Suyuqliklar haqida umumiy ma’lumotlar
Tabiatdagi hamma fizik jismlar qattiq, suyuq va gaz holatlarida uchraydi. Suyuqlik – qattiq jism va gaz holati oralig‘i orasidagi faza. U kichik harorat va suyuqlikning kichik solishtirma hajmida qattiq jism xossasiga yaqin bo‘lsa, katta harorat va katta solishtirma hajmda esa gaz xossasiga yaqin bo‘lgan xossalariga ega.
Suyuqlik – bu oquvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan va deyarli to‘liq uzilishga qarshiliklar mavjud bo‘lmagan fizik jism.
Suyuqlikning oquvchanligi – bu o‘zining shakli mavjud bo‘lmagan, ya’ni u qaysi idishga solinsa, o‘sha idishning shaklini egallab olish xususiyatiga aytiladi.
Suyuqliklar gidromexanikada ikki turga bo‘linadi: tomchilovchi va gazsimon. Tomchilovchi suyuqliklarga suv, neft, benzin, simob, spirt, yog‘ va boshqalar kiradi. Ushbu suyuqliklar kichik hajmlarda tomchi shaklini, ular uchun katta hajmlarda esa erkin sirt – gaz bo‘limi sirti mavjudligini qabul qiladi.
Tomchilovchi suyuqliklar quyidagicha tavsiflanadi:
siljishga katta qarshilik ko‘rsatadi (amalda siqilmay-dilar);
cho‘zilish va urinma kuchlanishlarga kam qarshilik ko‘rsatadi (suyuqliklar orasidagi tortishish va ishqalanish kuchlari-ning ahamiyatsizligi);
haroratdan kengayishining ahamiyatsizligi;
suyuqliklar va gazsimon muhitlar orasidagi erkin bo‘limlari – erkin sirtlarning mavjudligi.
Gazsimon suyuqliklar – osongina suqiluvchi gazlar (havo, azot, kislorod va boshqalar).
Keyinchalik “suyuqlik” degan termin faqat tomchilovchi suyuqliklarni tushunamiz.
Gidravlika fanida ikkita tushuncha mavjud: real va ideal suyuqliklar.
Real suyuqliklar – tabiatda mavjud bo‘lgan suyuqliklar-ni tushunamiz, ideal suyuqliklar esa siqilmaydigan, kengaymaydigan, zarrachalarning absolyut harakatlanishiga ega, ichki ishqalanish kuchlarning mavjud emasligi tushuniladi. Ushbu tushunchalar gidromexanika masalalarini engillashti-rish echish uchun kiritilgan.
Suyuqliklarning asosiy fizik xossalari
Dostları ilə paylaş: |