Forfeyting quyidagi kamchiliklarga ega:

  • sotib oluvchi (importyor yoki qarzdor) qarz vositalarini haqiqiyligini ta’minlash bo’yicha javobgar hisoblanadi. U oddiy veksellar yoki trattalar, kafolatlar va avallar bo’yicha, shuningdek, halqaro bitimlarda forfeyting amalga oshirilsa valyutaviy qonunchilikdan to’la xabardor bo’lishi kerak;

  • bank o’z xizmatlari uchun kreditlash operatsiyalariga nisbatan ko’proq foiz to’lovlarini undiradi va veksel va boshqa kredit hujjatlarini ikkilamchi qimmatli qog’ozlar bozorida sotishi mumkin;

  • garov ta’minotchini izlashda qiyinchiliklar vujudga kelishi mumkin (kredit xujjati kabi, forfeytorni qanoatlantiruvchi garov ta’minotchini topish);

  • boshqa turdagi kreditlarga nisbatan foiz stavkalari yuqori bo’ladi, biroq qarzdor sug’urta xarajatlarini amalga oshirmaydi va bu ba’zan o’zini oqlaydi.

Forfeytingni amalga oshirish tartibi quyidagi operatsiyalar ketma-ketligidan iborat bo’ladi
1. Eksportyor va importyor to’lov muddatini ko’rsatgan holda o’zaro bitim, yoki shartnoma tuzadi.
2. Eksportyor operatsiya shartlarni aniqlovchi forfet-kompaniyaga ariza bilan murojaat qiladi. Agar eksportyor u bilan avvaldan maslahatlashgan bo’lsa, u shartnoma qiymatiga veksel hisobi bo’yicha xarajatlarni qo’shish imkoniyatiga ega bo’ladi.
3. Importyor tijorat vekselini yozib beradi va uni o’z mamlakatining bankida avallaydi, ya’ni kafolatlaydi.
4. Importyor o’z mamlakatining bankida indossatsiya11langan ya’ni bank tomonidan to’lovni amalga oshirish huquqi berilgan vekselni eksportyorga jo’natadi.
5. Eksportyor vekselni indossatsiyalaydi va uni birlamchi bozorda regress (muomala) huquqini inkor etgan holda forfet-bankga sotadi.
5a. Eksportyor chet el valyutasidagi tushumni forfet-bankdan oladi.
6. Forfeyting banki vekselni indossatsiyalaydi va uni ikkilamchi bozorda qayta sotadi.
7. Forfet-kompaniya (yoki vekselni oxirgi egasi) importyorga vekselni to’lash uchun taqdim etadi.
7a. Importer esa o’z banki orqali taqdim etilgan vekselni belgilangan muddatda to’lab beradi.

Forfeytingni qo’llash sohasi rivojlanib bormoqda, dastlab birinchi toifali eksport operatsiyalarida va chet eldagi qurilish korxonalarida, keyinchalik asbob-uskuna, xom-ashyo va keng qamrovli iste’mol tovarlari eksportida taraqqiy etmoqda. Forfeyting tijorat kreditini bank kreditiga aylanishining o’ziga xos bir ko’rinishi hisoblanadi. Bunday usulda tashqi savdoni kreditlash Angliya va Germaniyada keng tarqalgan. Oddiy forfeyting bitimida ishtirokchi tomonlar sotuvchi, solib oluvchi va bank-kreditor bo’lishadi.


Forfeyting operatsiyalari rivojlanishi bilan “a forfe” bozori shakllandi. Birlamchi bozorda forfetorlar veksel shaklidagi importyorlarga bo’lgan to’lov talabnomalarini sotib olib eksportni kreditlaydilar. Ikkilamchi bozorda veksellarning belgilangan muddati davomida qayta-qayta hisobga olish amalga oshiriladi. Forfeytor komission foydasi odatda 1-1,5%ni tashkil etadi. Forfeytor importyordan bank kafolatini taqdim etishni talab qiladi, yoki o’zi qo’shimcha to’lov evaziga riskni zimmasiga olishi mumkin. Forfeytorlar qariyb barcha turdagi valyuta risklaridan eskportyorni himoyalaydi.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin