1-Mavzu: Kirish. Maxsulot ishlab chiqarish fanining maqsadi va vazifalari



Yüklə 25,1 Kb.
səhifə2/2
tarix07.07.2023
ölçüsü25,1 Kb.
#136035
1   2
1 – mavzu kirish

modellashtirish deb yuritiladi. Modellashtirish «jarayon va qurilmalar» fanining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu fan asosida tegishli jarayonlarni hisoblash va taxlil qilish, ularning optimal parametrlarini topish, kerakli qurilmalarni loyihalash va ularni hisoblash mumkin. Ushbu kurs mashina va qurilmalarni rasional ishlatish hakida ma’lumot beradi hamda ularning quvvatini oshirish usullarini o‘rgatadi.
«Jarayonlar va qurilmalar» fanining kelib chiqish kimyo sanoatining rivojlanishi bilan bog‘liq. Kimyo sanoati XYIII asrning oxiri va XIX asrning boshlarida paydo bo‘la boshladi va qisqa davr ichida rivojlangan mamlakatlarda xalq xo‘jaligining muhim tarmoqlaridan biriga aylandi. Kimyo sanoatining rivojlanishi bilan ishlab chiqarish jarayonlarini umumlashtiruvchi va qurilmalarning hisobini rasional hal qiluvchi fanga ehtiyoj kuchaydi. Rossiyada «Jarayon va qurilmalar» fani haqidagi fikrni birinchi bo‘lib professor V.A.Denisov 1828 yilda ilgari surdi. Keyinchalik D.I.Mendeleyev kimyo texnologiyasi asosiy jarayonlarining klassifikasiyasini tuzib chikdi. XIX asrning 90-yillari oxirida professor A.K.Krupskiy Peterburg texnologiya institutida yangi o‘quv predmeti - «Asosiy jarayonlar va qurilmalarni hisoblash va loyihalash bo‘yicha ma’ruza o‘qiy boshladi. Biroz keyinroq Moskva oliy texnika o‘quv yurtida professor A.Tishenko shu yangi fan bo‘yicha ma’ruzalar o‘qiy boshladi. Shu sababli A.K.Krupskiy va I.A.Tishenko «Jarayonlar va qurilmalar» fanining asoschilari hisoblanadi. 1935 yili professor A.G.Kasatkin tomonidan «Kimyo texnologiyasining asosiy jarayon va qurilmalari» darsligi chop etildi. Bu kitob ushbu fanning rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. So‘nggi 50-60 yillar mobaynida jarayon va qurilmalar fani uzluksiz rivojlanib kelmokda. Yangi kimyo ishlab chiqarishlarini ilmiy asosda tuzib chiqishda, yuqori unumli qurilmalar yaratishda, texnologik jarayonlarni intensivlashda ushbu fanning ahamiyati yildan yilga ortib bormokda. Jarayonlar va qurilmalar fanining rivojlanishida rus olimlaridan A.G. Kasatkin, P.G. Romankov, A.H. Planovskiy, V.H. Stabnikov, H.I. Gelpperin va boshqalarning hissasi katta.
O‘zbekiston Respublikasida «Jarayon va qurilmalar» fanining rivojlanishida Toshkent kimyo-texnologiya instituti qoshidagi «Kimyoviy texnologiya jarayonlari va qurilmalari» kafedrasining ham hissasi katta. Ushbu kafedrada kimyo va oziq-ovqat sanoati ishlab chiqarish jarayonlarini intensivlash bo‘yicha keng qo‘lamda ilmiy-tadqiqot ishlari muvaffaqiyatli olib borilmoqda. Kafedra xodimlari tomonidan paxta chigitini va uni qayta ishlash natijasida hosil bo‘ladigan materiallarning gidromexanik, issiqlik - fizikaviy va diffuzion xususiyatlari aniqlandi, paxta chigiti uchun mavhum qaynash qatlami va o‘zgaruvchan issiqlik rejimida ishlaydigan quritgichlar taklif etildi, o‘simlik yog‘larini ekstraksiyalashning mexanik (pulpsasion va vibrasion) tebranishlar va o‘zgaruvchan elektromagnit maydon yordamida intensivlash, chigitni pnevmatik yo‘l bilan uzatish va tozalash usullari ishlab chiqildi. Ilmiy ishlarning asosiy natijalari respublikamizning bir qator korxonalariga tadbiq qilindi.


Yüklə 25,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin