1-mavzu. Kirish. Suyuqlik haqida umumiy tushuncha. Suyuqliklarning fizik xossalari. Suyuqlikka ta’sir etuvchi kuchlar


Suyuqliklar haqida umumiy ma’lumotlar



Yüklə 295,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix02.01.2022
ölçüsü295,11 Kb.
#46831
1   2   3   4   5   6   7
1-mavzu. Kirish. Suyuqlik haqida umumiy tushuncha. Suyuqliklarni (1)

Suyuqliklar haqida umumiy ma’lumotlar 

Tabiatdagi  hamma  fizik  jismlar  qattiq,  suyuq  va  gaz  holatlarida  uchraydi. 

Suyuqlik  –  qattiq  jism  va  gaz  holati  oralig‘i  orasidagi  faza.  U  kichik  harorat  va 

suyuqlikning  kichik  solishtirma  hajmida  qattiq  jism  xossasiga  yaqin  bo‘lsa,  katta 

harorat  va  katta  solishtirma  hajmda  esa  gaz  xossasiga  yaqin  bo‘lgan  xossalariga 

ega. 


Suyuqlik  –  bu  oquvchanlik  xususiyatiga  ega  bo‘lgan  va  deyarli  to‘liq 

uzilishga qarshiliklar mavjud bo‘lmagan fizik jism. 

Suyuqlikning oquvchanligi  – bu o‘zining shakli  mavjud bo‘lmagan,  ya’ni  u 

qaysi idishga solinsa, o‘sha idishning shaklini egallab olish xususiyatiga aytiladi. 

Suyuqliklar  gidromexanikada  ikki  turga  bo‘linadi:  tomchilovchi  va 

gazsimon.  Tomchilovchi  suyuqliklarga  suv,  neft,  benzin,  simob,  spirt,  yog‘  va 

boshqalar  kiradi.  Ushbu  suyuqliklar  kichik  hajmlarda  tomchi  shaklini,  ular  uchun 

katta hajmlarda esa erkin sirt – gaz bo‘limi sirti mavjudligini qabul qiladi. 

Tomchilovchi suyuqliklar quyidagicha tavsiflanadi: 

  siljishga katta qarshilik ko‘rsatadi (amalda siqilmay-dilar); 




  cho‘zilish  va  urinma  kuchlanishlarga  kam  qarshilik  ko‘rsatadi  (suyuqliklar 

orasidagi tortishish va ishqalanish kuchlari-ning ahamiyatsizligi); 

  haroratdan kengayishining ahamiyatsizligi; 

  suyuqliklar  va  gazsimon  muhitlar  orasidagi  erkin  bo‘limlari  –  erkin  sirtlarning 

mavjudligi. 

Gazsimon suyuqliklar – osongina suqiluvchi  gazlar (havo, azot, kislorod  va 

boshqalar). 

Keyinchalik  “suyuqlik”  degan  termin  faqat  tomchilovchi  suyuqliklarni 

tushunamiz. 

Gidravlika fanida ikkita tushuncha mavjud: real va ideal suyuqliklar. 

Real suyuqliklar – tabiatda mavjud bo‘lgan suyuqliklar-ni tushunamiz, ideal 

suyuqliklar  esa  siqilmaydigan,  kengaymaydigan,  zarrachalarning  absolyut 

harakatlanishiga  ega,  ichki  ishqalanish  kuchlarning  mavjud  emasligi  tushuniladi. 

Ushbu  tushunchalar  gidromexanika  masalalarini  engillashti-rish  echish  uchun 

kiritilgan. 

 


Yüklə 295,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin