1-mavzu: maktabgacha ta’lim muassasasida musiqaviy tarbiyaning maqsad va vazifalari. Ma’ruza mashg’uloti rejasi



Yüklə 46,58 Kb.
səhifə1/2
tarix25.09.2023
ölçüsü46,58 Kb.
#148471
  1   2
1-mavzu maktabgacha ta’lim muassasasida musiqaviy tarbiyaning m-fayllar.org


1-mavzu: maktabgacha ta’lim muassasasida musiqaviy tarbiyaning maqsad va vazifalari. Ma’ruza mashg’uloti rejasi

1-MAVZU: MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASIDA MUSIQAVIY TARBIYANING MAQSAD VA VAZIFALARI.

MA’RUZA MASHG’ULOTI REJASI:
1. Maktabgacha ta’lim muassasasida musiqaviy tarbiyaning maqsadi.
2. Musiqaviy tarbiyaning vazifalari
3. Musiqaviy qobiliyatini rivojlantirish.
4. Bolalarni ashula aytish, musiqa tinglash va musiqaviy-ritmik harakatlarni o’rgatish.
5. Bolada badiiy-ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish.
Tayanch so’z va iboralar: Musiqa, ajdod, avlod, tarbiya, estetik, demokratik, san’at, botiniy, tug‘yonini, munosib, jamiyat, bola, qalb, ma’naviy.
Mustaqil O‘zbekistonning kelajagini, ertasini yoshlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Musiqa san’ati insonning yoshligidan unga bevosita va kuchli ta’sir o‘tkazib, uning umumiy madaniy rivojida katta o‘rin tutadi. Demokratik jamiyat madaniy hayotida yanada kengroq o‘rin tutayotgan musiqa kishiga butun hayot davomida uning doimiy hamrohi hisoblanadi. Musiqa yagona san’at bo‘lib, inson yuragiga juda chuqur kirib borib, ana shu qalb tug‘yonini yorqin ifodalash qudratiga yega. Demak, ajdodlarimizga munosib avlodni tarbiyalashda musiqaning ham munosib o’rni borligi ayni haqiqat, bolani estetik tarbiyalashdek sharafli ishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bizga, ya’ni, bo’lajak kadrlar zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi.


Musiqa – estetik tarbiya, demokratik jamiyat kishisini garmonik tarbiyalash yo‘lida olib borilayotgan ulkan ishning tarkibiy qismiga aylanmog‘i kerak. Bolalar bilan musiqali ish olib borish ayniqsa katta ahamiyat kasb yetadi. Musiqa bola qalbida kuchli yemotsional tuyg‘u uyg‘otadi. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A. Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida “...musiqa san’ati navqiron avlodimizning yuksak ma’naviyat ruhida kamol topishida boshqa san’at turlariga qaraganda ko‘proq va kuchliroq ta’sir ko‘rsatmoqda” – deya ta’kidlaydilar. Demak, musiqa san’ati va ta’lim-tarbiyasi kishidagi insoniy fazilatlarni rivojlantirib, ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat yetadigan, insonning ichki olamini boyitadigan, iymon-e’tiqodini, irodasini mustahkamlaydigan, ijodini uyg‘otadigan qudratli botiniy kuch – ma’naviyatning yuksalishini ta’minlaydi. Musiqa yordamida uning badiiy idroki o‘sib, hissiyotini yanada boyitib boradi. Bolalarda musiqaviy idrokni o‘stirmay, ularning musiqaga mehr-muhabbatini yetarli darajada qiziqtirmay turib, har tomonlama jismoniy boy, ma’naviy va qat’iy ahloqiy sifatlarni tarbiyalab bo‘lmaydi. Yunon faylasufi Platonning fikricha, davlatning kuch-qudrati unda qanday musiqa, qaysi ohang va qay ritmda yangrayotganligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Davlat uchun insonni yuksaklikka ko‘tarishga yordam beruvchi musiqa kerak deb hisoblagan . Musiqaga yoshlikdan uyg‘ongan qiziqish kishining keyingi musiqaviy rivozida kuchi ta’sir o‘tkazadi, boshqa ko‘nikma va didlarning shakillanishini ta’minlaydi, yaxshi musiqalididni tarbiyalaydi. Musiqa estetik va manaviy kayfiyatning ulkan manbayidir. Musiqaning bola hissiyoti va shakillanishiga, uning mazmuninmi tushunish va his yetishga katta ta’sirini hisobga olganda haqqoniy va voqiylikni to‘g‘ri aks yettirgan musiqali asardan o‘rinli foydalanish alohida o‘rin tutadi. Musiqali obrazlar shakillanishining asosiy manbayi tabiat va kishi nutqiga mos kelishiga, atrof-olamdagi go‘zallikni idrok yetishiga bevosita bog‘liqdir. Ibn Sino ham musiqaning hissiy ta’sir kuchini e’tirof yetgan holda uni o‘zining meditsina kitoblarida aks yettirgan hamda ruhiy kasalliklarni davolashda shifo dasturi sifatida tavsiya qilgan. “Tib qonuni” asarida bir o‘rinda musiqaning ruhiy ta’sir kuchiga baho berib, gudakning tarbiyasidagi ahamiyatini shunday ta’riflaganlar: “Gudakning tanasi chiniqishi uchun ikki narsa zarur: biri uni asta qimirlatib tebratish, ikkinchisi onasining qo‘shig‘i (allasi). Birinchisi tanasiga, ikkinchisi – ruhiga tegishlidir”. Maktabgacha yoshdagi bolalar musiqa tarbiyasi, uning taraqqiyoti timsolida yurtimizning porloq kelajagini ko’rishimiz mumkin bo’ladi. 1997 yil qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”lariga asosan ta’lim sohasida, jumladan, uning birinchi pog‘onasi bo‘lgan maktabgacha ta’lim bosqichida ham katta o‘zgarishlar qilish yehtiyoji tug‘ildi. Buning uchun pishiq – puxta o‘ylangan, ma’lum maqsad va vazifalarni o‘zida mujassamlashtirgan istiqbolli dasturlar ishlab chiqildi. Musiqali idrok yetishning vazifasi va mazmunini aniqlash muhimdir. Bular shaxsning har tomonlama rivoji, jumladan, estetik tarbiyasi vazifalar bilan bog‘liq, umumiy maqsadlar bilan belgilanadi. Bunday vazifalar bolalarni musiqa sohasidagi faoliyatga jalb yetish, badiiy musiqaga estetik idrok yetishni va yemotsional o’zlashtirishni rivojlantirish, unga muhabbatni tarbiyalash, musiqali qobiliyatni o‘stirish, musiqali didni shakllantirish, bolalarda badiiy ijodkorlik iqtidorini rivojlantirishdan iborat bo‘lmog‘i kerak.
Musiqaning bola hissiyoti va intilishiga, mazmuniga va his yetishiga katta ta’sirini hisobga olganda, haqqoniy va voqeylikni to‘g‘ri aks yettirgan musiqali asardan o‘rinli foydalanish alohida o‘rin tutadi.Musiqiy san’at uchun odamning fikrlash va ifodalash hissiyoti asos bo‘lib xizmat qiladi. Musiqa tovush bilan hamohanglik rivojida dastlab nutq va raqs bilan bog‘liq bo‘lgan yedi. Musiqa mehnat harakati ritmi bilan moslashib, bir maqsadga intilayotgan kishilarni bir-birlariga birlashtirishni osonlashtiradi. Nutq ohanglarini, mehnat jarayonlari ritmlari va musiqali ohanglarning umumlashuvi natijasida xalq musiqasi shakllanadi. Xalq san’ati manbalariga asoslangan musiqa hamisha jozibador bo‘lib, qalbda turli his-hayajonlar uyg‘otadi. Shu bilan birga, musiqada tovushlarga va tasviriy holatlarga taqlid qilish hollari bor, ammo masalaning mohiyati bular bilan belgilanmaydi. Musiqali obraz o‘zining aniq ko‘rinishi bilan bog‘liqdir.
Mustaqil O‘zbekistonning kelajagi, ertangi kun taraqqiyoti yegalari bo‘lmish bolalarni estetik va ma’naviy boy, tarbiyali shaxs sifatida tarbiyalash muhim masaladir. Bu maqsadni amalga oshirishda musiqaning ham alohida o‘rni va o’ziga xos xususiyatlari bor. Maktabgacha tarbiya muassasalarida musiqiy tarbiya — bu bir aniq maqsadga yo‘naltirilgan, ya’ni maktabgacha yoshdagi bolani estetik, axloqiy, aqliy rivojini amalga oshirish, bolani shaxs sifatida tarbiyalash, uni dunyoqarashini kengaytirish, o‘z iqtidorini namoyon qila olishga, estetik jihatdan musiqani tushunishga, unga ijodkorona yondasha olishga o‘rgatishdan iboratdir. Har bir bola musiqaning qaysi yo‘nalishini o‘rganishidan qat’iy nazar uning yosh xususiyatlarini, psixologik rivojini musiqa rahbari nazarda tutishi lozim.Unda uzluksiz davom yetadigan bir butun ta’lim-tarbiya jarayonining belgilovchi ilk turi “maktabgacha ta’lim” deb ataladi. Birgina shu yondashuvning o‘ziyoq tarbiyaga mehribonlik va adolat bilan qarashni talab yetadi. Negaki, bugunki yosh avlodlarni XXI asrda kuchga to‘lib, sog‘lom, bilimli, aqlli bo‘lib jamiyatimizning faol a’zolariga aylantirishdek ulkan vazifa musiqa rahbari va tarbiyachi zimmasida turibdi.
Agar kichik yoshlarimizdagi shijoatni, kuch-qudratni, bilimdonlikni hamda vatanparvarlikni musiqa yordamida uyg‘unlashtira olsak, bundanda ziyoda qudratni topa olmaymiz. Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish jarayoni oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarning bajarilishiga yerishish uchun «Uchinchi mingyillikning bolasi» tayanch dasturi va o‘quv qo‘llanma asosida amalga oshiriladi. Bundan tashqari ko‘pgina o‘quv va metodik qo‘llanmalar mavjud. Bularning asosiy maqsadlari bir yo‘lga, ya’ni estetik rivojlangan, komil insonni tarbiyalash va voyaga yetkazishdir.
Birinchi Prezidentimiz «Bolalarimiz bizdan ko‘ra dono, aqlli, bilimdon, sog‘lom va albatta baxtli bo‘lishi kerak» deb ta’kidlashlari bejiz emas. «Ilk qadam» davlat o’quv dasturi maktabgacha ta’lim bilan shug’ullanadigan barcha muassasalar uchun bajarilishi zarur bo‘lgan davlat o’quv dastur hisoblanadi. Davlat o’quv dasturining pirovard natijasi maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablarining bajarilishiga yerishishdan, ya’ni maktabga jismonan, aqlan va ma’nan yetuk bolalarni tayyorlashdan iboratdir. San’at — kishilik faoliyatining ajralmas qismi bo‘lib, kishi shaxsi san’at vositasi yordamida va ishtirokida to‘laligicha yorqin namoyon bo‘ladi. Hozirgi kelajak avlodni estetik tarbiyalashda san’at muhim o‘rin tutadi. San’at insonparvarlik va odamiylik hamkorligi ruhida uning hissiyotini o‘stirishda yordam berib, ijodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi. Hozirgi zamon yoshlariga estetik idroklarini tarbiyalash borasida g‘amxurlik qilar yekanmiz, san’at bilan muomala qilishdan hosil bo‘ladigan his-hayajondan uni o‘z hayoti va faoliyatida foydalana olishga o‘rgatishimiz kerak. Shu sababli estetik tarbiya tarmog‘ining ajralmas qismi sanaladi.
Bolalarda kichik yoshlik chog‘idan idrok yetish, his yetish, turmush va san’atdagi go‘zallikni tushunish ishtiyoqi tarbiyalanadi va bu kabi go‘zallikni yaratishga intilish kuchayadi. Bolaning badiiy faoliyatga bo‘lgan qiziqishi ortadi. Unda badiiy-ijodkorlik qobiliyati rivojlanadi. Musiqiy-estetik tarbiya demokratik jamiyat kishisini garmonik tarbiyalash yo‘lida olib borilayotgan ulkan ishning tarkibiy qismiga aylanmog‘i kerak. Bolalar bilan musiqali ish olib borish ayniqsa katta ahamiyat kasb yetadi. Omma orasida musiqali targ‘ibot olib bormay turib, to‘laqonli natijalarga yerishib bo‘lmaydi. Musiqiy tarbiya bolalarda yerta yoshdan boshlanishi kerak. Musiqa bola qalbida kuchli yemotsional tuyg‘u uyg‘otadi. Musiqa yordamida uning badiiy idroki o‘sib, hissiyotini yanada boyitib boradi. Bolalarda musiqiy idrokini rivojlantirmay ularning musiqaga mehr-muhabbatini yetarli darajada qiziqtirmay turib, har tomonlama jismoniy, ma’naviy boy va boshqa sifatlarni tarbiyalab bo‘lmaydi.


Musiqaga kichik yoshlikdan uyg‘ongan qiziqish kishining keyingi musiqiy rivojiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Shunga ko‘ra musiqani idrok yetishning vazifasi va mazmunini aniqlash muhimdir. Bular shaxsning har tomonlama rivoji, jumladan estetik tarbiyasi vazifalari bilan bog‘liq umumiy maqsadlar bilan belgilanadi. Ma’lumki, bunday vazifalar bolalarni musiqa sohasidagi faoliyatlarga jalb yetish, badiiy musiqaga nisbatan estetik idrok yetishni va yemotsional o’zlashtirishni rivojlantirish, muhabbatni tarbiyalash, musiqiy qobiliyatlarini o‘stirish, musiqiy didni shakllantirish, qisqasi bolalarning badiiy ijodkorligi hamda iqtidorini rivojlantirish kerak. Musiqaning bola hissiyoti va intilishiga, uning mazmunini tushunish va his yetishga katta ta’sirini hisobga olganda haqqoniy va voqelikni to‘g‘ri aks yettirgan musiqiy asardan o‘rinli foydalanish alohida muxim o‘rin tutadi. Ma’lumki, musiqali obrazlarning shakllanishining asosiy manbai tabiat va kishi nutqiga mos kelishiga, atrofimizdagi dunyo va undagi go‘zalliklarni idrok yetishga bevosita bog‘liqdir. Shu borada musiqa mashg‘ulotlari mazmuni bolalar tomonidan bajaradigan qator faoliyatlarni taqozo yetadi. Bulardan tinglash, kuylash, musiqiy ritmik harakatlar, musiqa cholg‘ularida ijro yetish jarayonida bolalar ijrochiligi va ijodkorligi malakalari shakllanadi. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning asosiy ustuvorligidan biri–bu fanlararo bog‘liklikni yo‘lga qo‘yishdir. Musiqa — san’atning bir turi. U san’atning yana boshqa turlari bilan musiqa chambarchas bog‘liqdir. Masalan musiqa mashg‘ulotlarini raqs, she’riyat (adabiyot), badiiy san’at va san’atning boshqa turlari, undan tashqari jismoniy tarbiya, tasviriy san’at va boshqalar bilan qo‘shib olib borish nazarda tutilgan. Bu masala «Uchinchi mingyillikning bolasi» tayanch dasturi va o‘kuv qo‘llanmada ham alohida ta’kidlanadi. Bolalar ijrochiligi — kuylash, musiqiy ritmik harakatlar, musiqa cholg‘ularida ijro yetish va hokazo masalalari hozirgi kunda o‘zining dolzarbligi bilan ko‘pgina pedagog-olimlarning diqqat markazidadir. Uzluksiz ta’lim tizimida musiqiy ta’lim tizimi bir necha bosqichlardan iborat. Musiqa ta’limi boshqa fanlar kabi maktabdan emas, balki maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlanadi va ta’lim tizimining barcha jabhalarida davom yetadi. Shuning uchun biz kelajak avlodni musiqiy bilimga yega bo‘lishlariga zamin yaratar yekanmiz, ularning musiqiy-estetik tarbiyalariga alohida e’tiborimizni qaratmog‘imiz zarur. Buning uchun «Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta’kidlab o‘tilganidek, nafaqat bola shaxsi, balki musiqa rahbarsi shaxsini, uning ma’naviy-madaniy qiyofasini shakllantirishimiz, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, milliy-musiqiy an’analarimizga amal qilgan holda bo‘lajak musiqa rahbarlarmizni yosh avlodni tarbiyalashga loyiq hamda munosib inson qilib shakllantirishimiz kerak. Albatta, boshlang’ich sinflarda ham musiqa fani kichik yoshdagi bolalar uchun yeng qiziqarli fanlardan biri sanaladi. “Musiqa madaniyati” o‘quv fanida ham kichik yoshdagi bolalarni estetik tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilub tayanch dastur ishlab chiqildi. Ushbu dasturda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida musiqiy ta’lim-tarbiyaga qo‘yiladigan maxsus talablar ham dasturning asosiy qismlari qatoridan o‘rin olgan. Unga ko‘ra bolalarni musiqiy-estetik tarbiya uchun quyidagilarga rioya qilish kerak:
- Musiqiy-estetik faoliyatni atrof muhit hamda zamon bilan hamohangligi;
- Musiqaning san’at sifatida o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olish;
- Bolalarning musiqiy rivojlanishlarida uzviylikni ta’minlash;
- Bolalarning qobiliyat va imkoniyatlaridan qat’i nazar ularning musiqiy tarbiyalariga qo‘yiladigan majburiyatlar.
Dasturda musiqiy tarbiyaning mazmuni va yo‘nalishlari ochib berilgan, bolalarning rivojlanishining dinamikasi begilangan, har xil yoshdagi guruhlarga minimal talablar qo‘yilgan va aks yettirilgan. Dasturning maqsadlari quyidagilardan tashkil topadi:
- bolalarni quvnoq, g‘amgin, yengil va vazmin musiqani tinglashga past va yuqori registrni yeshita olishga, musiqa tilini tushunishga, past ovozli va baland ovozli musiqaga mos chapak chalish orqali musiqa dinamikasini ajratishni o‘rgatish;
- kattalar ketidan musiqani taqlid qilib, intonatsion mos ravishda qaytara olish;
- musiqiy rahbar boshchiligida raqs harakatlarini bajarish;
- kompozitorlar, musiqiy cholg‘u asboblari haqida gapirib berish orqali bolalarda musiqa san’atiga muhabbat uyg’otish;
- bolalarni musiqani diqqat bilan tinglashga o‘rgatish, yengil va oson xalq qo‘shiq hamda kuylarini musiqasiga mos ritmik harakatlar bajarib ijro yetishga o‘rgatish. Musiqa sur’atiga mos chapak chalish yoki oyoq bilan jo‘r bo‘lish orqali qo‘shiqni ijro yeta olish.
Fanning maqsadi va vazifalari
Fanning maqsadi: Bakalavrlarni maktabgacha yoshdagi bolalarga musiqiy tarbiya metodikasi, musiqiy tarbiya turlari, musiqiy mashg‘ulotlarini tashkil yetish va o‘tkazish metodikasi bilan tanishtirish.
Fanning vazifalari:
-maktabgacha yoshdagi bolalarda musiqaga mehr-muhabbat va qiziqish uygotish, boshlang‘ich musiqali didni tarbiyalash.
-maktabgacha yoshdagi bolalarda musiqani idrok yetishga, uning tinglash qobiliyati, estetik didi, umumiy madaniyatni rivojlantirish.
-maktabgacha yoshdagi bolalarda musiqali qobiliyatni o‘stirish, musiqali didni shakllantirish, badiiy ijodkorlik iqtidorini rivojlantirish.
-musiqa asarlarini idrok yetishni tarbiyalash.
-musiqa tinglashga, kuylashga, musiqa asboblarini chalishga, musiqali ritmik harakatlarga o‘rgatish metod va usullari.
-musiqaviy qobiliyat: musiqaga yemotsional munosabat, musiqani tinglay bilish, ritmni his yetish malakalarini shakllantirish.
-bolalarda musiqa hamda ashula aytish, ritmika, bolalar musiqa asboblarini chalish sohasida yeng oddiy ijrochilik malakalarini shakllantirish.
-umumiy musiqa qobiliyati, individual qobiliyatlar, ashulachilik ovozi va harakatlarning ifodaliligini o‘stirish.
Musiqiy tarbiya vazifalari:
1. Musiqaga muhabbat va qiziqishni o‘stirish.
2. Bolalarning musiqiy tajribasini boyitish (musiqiy asarlar asosida).
3. Bolalarni oddiy musiqiy tushunchalar bilan tanishtirish, musiqa tinglash, kuylash, musiqiy ritmikasi borasida malakalarni rivojlantirish.
4. Bolalarda yemotsional hisni shakllantirish. Ularda lad hissi, ritm tuyg‘usini o‘stirish va harakatni o‘tirish.
5. Musiqiy didni o‘stirish (musiqiy taassurotlar asosida).
6. Bolalarda ijodkorlikni o’stirish (barcha faoliyatlar asosida).
Tarbiyachi o’z dasturiga o‘zbek kompozitor va bastakorlarning bolalar uchun yozilgan kuy va qo‘shiqlaridan kiritishi lozim. Musiqiy asarlar bolalarning psixologik xususiyatlarini, ularning qiziqishlari va dunyoqarashlarini hisobga olgan holda tanlanishi kerak. “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” hamda “Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun”ga tayanch sifatida maktabgacha ta’lim muassasalari uchun « Ilk qadam” davlat o’quv dasturi 1991 yil M.Sh.Rasulova tomonidan ishlab chiqildi. 2000 yilda ushbu dastur qayta nashr qilindi va unda maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar yegallashlari kerak bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarga qo‘yiladigan talablar, zamonaviy pedagogik jarayonni tashkil yetishga qo‘yiladigan talablar o‘z aksini topgan. Maktabgacha bo‘lgan davr psixologiyada ilk bolalik davri deb yuritiladi hamda bolalikning yeng go‘zal va yesda qoladigan damlarini o‘z ichiga oladi. Musiqa tarbiyasi bolalar bog‘chasi va umumiy o‘rta ta’lim maktablarida umumiy fanlar tarkibida o‘qitiladi.
Hozirgi kun talabi maktabgacha ta’lim muassasalari oldiga musiqiy- estetik tarbiya berish borasida aniq vazifalarni qo‘yadi:
– bolalarni tabiat go‘zalliklarini, badiiy asarlarni idrok yetish;
– estetik did va hissiyotni shakllantirish;
– hayotda go‘zallik tushunchasini to‘liqligicha anglashni o‘rgatish;
– bolalarga badiiy ijodkorlikni shakllantirish;
– bolalarda go‘zallikni o‘z hayotlariga, o‘z faoliyatlariga olib kirishni o‘rgatish va hokazo.
Uzluksiz ta’lim tizimida maktabgacha ta’lim muhim o‘rin yegallaydi. Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim muassasalarining ahamiyati uzluksiz ta’limning oldingi bosqichi sifatida muhim rol o‘ynamoqda. Shuning uchun har bir fanning alohida o‘qitilish ahamiyati oshib bormoqda. Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi har bir fanning asosiy vazifasi bolalarni fikrlash va o‘ylashga o‘rgatishdir. Musiqa san’atining ahamiyati Musiqa shunday san’at turiki, u insonlarni kechinmalari, yemotsional hissiyotlari orqali birlashtiradi. Ular orasidagi aloqa vositasiga aylanadi. Bir kompozitor tomonidan yaratilgan musiqa boshqa insonlar qalbida turli-tuman kechinmalar uyg’otishining o‘zini bir mo‘jiza deb, atash mumkin. Musiqa tarbiyasi estetik tarbiyaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Inson shaxsini shakllantiruvchi yetakchi omillardan biri – ta’lim-tarbiyadir. Estetik tarbiya yesa uning tarkibiy qismi sifatida go‘zallikning mohiyati, estetik va axloqiy hissiyotlarning birligi, san’atning xalqchilligi to‘g‘risidagi ta’limotga suyanib, Bolalarning obektiv dunyo haqidagi bilimini kengaytiradi va chuqurlashtiradi, ijodiy qobiliyatini va iste’dodini o‘stiradi hamda ularda yuksak ma’naviy fazilatlarning tarkib topishiga yordam beradi. Odatda, estetik tarbiyaning maqsadi bolalarda estetik his-tuyg‘u va fikrlarni rivojlantirish, go‘zallikni ko‘ra bilish va ulardan zavqlana olishdan iborat, deb tushuniladi. Aslida estetik tarbiyaning maqsad va vazifalari bu bilan chegaralanib qolmaydi, Bolalarni go‘zallik va xunuklikni, yuksaklik va tubanlikni, shodlik, kulfatni anglash va ko‘ra bilishga o‘rgatadi. Estetik tarbiya umuminsoniy va milliy qadriyatlar qaror topishiga xizmat qiladi. Ayonki, tarbiya inson ongiga, his-tuyg‘ulariga, tasavvuriga, ye’tiqodiga, dunyoqarashiga, xatti-harakatlariga, xulq-atvoriga ta’sir o‘tkazadi.
Musiqa tili barchaga tushunarli va yaqindir. Shuning uchun ham barcha xalqlar musiqalari jozibadordir. Musiqa tovush tovlanishlari orqali fikr va tuyg‘ularni aks yettiradi, hayot bosqichlarida insoniyatni to‘lqinlantirib kelgan axloqiy muammolarni bayon qiladi. Bunda musiqaning falsafiy mohiyati ham namoyon bo‘ladi. Ajoyib musiqa asarlari chuqur falsafiy mazmun bilan sug‘orilgan bo‘ladi, musiqada hayot va o‘lim, shaxs va jamiyat, yezgulik va zulm, qudrat va zaiflik kabi masalalar aks yetadi.
Musiqaning inson ruhiyatiga ta’sir qilishining tugallanmas imkoniyatlari haqida qadimdan musiqashunoslar, mutafakkirlar va olimlar diqqatini o‘ziga tortgan. Faylasuflar, psixologlar, pedagoglar va jamoat arboblari san’atlar ichida musiqa san’atining insonni shaxs sifatida shakllanishiga ta’sir qiladigan xususiyatlari haqida aniqlashga uringanlar. Qadim zamonlardan musiqaning, ayniqsa, uning komponentlari – ritm va kuyning inson kayfiyatiga ta’siri, uning ichki dunyosini o‘zgartirishi haqida fikrlar mavjud bo‘lgan. Musiqa san’ati estetik tarbiyaning muhim omili sifatida shaxs shakllanishiga kuchli ta’sir yetadi. Oilada, MTMda, maktabda musiqa mashg‘ulotlarini maqsadga muvofiq tarzda uyushtirish, yosh avlodning ichki dunyosini boyitish va san’atni to‘g‘ri tushunishdagi samarali yo‘ldir. Musiqa inson his-tuyg‘ularini, orzu-umidlarini, xohish-istaklarini o‘ziga xos badiiy tilda ifoda yetadi va kishining his-tuyg‘ulariga faol ta’sir yetadi. Musiqa ham fan, ham san’atdir. U fizika va matematikaga asoslanadi, bu fanlar musiqani fanga aylantiradi. Lekin musiqa asariga shu fanning turg‘un tushunchasi sifatida qarab bo‘lmaydi. Chunki musiqa har doim rivojlanib turuvchi jonli san’atdir. Musiqa san’ati inson hayotining ilk yillaridanoq uning hamrohiga aylanib, umumiy madaniy rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shadi. Musiqa inson umrining doimiy yo‘ldoshi. Stendalning aytishiga ko‘ra, musiqa – san’at turlari ichida insonning yuragiga chuqur kirib, uning ichki kechinmalarini aks ettirishga qodirdir. «Musiqa san’atning ifodali turi tizimiga kiradi. Musiqa ham voqea- hodisalarni ifodali aks yettiradi. Ammo u me’morchilikdagi kabi fazo va moddiy ashyo o‘lchovlari bilan belgilanmaydi. Musiqa ko‘rish orqali emas, balki yeshitish vositasida idrok qilinadi. Musiqa mavzui o‘z xususiyatiga yega bo‘lib, inson va voqelikdagi barcha tomonlarni qamrab ololmaganligi uchun, yeng avvalo, inson ichki ma’naviy dunyosini, uning tuyg‘u va kayfiyatini ifodalaydi... musiqa voqelikning his-tuyg‘uli qiyofasini yaratadi.» Musiqa kayfiyat holatini ifodalashda keng imkoniyatga yega. Inson kayfiyati murakkab hissiyot bo‘lib, u hech narsa bilan bog‘lanmagan. Kayfiyat umumlashgan xususiyatga yega bo‘lib, undan ikkilamchi tomonlar chiqarib tashlanadi va insonning voqelikka bo‘lgan tuyg‘u munosabatini belgilaydigan yeng muhim tomonlari ajratib olinadi. Musiqaning kuch-qudrati shundaki, u shodlanish, qayg‘urish, hayol surish, bardamlik, jasurlik, tushkunlik va shunga o‘xshash inson ruhiy holatlarini xususiy va umumiy tarzda o‘zaro bog‘liqlikda, bir-biriga singib ketishida namoyish qila oladi.
Musiqa «til»i barcha qismlarning uzviy birligini, asar shaklini ifodalaydi. Shakl – musiqa mazmunining moddiy ifodasidir. Bastakor fikri, tuyg‘ulari, tasavvurlari yeshituvchilarga musiqiy shakl orqali yetib boradi. Shu bois musiqa «til»ini yegallashga, uning mazmun-mohiyatini anglashga, musiqadagi fikrlar, tuyg‘ular, kechinmalar boyligini o’zlashtirishga keng yo‘l ochadi. O‘sib kelayotgan avlod uchun musiqiy tarbiyaning ahamiyatini nihoyatda buyuk ekanligini qadimiy mutafakkirlar alohida urg‘u bilan ta’kidlashgan. Kelajak jamiyat a’zosining insoniy va ijobiy fazilatlari aynan bolalikdan boshlab shakllana boradi. Aynan shu davrda musiqa ijobiy sifatlarni shakllantiruvchi vosita hisoblangan. Musiqa ashula va raqs tarkibida ham vujudga keladi va keyinchalik badiiy ijodning mustaqil turiga aylanadi, o‘ta o‘ziga xos badiiy ifoda «til»iga yega bo‘lib, maxsus ishlab chiqilgan va tanlab olingan tovushlar ana shu «til»ning manbaidir. Albatta, musiqa shaxsni shakllantirishning, uning ijobiy fazilatlarining yo‘nalishlarini o‘z-o‘zidan belgilab bermaydi. Tarbiyaviy ta’sirning yeng muhim tomonlari musiqiy asarning g‘oyaviy mazmuniga bog‘liqdir. Ana shu bilan musiqiy-estetik tarbiyaning vazifalari belgilanadi. Mashhur polyak kompozitori K.Shimanovskiy o‘zining «Jamiyatda musiqaning tarbiyaviy ahamiyati» nomli maqolasida, musiqaning tabiiy kuchi haqida gapirar yekan, – uning ikki qarama-qarshi yo‘nalishda – yaratish va buzish uchun ishlatish mumkinligini — «kerakli ishga yo‘naltirgan holda, tez oqar daryoning suvlaridan foydalanib, foydali va unumli ishlar uchun, ya’ni tegirmonni aylantirish uchun ishlatgandek, musiqa kuchidan ham unumli foydalanish kerak», – degan. Musiqaning insonga ta’siri, shaxsning va jamiyatning ruhiy hayotidagi o‘rni kompleks muammo hisoblanadi. Ushbu murakkablik va serqirralik fanga darrov kelmadi. Shu o‘rinda Asafevning «…musiqa – bu ham san’at, ham fan, ham til, ham o‘yin»–degan so‘zlarini yeslash maqsadga muvofiqdir.

Demak, bolalarning estetik, musiqiy hamda shaxsiy xususiyatlarini shakllantirishda musiqa san’atining o‘rni beqiyosdir. Musiqa kishiga har tomonlama ta’sir ko‘rsatar yekan: kuy va uning musiqiy ifodasi kishining hissiyotiga chuqur ta’sir qilib, unda har xil hislarni uyg‘otadi, turlicha kayfiyatlarni hosil qiladi. Qo‘shiqning matni, g‘oyaviy mazmuni faqat hissiyotga emas, balki tinglovchilarning ongiga ham ta’sir qilib, ularni hayajonlantiradi va fikrlashga majbur yetadi. Kishilarda asarda aks yetgan ma’naviy muammolarga nisbatan muayyan munosabat uyg‘otadi. Bunday ta’sir g‘oyat murakkab va kuchlidir.



Musiqa qobiliyatini rivojlantirishning shart-sharoitlari Qobiliyat – ma’lum bir turdagi faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirishning subektiv sharti bo‘lib hisoblanuvchi shaxsning individual xususiyatidir. Qobiliyat – faoliyat jarayonida namoyon bo‘ladi. Psixologiya fanining ko‘rsatishicha, inson bolasi tayyor qobiliyat bilan emas, balki biron-bir qobiliyatning ro‘yobga chiqish va rivojlanish manbai layoqat bilan tug‘iladi. Layoqat o‘z holicha rivojlana olmaydi, uning rivojlanishi uchun qulay muhit kerak. Bola musiqaga layoqat bilan tug‘ilishi mumkin, lekin uning musiqiy xususiyatlari shakllanishi uchun qulay muhit yaratilmasa, musiqaga bo‘lgan layoqati rivojlanmay qoladi. Insonning shaxs sifatida shakllanishida yetakchi omillardan biri muhitdir. Muhit deganda kishiga ta’sir yetadigan tashqi voqealar yig‘indisi tushuniladi. Muhit o‘z navbatida – tabiiy muhit, ijtimoiy muhit, oila muhiti va boshqalarga bo‘linadi. Insondagi musiqiy layoqatning rivojlanishi va shakllanishi uchun ijtimoiy va oila muhiti muhimdir. Inson bolasi, agar insoniy muhitga tushmay, hayvonlar muhitiga tushib qolsa, unda irsiy belgilarning ayrim biologik ko‘rinishlari saqlanadi, lekin insoniy fikr, faoliyat, xatti-harakat shakllanmaydi. Odob, axloq, fe’l-atvor – shaxsning barcha ruhiy sifatlari faqat muhit va tarbiyaning o‘zaro ta’siri asosida vujudga keladi. Bolalarning musiqa ijrochiligi malakalarini rivojlantirishdagi yeng muhim shartlardan biri – ularning musiqiy qobiliyatlarini shakllantirishdir. Chunki musiqiy qobiliyatlar – musiqani ritmik his qilish, ladni his qilish, musiqiy yeshitish, musiqiy xotira, musiqaga yemotsional ta’sirchanlik bolalarda ijrochilik malakalarini rivojlantirish omili hisoblanadi. Pedagog N.V.Vetlugina “... musiqa kechinmalari aslini olganda doimo sensor qobiliyatga asoslanadi, chunki musiqa yeng oddiy ohanglar, murakkab obrazlar va yeng avvalo hissiyotlar orqali idrok etiladi va musiqiy qobiliyat rivo jlanadi”, - deb ta’kidlagan. Qobiliyatning yeng yuqori darajasi – talantdir. Talant – insonga qaysidir murakkab faoliyatni muvaffaqiyatli, mustaqil va o‘ziga xos ravishda amalga oshirish imkoni qobiliyatdir.Shu o‘rinda bir narsani aytish kerak, musiqiy qobiliyati bo‘lgan barcha insonlarning avlodlari ham musiqiy qobiliyatga yega bo‘ladi, degan fikrga qo‘shilmaymiz. Ularning bolalarida musiqaga layoqat bo‘lishi mumkin, lekin shu layoqat rivojlantirilmasa, layoqat qobiliyatga aylanmay, ya’ni shakllanmay qoladi. Zero, musiqa yosh avlodning ma’naviy, badiiy-axloqiy madaniyatini shakllantirishga, milliy g‘ururi va vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishga, fikr doyrasini kengaytirishga, ijodiy mahorati va badiiy didi o‘sishiga, mustaqilligi va tashabbuskorligini tarbiyalashga xizmat qiladi. Shu sababli Respublikamizdagi har bir maktabda hozirgi kunda musiqiy-estetik tarbiyaga pedagogikaning shaxsni shakllantiruvchi yeng muhim omili sifatida qaralmoqda. Olimlardan Platon inson qobiliyatlari tug‘ma yekanligini aytgan va inson bilgan barcha narsa uning ideal bilimlar dunyosida bo‘lgan paytidan xotiralar bo‘lib hisoblanadi, deb taxmin qilgan. Frensis Galton o‘zining “talantning tug‘maligi, uning Qonuniyatlari va oqibatlari” (1869) nomli kitobida “... buyuklik va iste’dod avloddan avlodga o‘tadi, muhit yesa bunda ikkinchi darajali omildir...”, - deb aytgan. Biroq ko‘pgina mashxur ijrochilar buyuklikning sababi to‘qson foiz mehnatdandir va qolgan foizlarigina qobiliyatga bog‘liqligini ta’kidlashgan. Lekin faqat mehnat bilan ham qobiliyatni cheksiz darajada rivojlantirib bo‘lmaydi. Kishining qobiliyati ma’lum bir imkoniyat va shaxsiy xususiyatlari doyrasidagina shakllanadi.
Estetik va yemotsional muhit musiqa olamida bolaga yemotsional qulayliklar yaratib, undagi ijodga bo‘lgan qiziqishni shakllantiradi. Biroq, musiqiy muhitning samaradorligi faqat tashqi sharoitlargagina bog‘liq bo‘lmay, balki bola musiqiy rivojlanishini tartibga soluvchi muloqot, musiqiy-nazariy hamda psixologik bilimlarga ham bog‘liq. Tadqiqot ishimizning keying paragrifida Maktabgacha ta’lim muassasalari mashg‘ulotlari jarayonida tarbiyalanuvchilarining yosh psixologik xususiyatlarini hisobga olish borasida fikr yuritamiz.
MAKTABGACHA TARBIYA YOSHDAGI BOLALAR MUSIQA TARBIYASINING VAZIFALARI
Musiqa bolaga har tomonlama yordam berishi, tevarak-atrofni obrazli - emotsional idrok etishi va bola xarakterining shakillaishiga ta’sir ko’rsatishi uchun musiqa tarbiyasining maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalar qo’yiladi:
1.Bolaning musiqaviy qobiliyatini rivojlantirish.
2.Bolalarni ashula aytish va musiqaviy-ritmik malakalarga o’rganish. Ularda musiqani qabul qilish, his etish va tushunish qobiliyatlarini tarbiyalash.
3. Bolada badiiy - ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish. Bu vazifalarning hammasi bir~biri bilan o’zaro mustahkam bog’langan.
Birinchi vazifani ko’rib chiqamiz. Musikaviy deganda nimani tushunish kerak? Bu sifat o’z ichiga qimmatli ikki tomonni oladi:
a) emotsional jonkuyarlilik - musiqa asarining uning obrazli mazmuniga aloqador qayg’ura olish qobiliyati;
b) Bolalarga juda nozik eshitishni, asarning musiqa-tovush materialini ajratishni ta’minlaydigan musiqa idroki va musiqaviy qobiliyatlarni rivojlantirish.
Musiqaviylikni har ikkala tomoni ham ajralmas birlikda turadi va bir vaqtning o’zida tarbiyalanadi. Musiqaviylikning rivojlanishi tufayli bolalar musiqa obrazlarini - ularning atrofdagi qo’shimcha obrazlarni bolalar yorqin his eta boshlaydilar. Bu esa o’z navbatida, ularning tevarak-atrofini bilishda, estetik baholashni tarbiyalashda, badiiy didni, musiqaga muhabbatni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Bolaning musiqaviyligi uning aktiv musiqaviy faoliyati orqali tarbiyalanadi. Pedagog mapiulotlarda bolalar diqqatini tashkil etish va yo’naltirish orqali qabul qilayotgan narsalar xaqida o’ylash, qiziqish, taqqoslash, qiziqish uyyutishga yordam beradi.
Bolalarda musiqa mazmuniga tushunarli munosabatda bo’lish paydo bo’ladi, musiqani tinglashga ishtiyoq tug’iladi. Musiqaviy asarlarni tinglash bolalar yshtirokisiz bo’lmasligi kerak. Musiqa orqali beriladigay kayfiyat ularda javob kayg’usini uyg’otish kerak. Emotsional jonkuyarlikni tarbiyalash yo’llari tulicha. Mohir metodik usullar orqali bolalarni musiqa asarlarining bajarilishiga jalb qilish mumkin: ashula aytish, raqs, o’yinlarga. Emotsional joyusuyarlik bo’yicha avvalgi tajriba bilan chambarchas bog’liq. Bola qanchalik tanish musiqa asarini tinglasa, shunchalik u musiqaviy faoliyatda aktiv hamda maqsadga qaralgan hamda ishtirok etadi. Suhbat musiqaga yanada ongliroq munosabatda bo’lishga yordam beradi. Uyinchoqlar, rasmlar she’riy va obrazli so’zlar qo’llanishi musiqa orqali ko’zg’atilgan kuy ogohlikni chuqurlashtiradi va shu asosda musiqani yanada nozik tinglash ortadi. O’z navbattida ular bolaning aktiv faoliyatini hisoblagan qushiq aytish va harakatlarida mustahkamlashadi.
Bolani musiqaviy asarlarni idrok etish tug’risidagi masalaga to’xtaymiz. Idrok san’ati o’zidan kiyin psixologik faoliyatni namoyon qiladi, qaysiki, intelektual, bilish, emotsional momentlarni birlashtiradi. Musiqa san’ati asarlarini tushunish masalasi o’zidan o’zi kelib chiqishi mumkin emas. Uni o’rgatish kerak. Musiqa asarlarini idrok etish hissiyotidan boshlanadi. Musiqa asarlarini idrok etish emotsional jonkuyarlikni vujudga keltiradi. Bolaning bu holatida unga tanish mazmun va quvonch-idrok asosida emotsiyalarning paydo bo’lishidir. Bolalarda asarni tushunib qabul qilish qobiliyatini tarbiyalash zarur.
Musiqani idrok etish ilk bolalardan shakllanadi. To’plangan emotsional musiqaviy taasurotlar qo’shiq aytishga, muzika asboblarini chalishga, badiiy xalq qo’shiqlaini aytishga olib keladi. Hissiyot, eshitish, idrokning rivojlanish asosida bolalarda musiqaviy taasurotlar to’plana boshlaydi. 7 yoshli bola musiqaning mazmuniga qarab qayg’uradi va fikr yuritadi. Biz bola oldiga musiqani idrok etishninng payida bo’lishi vazifasini qo’yamiz. Keyin esa tashqi ta’sir etish orqali musiqaviy taasurotlarni yig’indisi vazifasini.
Estetik idrok - bu 2 asosiy komponentlar yishndisidir: emotsionallik va tushunarlilik. Lekin bunga yana xayol va harakat momenti - ritm ham qo’shiladi. Keyin maktabgacha yoshdagi bolalar tanish musiqani biladilar, marsh, plyaska, alla musiqalarni ajratadi-lar, musiqaning sokin va quvnoq xarakterini ajratadilar, lekin uni yosh xususiyatlari kuchiga ko’ra so’z orqali ifodalay olmaydilar. 4-5 yoshda bolalar obrazlarni detallashtiradilar, musiqaning kontrast xarakterlarini qisman ajratadilar, musiqa asarlarining ifodaliligi forma va vositalarini tushunadilar. Pedagogning savsli va talabiga so’z orqali javob qaytaradilar. 6-7 yoshli bolalar quyidagi terminlar orqali: kirish, kuplet, birga aytish bo’lim. temp va boshqalar, differentsiyalashtirishlari va umumlashtirishlari mumkin. Ular musiqa asarlarining ifodaliligi xarakter va vositalarini tushunadilar va o’yin obrazlariga qarashadi.
Shunday qilib musiqa idrokini tarbiyalash quyidagicha boradi:
1. Musiqa materialini ajratib olish.
2. Tarbiya va ta’lim metodlarini sistemalashtirish.
3. Ishning turli bosqichlaridan foydalanish.
4. Musiqa asarlarining turli-tuman tematiklaridan foydalanish (ijtimoiy, tabiat, mehnat, bolalar turmushi, ertaklar).
5. Musiqa asarining obrazlar soni va formasiga qarab asta-sekin murakkablashib borishi.
Musiqani emotsional uchun uning tovush materialini qabul qilishni bilish zarur, uni eshitish, ifferentsiyalashni bilish kerak. Bu malaka bolalar bilan musiqa asarlarini (oddiylarini) analiz qilish, ular diqqatini musiqa ifodaliliga vositalariga qaratish yo’li bilan rivojlantiriladi. Musiqa asarlarini analiz qilish orqali bola musiqani o’ziga xos tilini ajrata boshladi -musiqaning xarakteridagi dunyodagi obrazlar bilan bog’liqlik ular emotsional kayfiyatini (lirika, bardamlik, tantanavorlik va boshqalar). Pedagog bolalarda aktiv faoliyatni vujudga keltirish uchun obrazli va she’riy so’z orqali ashula, uyin, eshitish uchun pesa syujetini yoritadi, bolada paydo bo’ladigan hayolni qo’zg’aydi, obrazlarni chaqiradi, uni syujet asosida fikrlash harakatix VI musiqa asarini programmasiga jalb qiladi.
Shunday yunalishdan keyin musiqani idrok etish bolada emotsional tushunarli bo’ladi. So’z orqali natijani ifodalash va asarga baho berish tarbiyachining mohir rahbarligi ostida asta-sekin badiiy-musiqaviy didni paydo qiladi.
Shunday kilib, badiiy-musiqaviy did quyidagi jarayonda shakillanadi:
1. Musiqa asarini to’laligicha idrok etish.
2. Uning ma’nosini tushunib olish.
3. Agar o’rinli bo’lsa, bajarish.
Amaliyotda u namoyon bo’ladi:
1. Agar bahosida.
2. Badiiy talablarga javob beradigan asarlarni qabul qilishga intilish.
3. Asar tanlashda idrokda badiiylikni boshdan kechirish va asarlarni ijro etish.
Vazifa: Musiqaviy deganda nimani tushunasiz? Emotsional hissiyot nima? Bolalarni pedagogik aktiv faoliyatini vujudga keltirish uchun nimalar orqali qiziqtiradi? Qanday badiiy asarlarni bilasiz?
Bolaning musiqaviyligi uning aktiv musiqaviy faoliyati orqali tarbiyalanadi. Pedagog mashg’ulotlarda bolalar diqqatini tashkil etish va yo’naltirish orqali qabul qilingan narsalar haqida o’ylash, qiziqish, taqqoslash, qiziqish uyyutishga yordam beradi. Bolalarda musiqa mazmuniga tushunarli munosabatda bo’lish paydo bo’ladi, musiqani tinglashga ishtiyoq -tug’iladi. Musiqaviy asarlarni tinglash bolalar yshtirokisiz bo’lmasligi kerak. Musiqa orqali beriladigan kayfiyat ularda javob kaygusini uyyutish kerak. Emotsional jonkuyarlikni tarbiyalash yo’llari tulicha. Mohir metodik usullar orqali bolalarni musiqa asarlarinish bajarilishiga jalb qilish mumkin: ashula aytish, raqs,o’yinlarga. Emotsional jonkuyarlik bo’yicha avvalgi tajriba bilan chambarchas 6og’liq. Bola qanchalik tanish musiqa asarini tinglasa, shunchalik u musiqaviy faoliyatda aktiv hamda maqsadga qaralgan hamda ishtirok etadi. Suhbat musiqaga yanada ongliroq munosabatda bo’lishga yordam beradi. Uyinchoqlar, rasmlar she’riy va obrazli so’zlar qo’llanishi musiqa orqali kuzg’atilgan kuy ogohlikni chuqurlashtiradi va shu asosda musiqani yanada nozik tiyaglash ortadi. O’z navbatida ular bolaning aktiv faoliyatini hisoblagan qushiq aytish va harakatlarida mustahkamlashadi.
Bolani musiqaviy asarlarni idrok etish tug’risidagi masalaga to’xtaymiz. Idrok san’ati o’zidan kiyin dsixologik faoliyatni namoyon qiladi. qaysiki, intelektual, bilish, emotsional momentlarni birlapggiradi. Musiqa san’ati asarlarini tushunish masalasi o’zidan o’zi kelib chiqishi mumkin emas. Uni o’rgatish kerak. Musiqa asarlarini idrok etish hissietidan boshlayaadi. Musiqa asarlarini idrok etish emotsional jonkuyarlikni vujudga keltiradi. Bolaning bu holatida unga tanish mazmun va quvonch-idrok asosida emotsiyalarning paydo bo’lishidir. Bolalarda asarni tushunib qabul qilish qobiliyatini tarbiyalash zarur.
Musiqani idrok etish ilk bolalardan shakllanadi. To’plangan emotsional musiqaviy taasurotlar qo’shiq aytishga, muzika asboblarini chalishga, badiiy xalh qo’shiqlarini aytishga olib keladi. Hissiyog, eshitish, idrokning rivojlanish asosida bolalarda musiqaviy taasurotlar to’plana bshlaydi. 7 yoshli bola musiqaning mazmuniga qarab qayg’uradi va fikr yuritadi. Biz bola oldiga musikani idrok etishning payida bo’lishi vazifasini quramiz. Keyin esa tashqi ta’sir etish orqali musiqaviy taasurotlarni yshindisi vazifasini. Estetik idrok - bu 2 asosiy komponentlar yishndisidir: emotsionallik va tushunarlilik. Lekin bunga yana xayol va harakat momenti - ritm ham qo’shiladi. Keyin maktabg-acha yoshdagi bolalar tanish musiqani biladilar, marsh, ilyaska, alla musiqalarii ajratadilar, musiqaning sokin va quvnoq xarakterini ajratadilar, lekin uni yosh xususiyatlari kuchiga ko’ra so’z orqali ifodalay olmaydilar. 4-5 yoshda bolalar obrazlarni detallashtiradilar, musiqaning kontrast xarakterlarini qisman ajratadilar, musiqa asarlarining ifodaliligi forma va vositalarini tushunadilar. Pedagogning savoli va talabiga so’z orqali javob qaytaradilar. 6-7 yoshli bolalar quyidagi terminlar orqali; kirish, kuplet, birga aytish bo’liad, temp va boshqalar, differentsiyalashtirishlari va umumlashtirishlari mumkin. Ular musiqa asarlarining ifodaliligi xarakter va vositalarini tushunadilar va o’yin obrazlarig’a qarashadi.
Shunday qilib musiqa idrokini tarbiyalash quyidagicha boradi:
1. Musiqa materialini ajratib olish.
2. Tarbiya va ta’lim metodlarini sistemalashti-rish.
3. Ishning turli bosqichlaridan foydalanish.
4. Musiqa asarlarining turli-tuman tematiklaridan foydalanish (ijtimoiy, tabiat, mehnat, bolalar turmushi, ertaklar).
5. Musiqa asarining obrazlar soni va formasiga qarab asta-sekin murakkablashib borishi.
Musiqani emotsional uchun uning tovush materialini qabul qilishni bilish zarur, uni eshitish, differentsiyalashni bilish kerak. Bu malaka bolalar bilan musiqa asarlarini (oddiylarini) analiz qilish, ular diqqatini musiqa ifodaliligi vositalariga qaratish yo’li bilan rivojlantiriladi. Musiqa asarlarini analiz qilish orqali bola musiqani o’ziga xos tilini ajrata boshlaydi -musiqaning xarakteridagi dunyodagi obrazlar bilan bsnliqliq ular emrtsional kayfiyatini (lirika, bardamlik, tantanavorlik va boshqalar).
Pedagog bolalarda aktiv faoliyatni vujudga keltirish uchun obrazli va she’riy so’z orqali ashula, o’yin, eshitish uchun pesa syujetini yoritadi, bolada paydo bo’ladigan xayolni qo’z!aydi, obrazlarni chaqiradi, uni syujet asosida fikrlash harakatiga musiqa asarini programmasiga jalb qiladi.
Shunday yunalishdan keyin musiqani idrok etish bolada emotsional tushunarli bo’ladi. So’z orqali natijani ifodalash va asarga baho berish tarbiyachining mohir rahbarligi ostida asta-sekin badiiy-musiqaviy didni paydo qiladi. Shunday kilib, badiiy-musiqaviy did quyidagi jarayonda shakillanadi:
1. Musiqa asarini to’laligicha idrok etish.
2. Uning ma’nosini tushunib olish
3. Agar o’rinli bo’lsa, bajarish.
Amaliyotda u namoyon bo’ladi:
1. Agar bahosida.
2. Badiiy talablarga javob beradigan asarlarni qabul qilishga intilish.
3. Asar tanlashda idrokda badiiylikni boshdan kechirish va asarlarni ijro etish.
Vazifa: Musiqaviy deganda nimani tushunasiz? Emotsional hissiyot nima? Bolalarni pedagogik aktiv faoliyatini vujudga keltirish uchun nimalar orqali qiziqtiradi? Qanday badiiy asarlarni bilasiz?
4.Bolalarni ashula aytish, musiqa tinglash va musiqaviy-ritmik xarakatlarni o’rgatish.


Yüklə 46,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin