1-Mavzu. Kirish. Mеhnаtni tаshkil etish va me’yorlash fanining predmeti, mazmuni va vazifalari



Yüklə 88,34 Kb.
səhifə1/2
tarix14.11.2022
ölçüsü88,34 Kb.
#69005
  1   2
Ma\'ruza-1


1-Mavzu. Kirish. Mеhnаtni tаshkil etish va me’yorlash fanining predmeti, mazmuni va vazifalari.
Reja

  1. Kirish. Fanining predmeti

  2. Korxonalarda mehnatni tashkil etishning mohiyati va mazmuni.

  3. Mеhnаtni tаshkil etish va me’yorlash fanining vazifalari

O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida mehnat omillaridan samarali foydalanish muammolarini o’rganish, ularni hal etish yo’llarini hozirgi zamon talabiga mos holda belgilash va takomillashtirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridandir. Bunda ishlab chiqarish unumdorligini oshirish bo’yicha muammolarni hal etish o’ta muhim bo’lib, u ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish va ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirish bilan bog’liqdir. Bu murakkab vazifani boshqaruvning ma’muriy buyruqbozlik uslubiga tayanadigan, sarf-xarajati katta xo’jalik mexanizmi doirasida hal etish mumkin emasligiga ko’p yillik amaliyot jarayonida ishonch hosil bo’ldi.


Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mehnat unumdorligini o’stirish juda muhim bo’lib, keyingi yillarda korxonalarda ma’lum bir darajada amaliy ishlar bajarilmoqda. Ko’pgina korxonalar chet el investitsiyasini kiritish yo’llarini qidirmoqdalar, yangi texnologiyalarni qo’llash asosida ishlab chiqarish samaradorligini oshirmoqdalar.
Mehnat insonning moddiy va nomoddiy boyliklarini ishlab chiqarishdagi maqsadga muvofiq faoliyati bo’lib, u har qanday jamiyat hayotining asosidir. Binobarin, mehnat mavjud tabiiy, moddiy, aqliy zahiralarni shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlar uchun kerakli mahsulotga aylantirishda faqat insonlargagina xos faoliyatdir.
Mehnat jarayonida kishilar mehnat predmetlariga mehnat vositalari yordamida ta’sir ko’rsatadilar. Mehnat inson faoliyati va taraqqiyotining asosi hisoblanadi. Inson tabiatida mehnat qilish ehtiyoji tiriklikning zaruriy va tabiiy talabi sifatida mavjuddir.
Mustaqil O’zbekiston Respublikasida mehnat qilish qonunlar asosida himoyalanadi. O’zbekiston Respublikasi mehnat kodeksining 2-moddasiga ko’ra, davlat mehnat qonunlariga binoan mehnat bozorining samarali amal qilishini, haqqoniy va havfsiz mehnat shart-sharoitlarini, xodimlarning mehnat huquqlari va sog’liqning himoya qilinishini ta’minlaydi, mehnat samaradorligini oshirish, ish sifatini yaxshilash asosida mamlakat aholisining moddiy va madaniy turmush darajasining yuksalishiga ko’maklashishni o’z zimmasiga oladi. Bozor munosabatlari sharoitida inson mehnat sub’ekti sifatida o’z mehnat faoliyatini o’zini-o’zi band qilish asosida, ya’ni u o’z mahsulotini bozorda sotadigan, mustaqil tovar ishlab chiqaruvchi, ish beruvchi, mulk sub’ektiga tavsiya etadigan yollanma ishchi sifatida amalga oshirishi mumkin[1].
Mehnat faoliyati esa insonning u yoki bu turdagi mehnatda: ishlab chiqarish, boshqarish, tadbirkorlik, tijorat va boshqa faoliyatlarda band bo’lishi bilan bog’liqdir, ammo tashkil qilinmagan faoliyat mehnatning asosiy xususiyati bo’lgan maqsadga muvofiqlikning buzilganligini bildiradi.
Engil sanoat tarmog’i murakkab yuqori unumli mashina va texnologik jihozlar bilan jihozlanib borayotgan sanoat tarmog’i hisoblanib, unda qo’l mehnatining salmog’i kamayib, murakkab mashina va mexanizmlarni rostlash, sozlash, ularni muvaffaqiyatli boshqarish uchun ishchilardan kerakli texnikaviy bilim va ko’nikmalar talab etadi. Texnologik operatsiya yoki jarayon bir kishi yoki bir guruh ishchilar tomonidan amalga oshiriladi. Bunda ishchilar turli mehnat usullarini qo’llaydilar, hilma-xil mehnat harakatlarini bajaradilar. Ishchi mehnatining unumi shu mehnatning tashkil qilinishi bilan bevosita bog’liqdir [6].
Demak, mehnatni tashkil qilish deganda mehnat jarayonlarining barcha unsurlarini zamon talabiga mos keltirish tushuniladi.
Mehnatni tashkil qilishdan maqsad odamning ish qobiliyatidan to’la foydalangan va uni saqlagan holda ish vaqtini tejash, yuksak mehnat unumdorligini ta’minlashdan iboratdir.
Korxonalarda mehnatni tashkil qilish ijtimoiy-iqtisodiy mehnat munosabatining bir qismi bo’lib, u tashkiliy munosabatning yig’indisini tashkil etadi. Fan va texnikaning yutuqlariga suyangan, ilg’or korxonalarning yutuqlariga asoslangan mehnatni tashkil qilish katta ma’noga egadir.
O’zining ahamiyati jihatidan mehnatni tashkil qilish korxonaning iqtisodiy samaradorlik omili bo’lib hisoblanadi, chunki u ish vaqtini iqtisod qilishga, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga, mehnat unumdorligini o’stirishga qaratilgandir.
Ikkinchi tomondan mehnatni tashkil qilish ishlab chiqarishda yuz beradigan shikastlanishlarni oldini olish, kasalliklarni kamaytirish, ishchilarning ish qobiliyatini oshirish, mehnatni mazmunan boyitish kabi masalalarni echishga yordam beradi.
Mehnat jarayonini tashkil qilish usullari ilg’or ish tajribalariga ega bo’lgan ishchi va xodimlarning ish qobiliyati va salomatliklarini saqlagan holda, fan sohalarining erishgan yutuqlariga asoslanib yuqori natijaga erishishni ko’zda tutadi.
Shunga ko’ra, mehnatni ilmiy tashkil qilishga mutaxassislar tomonidan unga quyidagicha ta’rif beriladi.
Mehnatni ilmiy tashkil qilish - bu mehnatni fan va texnika yutuqlari va ishlab chiqarishning ilg’or tajribasi asosida tashkil etish bo’lib, u texnika va odamlarni yagona ishlab chiqarish jarayonida birlashtirish, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish, mehnat unumdorligini uzluksiz oshirib borish, inson salomatligiga g’amxo’rlik qilish, mehnatni asta-sekin kishilarning birinchi hayotiy ehtiyojiga aylantirishdan iboratdir[11].
Mehnatni ilmiy tashkil qilish tugallangan, barqaror tizim bo’lib qola olmaydi, chunki u aniq ishlab chiqarish faoliyati, texnika va texnologiya bilan, kishilarning bilimi, qobiliyati, madaniyati bilan bog’liqdir. Shunga ko’ra, mehnatni ilmiy tashkil qilish bu mehnatni yangi texnika, texnologiya, bilimlar va tajribalarga suyangan holda oqilona tashkil qilish jarayonidir.
Bozor iqtisodiyoti korxona, tashkilot va muassasa faoliyatlari uchun kuchli raqobat muhitini yaratadi. Mehnatga talab qonuni, mahsulot va xizmatlar ularning taklif qonunlari bozorning asosiy qonunlaridan biri bo’lib hisoblanadi va kuchli raqobat bilan belgilanadi. Sof raqobat sharoitida, mahsulot va xizmatlar bozorida ko’p korxonalar faoliyat ko’rsatib, mahsulot narxini nazorat qilish korxonalar tomonidan bo’lmaydi, mahsulot va xizmatlar standartlashgan bo’ladi, ya’ni ularning sifati va xususiyatlari bir xil bo’lib, xaridor uchun kimdan mahsulot sotib oladi yoki unga kim xizmat ko’rsatadi farqi bo’lmaydi[8].
Bunday bozorda ishlab chiqarish xarajatlari o’rtacha xarajatlardan past bo’lish darajasini ta’minlagan korxonalargina muvaffaqiyatga erishadilar. Bunday samaradorlikka har xil omillarni ishlab chiqarishga joriy etish orqaligina erishiladi. Mehnatni oqilona tashkil qilish bu omillarning orasida ma’lum bir o’rinni egallaydi.
Mehnatni ilmiy tashkil qilish hisobiga mehnat xarajatlari iqtisod qilinadi, demak ish haqi fondi va undan olinadigan ajratmalar iqtisod qilinadi. Mehnatni ilmiy tashkil qilish xom ashyo, material, asbob-uskunalar, energetik xarajatlardan samarali foydalanishni ta’minlaydi va o’z navbatida mahsulot tannarxining pasayishiga ta’sir qiladi. Mehnatni ilmiy tashkil qilish mehnat faoliyatining psixofiziologik yo’nalishiga ijobiy ta’sir qiladi, ishlab chiqarishda kasallanish va shikastlanishlarni kamaytiradi. Ishchilarning ishlab chiqarish qobiliyatlarini oshiradi. Shuning natijasida ishlab chiqarishda xarajatlarning kamayishiga olib keladi, mehnatning mazmuni va obro’sini oshiradi. Mehnatni ilmiy tashkil qilishni ijtimoiy yo’nalishi mehnatni mazmun mohiyatini va mavqeini oshirgan holda xodimlardan unumli foydalanishga, qo’nimsizliklarni kamaytirishga, kadrlarni tanlash va tayyorlash bo’yicha xarajatlarni kamaytirishga yo’naltirilgandir.
Mehnatni ilmiy tashkil qilishning hamma yo’nalishlarining korxonaning iqtisodiy natijalariga ta’siri ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga, korxona foydasini o’stirishga, uning raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgandir.
Mehnatni ilmiy tashkil qilish ishlab chiqarishning iqtisodiy va ijtimoiy jarayoniga to’g’ridan-to’g’ri, bevosita ta’sir ko’rsatadi, uning asosida ikkilamchi natija olinib, pirovard natijada integral samara olishga erishiladi. Bunday bog’lanish quyidagi rasmda ko’rsatilgan:






Yüklə 88,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin