1
1-MAVZU. KIRISH.FIZIKA FANING QURILISHDA
TUTGAN O‘RNI.
Kirish. Fizika fani haqida. Fizika tadqiqotlar usullari: tajriba, gipoteza,
eksperiment va nazariya. Matematika va fizika. Fizika tarixining
muhim bosqichlari. Fizika va texnika orasidagi o‘zaro hamkorlik.
Muhandislik kasbini egallashda fizikaning ahamiyati.
Fizika fanini birinchi bo‘lib qadimgi yunon mutaffakkiri Aristotel (e.a. 384-
322 y.) o‘zining kitobida bayon etgan.
Fizikа grеkchа «Physis» so’zidаn оlingаn bo’lib, tаbiаt mа’nоsini bildirаdi.
Fizikа fаni bоshqа fаnlаr kаbi bizni o’rаb оlgаn mоddiy dunyoni-mаtеriyaning
оb’еktiv хоssаlаrini o’rgаnаdi.
Olimlar tabiatni ko‘p asrlar davomida o‘rganib, materiya harakatsiz yashay
olmaydi, harakatni materiyadan ajratib va yo‘q qilib bo‘lmaydi, ya’ni harakat
materiyaning ajralmas xossasidir, degan xulosaga keldilar. Harakat deganda
materiyaning tabiatda bo‘ladigan barcha o‘zgarishlari bir turdan ikkinchi turga
aylanishlari va barcha jarayonlar tushuniladi.
Tabiatda sodir bo‘luvchi barcha harakatlar va jarayonlar muayyan qonunlar
bo‘yicha yuz beradi. Turli jarayonlar va hodisalar orasidagi qonuniy bog‘lanishni
ochish va o‘rganish har bir qanday fan tarmog‘ining bosh maqsadi hisoblanadi. Buni
bilish esa inson qo‘liga tabiatdagi biror hodisa qanday yuz berishini oldindan
bilishiga, ya’ni kelajakni oldindan aytishga va o‘tmishni izohlashga yordam
qiladigan usullar berish uchun kerak. Shundagina tabiat hodisalarini inson foydasiga
ishlatish mumkin.
Fizika barcha tabiiyot va amaliy fanlarning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun
zarur bo‘lgan tadqiqotlarni ishlab chiqishga va asboblar yaratishga imkon beradi.
Hozirgi vaqtda bu fanlarning barchasining alohida bo‘limlari bor: astronomiyada –
astrofizika, kimyoda – fizikkimyo, agronomiyada – agrofizika, metallshunoslikda –
2
metallofizika va hokazo. Shuning uchun fizika barcha tabiiyot va amaliy fanlarning
yaratilishi uchun poydevordir, deyish mumkin.
Tabiat haqidagi fanlar ichida texnika taraqqiyoti uchun fizika eng katta
ahamiyatga ega. Fizika texnikaning asosidir, chunki fizika qonunlari texnikada ko‘p
qo‘llaniladi. Fizika sohasidagi yangi kashfiyotlar mavjud texnikaning yaxshilanishi
yoki yangi texnikaning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Texnikaning taraqqiyoti o‘z
navbatida fanning yanada rivojlanishiga olib keladi.
Fizika ishlab chiqarishning taraqqiyotiga tegishli tabiiy fanlar orqali ham,
bevosita ham juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Fizikaning ishlab chiqarishga elektr
energiya, barcha transport turlari, radioaloqa, teleko‘rsatuv, yadro energiyasini va
hokazolarni ochib berganini eslashning o‘zi yetarlidir.
Zamonaviy fizika materiya harakatining turli fizik shakllarini, ularning bir-
biriga aylinishini, shuningdek, modda va maydon xossalarini o‘rgatadi.
Fizika taraqqiyoti davrida bir qancha tushunchalar sistemasi vujudga kelgan
va bular orqali barcha fizik hodisalar, fikrlar, qonunlar va hokazolarni ta’riflash
mumkin. Ana shunday tushunchalardan: fizik jismlar, fizik sistema, fizik hodisa va
fizik muhit deb ataluvchi tushunchalar.