8-mavzu: So`zlarning morfem tarkibi
So’z tarkibi
Yetakchi morfema Ko’makchi morfema
Asos (o’zak) (qo’shimcha)
1.So’z yasovchi morfema: 2.Shakl yasovchi morfema
a)so’z yasashga asos qism;
b) yasovchi qism: ot, sifat, fe’l, ravish
a) sintaktik munosabat b) sintaktik munosabat
bildiradigan: bildirmaydigan:
sintaktik shakl lug’aviy shakl
yasovchi morfema yasovchi morfema
aloqa-munosabat shakl yasovchi
shakllari:
1.Egalik
2.Kelishik turlovchi
3.Shaxs-son- tuslovchi
aloqa-munosabat
qo’shimchalari
so’z o‘zgartiruvchi
So’zlar asos va qo’shimcha qismga ajraladi. Bil-im-don-lik yoki litsey-dosh so’zlaridan birinchi qism asos sanaladi , qolgan qismlar esa qo’shimcha qismdir. So’z tarkibi asos va qo’shimchalardan iborat. So’zning ma’noli qismlari deyilganda asos va qo’shimchalar nazarda tutiladi. Masalan, bilimdon so’zida uchta ma’noli qism mavjud.
So’zlarning eng kichik ma’noli qismlarini o’rgatuvchi tilshunoslik bo’limiga morfemika deyiladi. Asos va qo’shimchalar morfema atamasi bilan yuritiladi.
So’zning asosiy ma’nosini ifodalab, mustaqil qo’llana oladigan tub ma’noli qismiga asos deyiladi. Mustaqil qo’llana olmaydigan, asosga qo’shilib, unga yangi yoki qo’shimcha ma’no yuklaydigan, shuningdek, so’zlarni bog’lashga xizmat qiladigan qismga qo’shimcha deyiladi. Asosga qo’shimchalar qo’shish natijasida turli xil ma’nolar yuzaga chiqariladi. Ms: tin-ch, tin-ish, tin-ch-lik, tin-im-siz, be-tin-im kabi so’zlarning asosi “tin” so’zidir, lekin qo’shimcha qo’shilishi bilan ma’no o’zgarib bormoqda.
Ayrim so’zlar tarixiy taraqqiyot natijasida o’zining tub- asos qismini o’zgartirishi, boshqacha shaklga kirishi mumkin. Yomg’ir (yom-g’ir), ko’mir (ko’m-mir), olg’a (ol(d)-ga) kabi so’zlarni asos va qo’shimcha qismga ajratib bo’lmaydi. O’zbek tilida asos ko’pincha birinchi bo’lib keladi.
Bir asosdan yasalgan so’zlar asosdosh sanaladi: fikrdosh, fikriy, hamfikr, fikran…
Qo’shimcha qo’shilishi bilan ba’zan asosda o’zgarish ro’y berishi mumkin:
1. Tovush tushadi: past-ay=pasay.
2. Tovush o’zgaradi: ong-la=angla.
3. Tovush orttiriladi: shu-da=shunda.
Asos litsey adabiyotlarida yetakchi morfema shaklida, qo’shimcha ko’makchi morfema shaklida berilgan.
Dostları ilə paylaş: |