1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli Reja



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə90/106
tarix15.09.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#143871
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   106
маъруза матни ХММ

Qaytariluvchi lizing “liz-bek”. Tijorat nuqtai nazaridan lizingning bu shakli firma mablag’larga kuchli ehtiyoj sezganda qo’llaniladi. Uning asosiy xususiyati bo’lib, firmaning moliyaviy holatini yaxshilashga samarali vosita sifatida namoyon bo’lishidir. Bu operatsiyaning mazmuni shundan iboratki, asbob-uskunaning egasi, asbob-uskunani lizing kompaniyasiga sotadi, va so’ngra, undan shu asbob-uskunani ijaraga oladi, ya’ni, asbob-uskunani sotgan shaxs lizing oluvchiga aylanadi. Bunday operatsiyalar asosan, muomalada oldin ham bo’lgan asbob-uskunalarga nisbatan qo’llanilishi qayd etiladi.

  • Yaxlit” lizing. Bu lizingning o’ziga xos xususiyatlaridan biri bo’lib lizing oluvchi uchun lizing beruvchi tomonidan qo’shimcha xizmatlarni taklif etilishi hisoblanadi. Lizingning bu shakli qimmat. Chunki, lizing beruvchi asbob-uskunani etkazib berish bilan birga ta’mirlash, sug’urtalash, ba’zi vaqtlarda ishlab chiqarishni boshqarish yoki yoqilg’i bilan ta’minlash kabi ishlarni ham amalga oshiradi. Odatda, lizingni bu turi yangi asbob-uskunalarni, xususan, kompyuterlar, samolyotlar va boshqa murakkab mashina hamda mexanizmlarga nisbatan qo’llaniladi.

  • To’la xizmatli lizing. Bu lizing “yaxlit” lizingga o’xshab ketadi, biroq, shartnomada bir qancha qo’shimcha xizmatlar ko’rsatishi ko’rib chiqiladi. Masalan, lizing beruvchi asbob-uskunani sotib olish masalalarini o’rganadi. Bu asbob-uskunani ishlatish uchun zarur bo’lgan xom-ashyo materiallari bilan ta’minlaydi. Shu bilan birga, asbob-uskunadan foydalanish uchun malakali mutaxassislar yollab beradi va boshqa bir qator xizmatlar ko’rsatadi.

  • Asbob-uskunani qoldiq qiymati lizingi. Lizingning bu shakli oldindan foydalanilgan asbob-uskunalarni ijarasi bilan bog’liq va u dilerlar (savdo agentlari) tomonidan keng foydalaniladi. Lizingning mazkur turi, odatda, 1 yildan 3-4 yilgacha bo’lgan muddatni o’z ichiga oladi.



    17-MAVZU. Xalqaro hisob-kitoblar va ularning shakllari



    Yüklə 0,58 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   106




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin