1-mavzu. Kirish. Matnshunoslik fanining predmeti va vazifalari Reja



Yüklə 220,31 Kb.
səhifə11/50
tarix02.01.2022
ölçüsü220,31 Kb.
#47628
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   50
1-mavzu. Kirish. Matnshunoslik fanining predmeti va vazifalari R

Hijriy yil oylari tartibi. Hijriy yil hisobiga ko‘ra bir oy taxminan 29,5 sutkaga teng. Lekin qulay bo‘lishi uchun bir oy 30 kun deb, ikkinchi oy 29 kun deb qabul qilingan.Shu tartibda islomda 6 oy 30 kundan, keyingi oy 29 kundan qilib taqsimlangan. Bu quyidagilardir:

Muharram


Safar

Rabi ul-avval

Rabi us-soni

Jumod ul-avval

Jumod ul-oxir

Rajab


Sha’bon

Ramazon


Shavvol

Zulqa’da


Zulhijja

Sharq badiiyatida harflarga chuqur ma’no bag‘ishlash, ular vositasida badiiy tasvirni kuchaytirish poetik san’atlardan hisoblanadi. She’riyatda arab alifbosining har bir harfi shaklidan inson qiyofasi, xulq-atvorini tasvirlash shoir mahoratidan darak berib, she’r badiiyatining bezagi deb qaralgan. Chunonchi, alif – to‘g‘rilik belgisi, yosh qomat va dol, aksincha, qarilik, bukilgan qadni ifodalaydi. SHoirlar yangi-yangi badiiy tasvir vositalari va xilma-xil shakllarni yaratish, ulardan o‘rinli foydalanishda bir-birlari bilan musobaqalashganlar. Sharq mumtoz adabiyotida juda keng tarqalgan tasvir vositalari bo‘lmish iyhom, tarse’,tajohuli orifona, mubolag‘a, lozimi malzum, tardi aks kabi o‘nlab badiiy san’at bilan bir qatorda harf shakllaridan unumli foydalanganlar. Iloji boricha she’r jozibadorligini kuchaytirishga, tasavvur va tafakkur uyg‘unligini ta’minlashga harakat qilganlar. Harflar vositasida tasavvur uyg‘otishning bir necha usullari bor. Ular tashbeh, muvashshah, chiston, muammo, hurufi dalolat va ta’rix deb ataladi. Hatto hurufiylar degan diniy sekta ham bo‘lib, harflarning ilohiyligiga dalillar keltirish orqali ularni muqaddaslashtirishga urinish holatlari tarixdan ma’lum. Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonida Farhodga ism qo‘yish bobida shunday keltiriladi:

Anga farzona Farhod ism qo‘ydi

Hurufi ma’xazin besh qism qo‘ydi.

Firoqu rashku hajr ila ohu dard.

Borin ustodi ishq etgach murakkab,

Tarakkabdin bu ism o‘ldi murattab.

Malolat mahdida zor etti oni,

Bu qayd ichra giriftor etti oni.

Alisher Navoiy Farhod ismining harflaridan uning qismati chizgilarini belgilaydi. Harflarga mazmun bag‘ishlash sharq poetikasida hurufi dalolat deb ataladi.



ABJAD.Arab alifbosi 28 harfdan iborat. Alifbodagi birinchi kelayotgan 9 ta harf birlik sonlarni ifodalaydi. Shu tartibda o‘nliklar, yuzliklar va mingliklar keltiriladi. Bu hisob “jumal hisobi” deb ham ataladi.


(alif )

(be )

(jim )


( dol)


(he )


(vov )


( ze)


(he )


(to )


(yo )


1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

(Kof)

(Lom )


( Mim)


( Nun)


( Sin)


(Ayn )

( Fe)



( Sod)


(qof )


(re )



20

30

40

50

60

70

80

90

100

200

(shin)


(te )


(se )


(xe )


(zol )


( zot)


(zo )


(g‘ayn)








300

400

500

600

700

800

900

1000






Raqamlarni oson xotirada saqlab qolish uchun quyidagi tartibda sun’iy so‘zlardan iborat 8 guruh o‘ylab topilgan:



ABJAD


HAVVAZ


HUTTI


KALAMAN


SA’FAS


QARASHAT



SAXXAZ


ZAZAG‘


alif – 1

be – 2


jim -3

dol -4



he (hoyi havvaz)- 5

vov – 6


ze -7

he (hoyi hutti) -8

to

(itg‘i) - 9



yo -10

Kof -20

Lom -30


Mim -40

Nun -50



Sin -60

Ayn -70


Fe -80

Sod -90



qof-100

re-200


shin-300

te-400



se-500

xe-600


zol-700


zot-800

zo (izg‘i)-900

g‘ayn-1000


Turkiy va forsiy til alifbolarida arab tiliga qo‘shilgan 3ta harf- “p,” “ch”, “g “arab tilidagi “b”, “j” va “k” harflari asosida yasalgani uchun shu arab harflari anglatgan raqamlarni ifodalaydilar.

Masalan, Alisher Navoiyning ”Harfi ishq o‘ldi azaldin safhai jonimda sabt, Har ne andin o‘zga barcha lavhi isyonimda sabt” matla’li g‘azali maqta’si shunday keltiriladi:

Ishq tiyg‘i yorasidin o‘lganim tarixini ,

Ey Navoiy, nazm aylab, ayla devonimda sabt.

Matla’da g‘azalning yozilgan vaqti “sabt” so‘zida yashirin. “Sabt” so‘zi arabcha “se”-500, “be”-2, “te”-400 raqamlarni ifodalovchi harflardan tashkil topgan. Ularning yig‘indisi 902ni tashkil etadi. Demak, g‘azal hijriy 902 yilda, milodiy hisobida 1497 yilda yaratilgani ma’lum bo‘ladi.

Ilmiy mazmundagi qo‘lyozma manbalarda abjad harflari matnlarni turli bo‘limlarga bo‘lishda, astronomiya, matematika singari aniq fanlarga oid tadqiqotlarda tartib raqamlarini ifodalashda ham qo‘llaniladi. Bunday hollarda harflar ustiga chiziq tortib qo‘yiladi. Masalan, .... (lab)-32, .... (lav)-36, ....... (g‘azanah)-1958.


Yüklə 220,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin