Soliq va mahalliy yig`imlarni to`lash burchi.
Fuqarolarning konstitusiyaviy burchlaridan yana biri ularning qonun yo`li bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig`imlarni to`lashga majburligidir (51-modda).
Soliqlar yuridik shaxslar va fuqarolarning davlatga to`laydigan majburiy to`lovlari bo`lib, uning ijtimoiy-iqtisodiy mouiyati va ahamiyati shu jamiyatning ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy tizimi, davlatning tabiati va vazifalariga ko`ra belgilanadi. Fuqarolar to`laydigan soliqlar davlat rivojlanishining turli davrlarida respublika hal qiladigan masalalarga qarab o`zgarib boradi. Xozirgi davrda fuqarolardan linadigan soliqlarning turlari qonunlarda ko`rsatilgan. Masalan, «O`zbekiston Respublikasi fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolardan va fuqaroligi bo`lmagan shaxslardan olinadigan daromad solig`i to`g`risida»gi 1991 yil 15 fevral qonuni va unga kiritilgan qator o`zgartirish va qo`shimchalar bilan hamda shu qonun asosida 1993 yil 16 fevral qonuni va unga kiritilgan qator o`zgartirish va qo`shimchalar bilan hamda ana shu qonun asosida 1993 yil 21 mayda qabul qilingan Nizomda ko`rsatilgan qoidalardagi huquq va majburiyatlar O`zbekistonning doimiy istiqomat joyiga ega bo`lgan va ega bo`lmagan fuqarolar, ajnabiy fuqaro va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga tegishlidir. Soliq to`lash manbai shaxslarning pul yoki natura tarzida olgan daromadlari hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |